14
Porshen pastga harakatlanganda yonuvchi aralashma dastlab qisiladi.
Porshen pastgi qo‘zg‘almas nuqtaga yaqinlashganda puflash kanalining tuynugini
ochib, krivoship kamerani krivoship ichidagi (porshen ustidagi) bo‘shliqga
tutashtiradi.
Oldindan siqilgan yonuvchi aralashma krivoship kamerasidan puflash kanali
orqali silindrga kiradi va porshen yuqoriga qo‘zg‘almas nuqtaga harakatlanganda
siqiladi.
Porshen yuqoriga qo‘zg‘almas nuqtaga yaqinlashganda o‘t
oldirish
svechasining yordamida ish aralashmasi alangalanadi. Porshen kengayuvchi gazlar
bosimi ta’sirida pastga harakatlanib, ish yo‘lini bajaradi va ayni vaqtda krivoship
kameradagi yonuvchi aralashmani siqadi. Bu vaqtda ishlatilgan gazlar bosim ostida
chiqarish trubasi orqali tashqariga chiqariladi.
Krivoship kamerada siqilgan
aralashmaning bosimi silindrdagi gazlar bosimidan ortiq bo‘lgani uchun ishlatilgan
gazlar puflab chiqariladi va silindr aralashma bilan to‘ldiriladi so‘ngra porshen
YU. CH. N ga harakat etib jarayon takrorlanadi.
Bir silindrli dvigatel katta quvvat hosil qilmaydi. Bunda katta quvvat hosil
etish uchun silindr diametrini oshirish, muvozanatlashtirish mexanizmi o‘rnatilishi
zarur. YUqorida qayd qilingan kamchiliklari tufayli 1 silindrli dvigatellar juda kam
qo‘llaniladi. Silindrlar soni ko‘payishi bilan dvigatel barqaror va puxta ishlaydi.
SHu sababli zamonaviy traktor va avtomobillarga 4, 6, 8 va 12 silindrli dvigatellar
o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: