Radikal polimerlanish bosqichlari
Radikal polimerlanish zanjirli reaktsiyalar mexanizmi bo`yicha boradi. Faol markaz vazifasini erkin radikallar bajaradi. Radikal polimerlanish reaktsiyasiga juda ko`pchilik, asosan tarkibida qo`shbog` bo`lgan monomerlar uchraydi. eng ko`p tarqalgan monomerlar jumlasiga stirol, vinilxlorid, vinil atsetat, akril va metakril kislotalari va ularning turli efirlari, akrilonitril va hokazolar kiradi.
Radikal polimerlanish reaktsiyasi qo`yidagi elementlar bosqichlarini o`z ichiga oladi: reaktsiyaning boshlanishi, zanjirlarning o`sishi (rivojlanishi), zanjirlarning uzilishi va sharoitga qarab zanjir uzatilishi reaktsiyasi ham sodir bo`lishi mumkin.
Reaktsiyaning boshlanishi - bu reaktsiya zanjirini boshlab beruvchi erkin radikallarni hosil qilishdir. Bu jarayon monomerlarni o`zidan yuqori harorat, turli nurlar va boshqa ta`sirlar natijasida radikallar hosil qilish bilan yoki ko`pincha monomer muhitiga qizdirganda osonlik bilan radikallarga parchalanadigan moddalar (initsiatorlar) qo`shish yordamida olib boriladi.
Reaktsiyaning boshlanishi uchun avvalo boshlagich (initsiator)dan birlamchi radikallar hosil bo`ladi:
I - boshlagich, Kpar - boshlagichning parchalanish tezlik konstantasi, -radikal.
So`ngra boshlagichdan hosil bo`lgan radikal monomerga ta`sir etib, unda radikal hosil qiladi va shu bilan reaktsiya rivoj topadi:
K1-birlamchi radikallarning monomer bilan ta`sirlashish tezlik konstantasi.
Odatda boshlagich moddalardan radikallar ma`lum harorat ta`sirida hosil bo`ladi. Polimerlanish reaktsiyasini past haroratlarda boshlash uchun oksidlanuvchi-qaytariluvchi sistemalardan foydalaniladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonini monomer muhitida olib boriladi. Oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar suvda (vodorod peroksidi va ikki valentli temir sul’fat) yoki organik erituvchilar (organik peroksidlar va aminlar)da eirishi mumkin. Shunga qarab polimerlanish reaktsiyasi suvli va organik erituvchilar muhitida olib borilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |