1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Yangi turistik xizmatlarni yaratish


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

2. Yangi turistik xizmatlarni yaratish
Turizm infratuzilmasi O‘zbekiston hududi bo‘ylab notekis joylashgan.
Faqatgina Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasi
potensialining 40 foizdan ziyodrog’i to‘plangan. Shuning uchun ham
respublikaning boshqa hududlari bo’ylab chet ellik mehmonlar diqqatini tortadigan
dam olishning yangi shakllari va marshrut turlarini rivojlantirish zarur.
Masalan, keyingi yillarda ekologik marshurtlarni ishga topshirish keng
tarqalmoqda. Ekologik marshurtlar sof tabiiy landshaftli, yumshoq iqlimli zonalar
bo‘ylab sayohatni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda Zomin milliy
tabiiy bogi, Arnasoy ko‘li oreali, Qashqadaryo va Surxondaryo archali toglari,
Nurota qo‘riqxonasi. Kuyi Amudaryo deltasi, shuningdek Fargona vodiysi xuddi
ana shunday resurslarga ega. Toshkent va Samarqand shaharlaridan uncha uzoq
bo‘lmagan joylarda jahon standartlariga javob beradigan golf maydonlarini chet el
kapitalini jalb etgan holda ko‘rib ishga tushirish muhim. 
Mamlakatga valyuta tushumining yangi manbalari sifatida dam olish va
servisning tabiiy bog‘lar, kechki barlar, tennis kortlari, diskotekalar xizmat qilishi
mumkin. Jahon amaliyotida xizmat ko‘rsatish sohasidan valyuta tushumlarining
deyarli yarmini savdo va ko‘ngil ochish vositalari tashkil qiladi. 
Dam olishning ekzotik turlaridan foydalanish ham keng ommalashmagan.
Otda va tuyada yurish, o‘tovda yashash, tog‘ turizmi, arxeologik turizm yaxshi
daromad keltirishi mumkin. Shuningdek, aktyorlarning Amir Temur davri liboslari


va sharoitida turistlar bilan yashashini, olovda go’sht tayyorlashi, kamondan otish,
nayza va qilich ishlatish orqali o‘rta asr jang tasvirini yaratish tur
tashkilotchilaridan unchalik katta mablag‘ talab qilmaydi.
O’zbekiston qiziqarli tarixiy o‘tmishga ega bo’lib, turistlarni jalb qilish
uchun sanab o‘tilgan shoulardan samarali foydalanishi mumkin. Respublika diniy
(ziyorat) turizmni rivojlantirish uchun keng va noyob imkoniyatlarga ega.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling