1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
-MAVZU: OKSIDLANISH QAYTARILISH POTENSIALI
Download 295 Kb.
|
MUSTAQIL OXIRGI
20-MAVZU: OKSIDLANISH QAYTARILISH POTENSIALI
Oksidlanishli fosforirlanish. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, elektronlarning NADH molekulasidan mitoxondriyalaming ETZ orqali kislorodga ko'chirilishi erkin energiyani yo'qotish bilan birga boradi. Ushbu energiyaning taqdiri qanday? Bu yerda shuni aytib o'tish lozimki, o'tgan asrda V.A.F.ngelgardt aerob nafas olish jarayonida ATF moddasining to'planishini kuzatgan (1931). U birinchi bor ADF birikmasining fosforirlanishi va aerob nafas olishning birgalikda borishi haqidagi nazariyani oldinga surgan. Keyinchalik rossiyalik biokimyogarlar VA.Belitser va amerikalik G.Kaikar Krebs siklining oraliq mahsulotlari, xususan, qahrabo va limon kislotalarining hay von to'qimalari suspenziyasi bilan oksidlanishi jarayonida anorganik fosfor yo'qolib ATF hosil bo'lishini tajribalar asosi da tasdiqlashdi. Anaerob sharoitda yoki nafas olish jarayonini sianid ta'sirida to'xtatilsa bunday fosforirlanish kuzatilmaydi. Mitoxondriyalaming ETZ bo'ylab elektronlarning tashiluvi mobaynida ADF birikmasining fosforirlanib, ATF moddasini hosil qilishi oksidlanishli-fosforirlanish jarayoni nomini oldi. Hozirgi vaqtda tajribalar asosida aniq ko'rsatilganki, NADH molekulasidan kislorodga bir juft elektronning ko'chirilishi eng kamida uch molekula ATF moddasining hosil bo'lishiga olib keladi, ya'ni fosforirlanish kocffitsiyenti P/O q 3. Fosforirlanish koeffitsiyentining ushbu ko'rsatkichi ko'chiruvchilar har xil guruhlari orasida energiyaning kamayib borishi bilan izohlanadi. Elektronlarning ko'chirilishida energiyaning kamayib borish ko'rsatkichlari eng kamida uch molekula ATF sintezlanishi uchun bemalol yctib ortadi. Masalan, I majmuadagi NADH va FeS2 orasida elektronlarning ko'chirilishida -50 kJ atrofida bo'lsa. III majmuadagi ubixinon va sitoxrom Si orasida -13 kJ va nihoyat sitoxrom a- SuA va 02 o'rtasida -84 kJ. Agarda FAD foydalanilishi bilan suksinat oksidlanayotgan bo'lsa fosforirlanishning birinchi bosqichi ro'y bermaydi va faqatgina 2e- ko'chirilishi natijasida ikki molekula ATF sintezlanadi. Hozirgi vaqtda oksidlanishli fosforirlanish mexanizmi haqida uchta nazariya mavjud. Bular: kimyoviy, mexanokimyoviy (shakl o'zgarishli) va kimyoosmotik. Download 295 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling