yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.
Transmissiya- dvigatelning tirsakli valida hosil bo‘lgan burovchi momentni
traktorning yurish qismiga o‘tkazib beradi. U quyidagi mexanizmlardan: ilashish
muftasi, uzatmalar qutisi, bosh uzatma, differensial, yarim o‘qlar va oxirgi
uzatgichdan iborat.
Yurish qismi – oxirgi uzatmadagi aylanma harakatni traktorning chiziqli
harakatiga aylantirib beradi. Buning tarkibi - g‘ildirakli traktorda asos, etakchi va
etaklanuvchi g‘ildiraklar; zanjirli traktorlarda esa rama, etaklovchi yulduzcha, zanjir,
osma, tayanch va yo‘naltiruvchi g‘ildirakchalardan iborat.
Boshqarish mexanizmi – traktorning yurish qismiga ta’sir etib, traktorning
harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtatish va harakatsiz ushlab turish uchun xizmat
qiladi. Bunga g‘ildirakli traktorlarda rul chambaragi, o‘ng va chap tormozlar, zanjirli
traktorlarda planetar yoki friksion mexanizm, o‘ng va chap tormozlar kiradi.
Traktorning ishchi jihozlariga gidravlik osma tizim, tirkash qurilmasi,
quvvat olish vali kiradi.
Yordamchi jihozlarga o‘rindiq, yoritish, ogohlantirish, isitish, havoni
almashtirish va boshqa jihozlar kiradi.
G‘ildirakli traktorlar zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
yengil boshqariladi, harakatchan, transport holatidagi tezligi yuqori (50
km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda
va hokazo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan
tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan
ilashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish
sifati keskin kamayadi. Shu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbatan
yuqori.
Zanjirli traktorlarda yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli
uning yer bilan ilashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning
tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda tuproqqa ishlov berishda
foydalanish yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |