Traktor - g‘ildirakli va zanjirli o‘ziyurar mashina bo‘lib, qishloq xo‘jalik
mashinalarini ko‘chib yurishini ta’minlash va uning ishchi qismlarini harakatga
keltirish uchun xizmat qiladi.
Traktorlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladi. Ulardan qishloq
xo‘jaligida, qurilish va yo‘l ishlarida, o‘rmon xo‘jaligida, yerlarni o‘zlashtirish va
sug‘orish, yuklarni tashish ishlarida foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash uchun texnikalar yaratish bo‘yicha
ixtirolar eng avvalo Angliya va AQSHda paydo bo‘ldi. Buning sababi bir tomondan
bu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining rivojlanganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan
sanoatlashtirish jarayonining boshlanganligi edi. AQSHda va Shimoliy Amerikada
qishloq xo‘jaligidagi yerlarning juda kattaligi, biroq ishchi kuchi va vaqtining
etishmasligi bu resurslarni tejash uchun qishloq xo‘jaligida yangi jihozlar va
mashinalarning yaratilishiga turtki bo‘ldi.
19-asrdan boshlab bug‘ mashinalaridan birinchi bo‘lib plug va sifatli boshoqli
don ekinlarini yanchuvchi mashina-kombaynlarda foydalana boshlanishi bu
yo‘nalishda qilingan birinchi qadam bo‘ldi. Buning natijasida 20-asr boshlariga kelib
bug‘ traktori va mashinalari yaratildi (1.1 a va b - rasmlar)
1
.
Lekin ular foydalanishdagi noqulayliklar sababli qishloq xo‘jaligida ommaviy
ravishda joriy qilinmadi. Ommaviy ravishda joriy qilish imkoniyatini 19-asrda
yaratilgan va amaliy taraqqiy etgan ichki yonuv dvigitellari va elektromotorlar berdi.
Motorlashtirish qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish samaradorligini oshiribgina
qolmay, qo‘shimcha yer maydonlaridan, qaysiki hayvon tortishish kuchi bilan ishlov
berib bo‘lmaydigan maydonlardan foydalanish imkonini berdi.
1
Krombhols/Bertram/Wandel. “Land-technik”. Germany, 2008
.
12 ва 45-бет
a)
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |