1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Biznes-reja va uning tuzilishi
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
14.3. Biznes-reja va uning tuzilishiTijorat korxonalari o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini rejalashtirishda biznes-rejaga asoslanadi. Biznes-reja asosan moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning yutug‘ini ta’minlashga xizmat qiladi. Biznes-reja turli bo‘limlardan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limida korxona tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari aks ettiriladi. Tadbirkorlik faoliyatining bosh maqsadi foyda olishdir. Biror ishni mo‘ljallayotganda, avvalo qancha foyda olish mumkinligini hisoblash lozim. Shu bilan birga foyda kelishining bir tekisligi ta’minlanishi, inflyatsiya ta’sirida pul mablag‘lariga muxtojlikni va uni qondirishni hisobga olinishi lozim. Korxonaning muhim maqsadi – iqtisodiy potensialini rivojlantirish va mustahkamlashdan iboratdir. Bunda korxonaning savdo-sotiq bilan bog‘liq moliyaviy, ilmiy, texnik-texnologik quvvatini oshirish ko‘zda tutiladi. Bular korxonaning kelgusidagi mavqeiga, obro‘siga, yuqori sifatli mollari va xizmatlariga kafolat bo‘lib hisoblanadi. Biznes-rejaning ikkinchi bo‘limi asosiy bo‘lim hisoblanib, unda faoliyatning bosh maqsadi, sotiladigan mol yoki ko‘rsatiladigan xizmatning qisqacha tafsifnomasi va farqli xususiyatlari, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘llari, usullari, muddatlari, ketadigan harajatlar, ko‘rilayotgan samaradorlik, erishilgan natijalardan foydalanish aks eetiriladi. Umumlashtiruvchi, jamlovchi ko‘rsatkichlar sotish yoki xizmat ko‘rsatish hajmi, savdodan tushadigan pul, o‘ziniig mablag‘i va qarzga olinadigan mablag‘lar, foyda, rentabellikdan iborat. Mahsus ko‘rsatkichlar sifatida sotiladigan mollar va xizmatlar sifati, ularning farqli xususiyatlari, haridorlarning nozik talablariga ham mosligi, sarflangan mablag‘larning tiklanish muddati, tavakkalchilikning past darajasi, mo‘ljallangan natijalarga erishish kafolati xizmat qiladi. 3-bo‘limda iste’molchilarga taklif etiladigan mollar, xizmatlarning tavsifnomasi ifodalanadi. Bunda molni harakterlovchi asosiy tomonlari: namunasi, tavsifnomasi, rasmi, modeli va boshqalar o‘z aksini topadi. Shu kabi tadbirkor molining haridorlari haqida, aholi tabaqalari, shu molnning haridori va iste’molchisi bo‘lgan tashkilotlar, muassasalar haqida axborotlar hisob-kitob qilinib biznes-rejada o‘z aksini topadi. Bundan tashqari mollarni sotishda mo‘ljallanayotgan narh ifodalanadi. Bu biznss-rejada eng qiyin hisoblardan biridir, chunki inflyatsiyaning ta’sirini ko‘ra bilish kerak. 4-bo‘lim mol sotish bozorining kon’yunkturasini tahlil etish va baho berishga bag‘ishlangan. Bunda beixtiyor ehtiyojni o‘rganish, narhni bashorat qilish amalga oshiriladi. Natijada mol yetkazib kelish hajmi muddatlari belgilanadi. Biznes-reja tuzishda bozorni o‘rganish, tahlil qilish, baho berish bir tomonidan, talabni va ikkinchi tomonidan, taklifni hamda ular o‘rtasidagi nisbat holatini aniqlashdan kelib chiqadi. Haridorlarni o‘rganish mol keltirish hajmini belgilaydi. Mollarga talabning o‘zgarishi biznes-reja tuzishda taxminlar, hisob-kitoblar, baholash, bashorat qilish asosida hisobga olinadi. Shu bilan birga marketing faoliyati natijasida bozorni faollashtirish chora tadbirlari belgilanadi. Raqobatchilar, ularning imkoniyatlari, narh siyosatini nazardan chetda qoldirmasligi kerak. 5-bo‘limda faoliyat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar aks ettiriladi. Dastur uz ichiga oda!da kuyidagilarni oladi: marketing faoliyati (reklama, bozorni belgilash, iste’molchilar, haridorlar bilan aloqa o‘rnatish, ular talabini aniqlash); mol harid qilish, saqlash, savdoga tayyorlash; haridorlarga xizmat, shu jumladan sotishdan keyingi xizmatni ham tashkil etish. Tashkiliy chora-tadbirlar dasturning ajralmas qismi bo‘lib, biznes-rejaning bajarilishini tartibga solishga imkon yaratadi. Bular biznes-rejani bajarishni boshqarish usullari, bajaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib turish usullari, mahsus haq to‘lash, rag‘batlantirish shakllaridan foydalanish, kadrlar tanlash va tayyorlash tadbirlari, hisob-kitob, nazorat va boshqalardan iboratdir. 6-bo‘limda biznes-rejani zarur resurslar bilan ta’minlanishi ifodalanadi. Resurslar bilan ta’minot o‘z ichiga quyidagilarni oladi: mol bilan ta’minot; mehnat resurs lari; moliyaviy resurslar (pul mablag‘lari, kapital qo‘yilmalar, kreditlar, qimmatbaho qog‘ozlar); axborot resurslari (statistika, fan-texnika axborotlari). Biznes-rejaning 7-bo‘limida faoliyat samaradorligi aks ettiriladi. Faoliyat samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, foyda va rentabellik hisoblanadi. Bundan tashqari ijtimoiy va fan-texnik samaradorlik aniqlanadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling