1-Ma’vzu: Yuqori molekulali brikmalar-YuMB, xaqida tushuvchalar. O‘zbekistonda polimerlar kimyosi fanining rivojlanishi Reja: Yumb kimyosi fani haqida ma’lumоt


Download 410.12 Kb.
bet10/16
Sana21.06.2023
Hajmi410.12 Kb.
#1645442
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1.2.3. Maruza YuMB

Polimerlarning muxim vakillari
Quyidagi jadvalda polimerlarning kimyoviy tuzilishiga oid polimerlarning nomlari va kimyoviy formulalari keltirilgan.

Noorganik va elementorganik polimerlarni ham ratsional va sistematik nomenklaturalarda nomlanadi. Lekin bu polimerlarda elementlarning bosh yoki kattalik mavqei organik birikmalarnikiga qarama-qarshidir. Noorganik va elementorganik polimerlarda elementlarning kattalik mavqei Fr dan F ga qadar kamayib boradi (ya`ni musbat zaryad hosil qilish qanchalik oson bo’lsa, shu element bosh hisoblanadi).



1-Jadval

Polimer formulasi

Polimer nomi

Karbozanjirli yuqori molekulali birikmalarning sinflanishi

[− CH2− CH2 −] n

Polietilen

− CH2 − CH −
‌‌‌‌ ׀
CH3

Polipropilen

To’yingan uglevodorodlarning galoidli hosilalari

−CH2−CH− ‌ ‌׀
Cl

Polivinilxlorid

− CH2 −CH −
׀
F

Polivinilftorid

[− CH2−CCl2−] n

Polivinilidenxlorid

Spirtlar va ularning hosialari

− CH2 −CH −
‌‌׀
OH

Polivinilspirt

− CH2 −CH −
‌‌׀
CH2OH

Poliallil spirt

− CH2 −CH −
׀
OCOCH3

Polivinilatsetat

Al’degid va ketonlar

− CH2 −CH −
׀
CHO

Poliakrolein

CH3
׀
− CH2 −CH−
׀
CHO

Polimetilakrolein

Aminlar va nitrobirikmalar

− CH2 −CH −
׀
NH2

Polivinilamin

− CH2 −CH −
׀
CH2 NH2

Polialilamin

Polikislotalar va ularning hosilalari

− CH2 −CH −
‌‌׀
COOH

Poliakril kislota

− CH2 −CH −
‌‌׀
COOCH 3

Polimetilakrilat

− CH2 −CH −
‌‌ ׀
CN

Poliakrilonitril

− CH2 −CH −
‌‌׀
CONH2

Poliakrilamid

Getero zanjirli polimerlar

− NH − (CH2)5 − C −
׀׀
O

Poli ε-kaproamid

─NH─(CH2)5C─n
׀׀
O

poli(6-aminokapron kislota)

−CH2−CH2−O−− −− n ‌‌׀׀ ‌‌‌׀׀ O O



poli(etilentetraftalat)

−CH2−CH2−O− n

Polietilen oksid



2-jadval

Polimer formulasi

Ratsional nomenklaturadagi nomlanishi

Sistematik nomenklaturadagi nomlanishi

− CH= CH − CH2 − CH2

Polibutadien

Poli – 1—butilen

CH3
‌‌‌‌‌‌ ׀ ‌‌
− C − CH2
׀
CH3

Poliizobutilen

Poli-1,1-dimetiletilen

− C = CH − CH2 − CH2

CH3

Poliizopren

Poli-1- butenilen

− CH − CH2
׀
CN

Poliakrilonitril

Poli-1-tsianoetilen

− CH − CH2
׀
OH

Polivinilspirt

Poli-1-gidroksietilen

− CH2 − CH −
׀
OCOCH3

Polivinilatsetat

Poli-1-atsetoksietilen

− NH − (CH2)5 − C −
׀׀
O

Poli ε-kaproamid

poliimino-(1-oksogeksametilen)


Asosiy zanjirni hosil qiluvchi elementlar bitta bog’ bilan bog’lansa “- an”, qo’shbog’ “-en”, uch bog’ “-in” qo’shimchasi yoziladi. Chiziqli polimerlarga polimer nomi oldiga “katena” so’zi qo’shib yoziladi. “Catena” lotinchadan olingan bo’lib Catena –zanjir so’zini ifodalaydi.

Quyida bir-necha polimerni nomlanishini ko’ramiz:
3-jadval

Polimer formulasi

Ratsional nomenklaturadagi nomlanishi

Sistematik nomenklaturadagi nomlanishi

− S−

Oltingugurt polimeri

Katena –poli (oltingugurt)

H- C6H3
׀
− Si −
׀
CH3

polimetil–H-geksilsilan

Katena– poli(metil – N geksilkremniy)

CH3
׀
− Su −
׀
CH3

Polidimetilstnnan

Katena-poli(dimetilqalay)

CH3
׀
− Si − O
׀
C6H5

Polimetilfenilsiloksan, polioksil(metilfenilsililen)

Katena – poli (metilfenilkremniy – μ-okso)

Sopolimerlarni sistematik va al’ternativ nomenklatura bo’yicha nomlanadi. Nomlashda asosan sopolimerning sinfini bilish zarur, ya`ni noaniq, statik, tasodifiy, davriy, blok, duragay, tekis taqsimlangan tuzilganligi aniq bo’lishi kerak. Agar tuzilishi noaniq bo’lsa SO-, statik tuzilishli bo’lsa STAT– , tasodifiyga SL–, tekis taqsimlanganga CHER–, davriyga PERIOD –, blokga – BLOK , duragayga – PRIV − so’zlari qo’shib yoziladi. Masalan, stirol bilan metilmetakrilatdan hosil bo’lgan sopolimerning tuzilishi noma`lum bo’lsa sistematik nomenklaturada − poli (stirol – so-metilmetakrilat) deb nomlanadi. Al’ternativ nomenklaturada bo’lsa, sopoli(stirol/metilmetakrilat).


4-jadval

Sopolimer tuzilishi

Sistematik nomenklaturadagi nomlanishi

Al’ternativ nomenklaturadagi nomlanishi

Statistik

Poli (stirol-stat - butadien)

Stat – Sopoli (sterol/butadien)

Blok tuzilishi stirol, butadien sopolimeri

Poli (stirol – blok - butadien)

blok – sopoli (stirol/butadien)

Tuzilishi noaniq stirol, butadien sopolimeri

Poli (stirol-so - butadien)

So- sopoli(stirol/ butadien)

Tasodifiy tuzilishli stirol, butadien sopolimeri

Poli (stirol-sl - butadien)

Sl-sopoli(stirol/ butadien)

Tekis taqsimlangan tuzilishli stirol, butadien sopolimeri

Poli (stirol-cher - butadien)

Cher-sopoli(stirol/ butadien)

Polimerlarning hosil bo’lishi jarayonida makromolekulalarning o’lchamlari har xil bo’ladi, ya`ni polimer gomologik qator hosil bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, polimerlar uzunligi har xil, lekin kimyoviy tuzilishi va tarkibi bir xil bo’lgan polimer gomologik makromolekulalar aralashmasidan iborat. Demak, polimer makromolekulalari bir xil zvenolardan tuzilgan bo’lib, ularning polimerlanish darajasi har xil bo’lishi polidisperslik deyiladi.
Yuqori molekulyar birikmalarning polidispersligi polimerlarning bo’kishi va erishiga, ular eritmalarining xossalariga, fizik-mexanik va boshqa xossalariga ta`sir qiladi. Shuning uchun polidisperslikni aniqlash, tartibga solish katta amaliy ahamiyatga ega.
Odatda polidisperslikni aniqlash uchun polimerlar fraktsiyalanadi. Fraktsiyalash deb polimerni tashkil etgan har xil uzunlikdagi polimer gomologlarga ajratishga aytiladi. Fraktsiyalash usullari polimerlarning eruvchanligiga, eritmasi xossalariga asoslangan.


Frarsiyalar soni



MM
1-rasm. Molekulyar massa bo’yicha taqsimlanish egrilari


Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasi ayni birikmaning individual xossalarini belgilovchi doimiy qiymat bo’lmay, o’rtacha statistik qiymatdir. Shuning uchun yuqori molekulyar birikmalar kimyosiga o’rtacha molekulyar massa tushunchasi kiritilgan.
Polimerning polidisperslik darajasi fraktsiyalar o’rtacha molekulyar massalarining qiymatlari bilan belgilanali va polimerning molekulyar massasi bo’yicha taqsimlanish egrilari bilan ifodalanadi. 1-rasmda o’rtacha polimerlanish darajasi bir xil, lekin polidispersligi har xil ikki polimerning molekulyar massalar bo’yicha taqsimlanish grafigi keltirilgan.
Bu erda 1-egri Chiziq bilan ifodalangan polimer 2-egri chiziq bilan ifodalangan polimerga qaraganda molekulyar massasi bo’yicha birjinsli. Demak, biror usul bilan polimerning o’lchamlarini aniklash har bir polimer gomolog molekulyar massalari yig’indisidan iborat bo’lgan o’rtacha qiymatni topishga olib keladi: massa buyicha taqsimlanish egrilari
M = M1a1 + M2 a2 + M3 a3 +...+ Mxax
bu erda M —o’rtacha molekulyar massa; M1 M2, M3—har bir polimer gomologning molekulyar massasi; a1, a2, a3...- polimergomologlar aralashmasidagi har bir gomolog ulushi.
Polimerlanish darajasi har xil bo’lgan makromolekulalarning hosil bo’lishi reaktsiya mexanizmiga bevosita bog’liq, hatto tabiiy polimerlar ham (ba`zi oqsillardan tashqari) molekulyar massasi bo’yicha ko’p jinsli bo’ladi. Shuning uchun polimerlarning molekulyar massasi o’rtacha statistik qiymatga ega. O’rtachalashtirish usuliga qarab o’rtacha molekulyar massa bir necha xil bo’ladi.
.
3-ma’vzu: Sintetik polimerlarning olinishi. Zanjirli va bosqichli polimerlanish reaksiyalari
Reja:
1. Pоlimerlаrni sintez qilishning аsоsiy usullаri. Zаnjirli vа bоsqichli
pоlimerlаnish.
2. Radikal polimerlanishni initsirlash usullari
3. Keng tarqalgan polimerlanish initsiatorlari

Download 410.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling