1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana01.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1690407
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-мавзу,Traktor va avtomobillarning rivojlanish tarixi. Traktor va avtomobillarning tasnifi, asosiy qismlari

Kiritish jarayoni – tirsakli val aylanganda porshen pastga harakatlanadi, 
shu bilan bir paytda kiritish klapani ochilib, silindr ichiga yoqilg‘i aralashmasi yoki 
toza havo suriladi. 
Siqish jarayoni – porshen yuqoriga harakat qilganda kiritish va chiqarish 
klapanlari berkitiladi va yoqilg‘i aralashmasi (benzinli dvigatelda 6-8, dizel 
dvigatelida 14-18 martagacha) siqiladi.
Yonish jarayoni – porshen yuqori chekka nuqtaga yetganda benzinli 
dvegatelda siqilgan yoqilg‘i aralashmasi elektr uchquni yordamida yondiriladi, 
dizel dvigatelida siqilgan va qizigan havoga yoqilg‘i purkaladi va u o‘z-o‘zidan 
yonadi. Yoqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘lgan yuqori bosimli gaz porshenni 
pastga harakatlantiradi, bu yonish jarayoni pastki chekka nuqtagacha davom etadi. 
Chiqarish jarayoni – porshen yuqoriga harakatlanganda chiqarish klapani 
ochiladi va yonishdan hosil bo‘lgan gazlar tashqariga chiqariladi. 
 
4. Dvigatelning asosiy mexanizm va tizimlari. Dvigatellarning tasniflanishi 
Dvigatelni to‘xtovsiz bir maromda ishlashini ta’minlash uchun u o‘zaro 
kelishilgan holda nihoyatda yuqori aniqlikda ishlaydigan 2 ta mexanizm va 5 ta 
tizim bilan ta’minlangan.
Krivoship shatun mexanizmi–yoqilg‘i aralashmasini yonishi natijasida 
hosil bo‘lgan bosim ta’sirida shakllangan porshenning ilgarilanma-qaytma chiziqli 
harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi. 
Gaz taqsimlash mexanizmi – ishchi aralashmani kerakli paytda silindrga 
kiritish va ishlab bo‘lgan gazni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
Ta’minlash tizimi – dvigatelni turli rejimda ishlaganda ishchi aralashma va 
toza havo bilan tejamkor ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Sovutish tizimi – dvigatellarning yuqori haroratda ishlaydigan qismlarini 
belgilangan harorat rejimida sovutib turishi uchun ishlatiladi. 
Moylash tizimi – dvigatelning o‘zaro harakatlanadigan qismlarining 
yuzalarini yeyilishdan saqlash va yeyilishdan hosil bo‘lgan chiqindilardan tozalash 
uchun ishlatiladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling