1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу,Traktor va avtomobillarning rivojlanish tarixi. Traktor va avtomobillarning tasnifi, asosiy qismlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.9-rasm. To‘rt taktli dvigatellarning ishlash sxemasi
O‘t oldirish tizimi – benzinli, gazli dvigatellarda silindr ichidagi ishchi
aralashmani yoqish uchun ishlatiladi. Yurgazib yuborish tizimi – dvigatel ishlamay (turg‘un holatda) turganda, tirsakli valni aylantirish hisobiga silindrdagi ishchi siklni boshlanishini ta’minlavchi tizimdir. Dvigatellarning tasniflanishi 1. Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi. 2. O‘rnatilishiga qarab - ko‘chma va muqim o‘rnatilgan; 3. Ishchi aralashmasini hosil qilishga qarab – aralashmani silindrdan tashqarida (benzinli va gazli) va silindr ichida (dizelli) hosil qilish; 12 4. Ishchi aralashmani yoqish usuliga qarab – elektr uchquni yordamida (benzinli, gazli) va havoni yuqori bosimda siqish (dizelli) yordamida; 5. Qo‘llanadigan yoqilg‘i turiga qarab – benzin, gaz va dizel yoqilg‘isi bilan ishlaydigan; 6. Silindrlar soniga qarab - bir, ikki va hakozo silindrli; 7. Silindrlarni joylashishiga qarab – vertikal (tik), gorizontal (yotiq) va burchak ostida o‘rnatilgan; 8. Aralashmani silindrga to‘ldirish usuliga qarab - oddiy (porshen yordamida), qo‘shimcha kuch ostida to‘ldirish (kompressor yordamida) 9. Sovutish usuliga qarab - suyuqlik va havo yordamida sovutiladigan turlarga bo‘linadi. 1.9-rasm. To‘rt taktli dvigatellarning ishlash sxemasi: Yengil, kam va o‘rta yuk ko‘taradigan avtomobillarda ko‘p silindrli karbyuratorli dvigatellar qo‘llaniladi. Bu dvigatellarda aralashma siliindr tashqarisida (karbyuratorda) hosil etiladi va elektr uchquni bilan yondiriladi. Ish sikli porshenning nechta yo‘lida bajarilishiga qarab to‘rt taktli va ikki taktli dvigatellarga bo‘linadi. Dvigatellarda tirsakli val aylantirilsa, porshen silindr ichida ilgarilanib qaytib to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. Porshenning tirsakli val o‘qidan eng uzoqlashgan nuqtasi yuqorigi chekka nuqta (YU. CH. N) deb ataladi. Porshenning val o‘qiga eng yaqinlashgan nuqtasi pastgi chekka nuqta (P. CH. N) deb ataladi. Chekka nuqtalar orasidagi masofa porshen yo‘li (S) deb ataladi. Porshenning har yo‘li ichida bajariladigan jarayon takt deb ataladi. YU. CH. N. da turgan porshenning tepasida hosil bo‘ladigan hajm siqish kamerasining hajmi (Vs) deyiladi. Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. gacha harakat etib bo‘shatadigan hajmi silindrning ish hajmi (V h ) deyiladi. V h = ( D 2 /4) (S/1000), (l) bunda: D- silindr diametri (mm); S- porshen yo‘li (mm). Dvigatel silindrlari ish hajmini silindrlar soniga ko‘paytmasi dvigatelning litraji (V l ) deb ataladi. V l = ( D 2 /4) (S/1000) i q V h i , (l) 13 P. CH. N da turgan porshen tubining tepasidagi hajmi silindrning to‘la hajmi deb ataladi. V a = V h + V c Silindr to‘la hajmining siqish kamerasining hajmiga nisbati dvigatelning siqish darajasi (E) deyiladi. E = V a /V c = (V h + V c )/V c = V h /V c = 1 ; E kar = 6 . . . 10; E diz = 13 . . . 20 Dvigatellar ishlayotgan vaqtda uning silindrlarida doimiy takrorlanadigan kompleks ketma-ket jarayonlar (kiritish, siqish, ish bajarish, chiqarish) sodir bo‘ladi. Shu jarayonlar ma’lum tartibda takrorlana beradi. Silindrlarda takrorlanadigan barcha jarayonlar dvigatelning ish jarayoni yoki ish sikli deb ataladi. 6 I.Kiritish takti.Kiritish klapanlari ochiq, chiqarish klapanlari yopiq xolatda bo‘ladi. Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. tomonga tirsakli valning xisobiga harakatlanib, silindrlarda siyraklanish hosil qiladi. Silindrga toza havo(dizel dvigatellarda) yoki xavo bilan yonilg‘i aralashmasi(karbyuratorli dvigatellarda) to‘ldiriladi. Kiritish taktida bosim 0,08-0,09 mPa, harorat 300-340 K bo‘ladi. (K- kelvin). II. Siqish takti.Ikkala klapan yopiq bo‘lganligi sababli silindrlarda havo siqiladi. Bosim 3,5 . . . 4,0 MPa harorat 780-900 K gacha ko‘tariladi. Siqish taktining oxirida forsunkadan yuqori bosim bilan yonilg‘i purkaladi. Aralashma hosil bo‘lib, qizigan havo haroratidan alangalanadi. Gaz bosimi 5,5. . . 9,0 MPa gacha, harorat 1900. . . 2400 K gacha ko‘tariladi. III. Ish yo‘li takti.Dizellarda siqish taktida aralashma yonib tugamasdan ish yo‘li taktida ham, yonishda bir oz davom etadi. Ish yo‘li taktining oxirida silindrlardagi bosim 0,2. . . 0,3 MPa, harorat esa 900. . . 1200 K gacha pasayadi. IV. CHiqarish takti.Bu taktda yonib bo‘lgan ish aralashma silindrdan chiqarib yuboriladi. CHiqarilgan gazlarning bosimi takt oxirida 0,11-0,12 MPa, harorat 650... 900 K atrofida bo‘ladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling