1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari


Traktorlarning tasniflanishi va ularni


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana01.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1690407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-мавзу,Traktor va avtomobillarning rivojlanish tarixi. Traktor va avtomobillarning tasnifi, asosiy qismlari

 
2.Traktorlarning tasniflanishi va ularni 
 texnik ko‘rsatkichlariTraktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan traktorlar quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
Traktorlar ilgagidagi tortish kuchini miqdori bo‘yicha : 2, 6, 9, 14, 20, 30, 40, 
50, 60, 70 kN sinfga bo‘linadi. 
Belgilangan ishlarni bajarishiga qarab: 
umumiy ishlarni bajaradigan traktorlar
(yer haydash, tekislash, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish va b.); 
universal-
chopiq traktorlari 
(ekinlar qator oralariga ishlov beradigan, yuklarni tashiydigan); 
maxsus traktorlar
(bog‘ va uzumzorlarda, botqoq, tog‘ oldi mintaqalarda 
qo‘llaniladigan) turlarga bo‘linadi.
Yurish qismini tuzilishiga qarab: g‘ildirakli (3x2, 4x2, 4x4 ko‘rinishida); 
zanjirli va qisman zanjirli bo‘ladi. 
Asosini tuzilishiga qarab: ramali, yarim ramali, ramasiz turlarga bo‘linadi. 
Traktorlarning geometrik ko‘rsatkichlariga (1.7-rasm) ularning tashqi 
o‘lchamlari: uzunligi, balandligi va eni, bazasi, kinematik uzunligi, agrotirqishi, 
koleyasi, shina kengligi, g‘ildiraklar formulasi kiradi.
 
 
 
1.7-rasm. Traktorning asosiy o‘lchamlari: e-uzunligi: b-balandligi; g- eni; c- 
bazasi; d-kinematik uzunligi; i-agrotirqish; k- koleyasi; a- shina kengligi. 
Traktorning asosiy texnik ko‘rsatkichlariga uning tortish sinfi (kN), g‘ildirak 
formulasi, dvigatel modeli va quvvati (kW yoki ot kuchi), uzatmalar soni (oldiga va 
orqaga), harakat tezligi (oldiga va orqaga, km/soat), g‘ildiraklar oralig‘i (oldingi va 
orqa g‘ildiraklar bo‘yicha, mm), g‘ildirak bazasi (mm), konstruksion massasi (kg) va 
tashqi o‘lchamlari (uzunligi, kengligi va balandligi, mm) kiradi. 
 
Traktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi 
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlar tog‘li, tog‘ 
oldi, tekislik va cho‘l mintaqalarda joylashgan bo‘lib, har bir mintaqaning o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud va ekiladigan ekinlari turlichadir. Bu holatlar qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini yetishtirishda maxsus traktorlardan foydalanishni taqoza etadi.
Bunda foydalanish sharoitining ko‘rsatkichlariga, yerning relefi, ekin 
maydonlarining shakli va o‘lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi hamda ularga 
qo‘yiladigan agrotexnikaviy talablar asosiy mezonlar sifatida kiradi.


Hozirgi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish 
texnologik jarayonlarni amalga oshirishda foydalaniladigan agregatlarning asosiy 
energiya manbai sifatida ilmoqdagi tortish kuchi 6 kN dan 50 kN gacha bo‘lgan 
g‘ildirakli va zanjirli traktorlardan keng foydalanib kelinmoqda.
Ko‘p energiya talab etiladigan (yer haydash, chizellash, chuqur yumshatish va 
boshqalar) hamda yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan katta dalalardagi
ishlarni bajarishda hozirgi zamon yuqori quvvatli umumiy ishlarni bajaradigan 
Axion-850, MX-250, Arion-640S, Magnum-7240, K-701, T-150K, XTZ-181, VT-
150 rusumli traktorlar keng qamrovli mashinalar bilan, xuddi shu ishlar, lekin kichik 
va o‘rtacha maydonlarda T-401, VT-100, TS-6070, Axsos-320S traktorlaridan 
foydalanish yaxshi samara beradi.
Ekishdan oldin yerlarni tayyorlashda (tirmalash, disklash, chizellash, molalash, 
yer tekislash va boshqalar) asosan T-4A, VT-100, VT-150, XTZ-181 rusumli zanjirli 
traktorlardan, ekinlar qator oralariga ishlov berishda (ekish, kultivatsiya qilish, 
begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish, g‘o‘zani defoliatsiya qilish
g‘o‘zapoyani yig‘ish va hokazolar) TTZ-60.11, TTZ-80.11, MTZ-80X rusumli 
chopiq traktorlaridan va yetishtirilgan ekinlarning hosilini tashish ishlarida TTZ-
60.10, TTZ-80.10, MTZ-80,82, TTZ-100.10 rusumli transport traktorlaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mini traktorlardan 
foydalanish qulay imkoniyatlarni yaratadi.
Ma’lumki, traktorlarni ishlab chiqaradigan firmalar birinchi navbatda o‘zi 
joylashgan va tuproq – iqlim sharoitlari to‘liq o‘rganilgan mamlakatlar hamda traktor 
bilan bevosita ishlatiladigan qishloq xo‘jaligi mashinalarining texnik va texnologik 
ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda yaratiladi. 
Eng asosiysi ularni texnik ko‘rsatkichlarini foydalanish paytida o‘zgartirish 
juda murakkab hisoblanadi.
Shuning uchun birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan traktorlar 
hamda respublikamiz sharoitida davlat sinovidan o‘tkazilgan chet el firmalarining 
traktorlaridan foydalanish kerak. Chunki ushbu traktorlarga mamlakatimizda 
firmaviy xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi uchun ishlash davrida ularga 
texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlari samarali tashkil 
etilgan.
Shuning uchun fermer xo‘jaligidagi mavjud qishloq xo‘jaligi mashinalari va 
ularning texnik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda unga mos quvvatga ega bo‘lgan 
traktordan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling