1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari


 Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana01.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1690407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-мавзу,Traktor va avtomobillarning rivojlanish tarixi. Traktor va avtomobillarning tasnifi, asosiy qismlari

 
3. Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni.


10 
Dvigatel – bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni mexanik ishga 
aylantirib beradigan mashina hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosan zamonaviy traktorlardan 
foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki 
yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.

Qishloq xo‘jaligida ishlatilgan bug‘ bilan ishlaydigan mashinalar 1880 
yillardan boshlab ichki yonuv dvigitellari bilan almashtirildi. Bunda ularning 
yasalish prinsiplari o‘sha bo‘lib qoldi, faqatgina bug‘li tortuvchi qurilma 
ichki yonuv dvigiteli bilan almashtirildi. Chunki bu motorli tortuvchi mashina 
bug‘ mashinalariga qaraganda hajm jihatdan kichikroq va arzonroq edi
5
.
Ichki yonuv dvigateli quyidagicha tuzilgan. U asosiy blok karterdan 1 (1.8-
rasm) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga silindr gilzasi 2 o‘rnatiladi. Silindrning
yuqori qismi maxsus murakkab holatda tuzilgan qopqoq 7 bilan mustahkam 
berkitilgan. 
 
 
 
 
 
 
1.8 -rasm. Ichki yonuv dvigatelini 
tuzilishi: 1-blok karter; 2-silindr; 
3-porshen; 4-shatun; 5-tirsakli 
val; 6-ostki qopqoq; 7-ustki qopqoq; 
8-kiritish yo‘lagi; 9- chiqarish
yo‘lagi; 10-klapanlar; 11-purkagich;
12-porshen sirg‘alari; 13-maxovik. 
Porshen ostki tomonidan shatunga 4, u esa o‘z navbatida tirsakli valga 5 
biriktirilgan. Tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlash uchun unga maxovik 
13 o‘rnatilgan. Blok karterning ostki qismi moylash suyuqliklari quyiladigan ostki 
qopqoq 6 bilan germetik berkitilgan. 
Dvigatelni ishlashi mobaynida quyidagi jarayonlar, ya’ni, oldindan 
tayyorlangan yoqilg‘i aralashmasini (benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda) 
yoki alohida toza havo va dizel yoqilg‘isini (dizel dvigatelida) silindr ichiga 
kiritish, uni siqish, yondirish va chiqarish jarayonlari ketma-ket amalga amalga 
oshiriladi.
5
Krombhols/Bertram/Wandel. “Land-technik”. Germany, 2008
.
46-бет


11 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling