1-Ma’vzu: Yuqori molekulali brikmalar-YuMB, xaqida tushuvchalar. O‘zbekistonda polimerlar kimyosi fanining rivojlanishi Reja: Yumb kimyosi fani haqida ma’lumоt


Radikal polimerlanishni initsirlash usullari


Download 410.12 Kb.
bet12/16
Sana21.06.2023
Hajmi410.12 Kb.
#1645442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1.2.3. Maruza YuMB

Radikal polimerlanishni initsirlash usullari
Termik polimerlashda erkin radikallar issiqlik ta’sirida hosil bo‘ladi.
Termik initsirlashning faollanish energiyasi juda yuqori bo‘lgani uchun termik polimerlanish juda sekin sodir bo‘lib, tezligi esa haroratga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Shularga qaramay termik polimerlanish uzluksiz ravishda sanoatda
polistirol ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Fotopolimerlanish nur ta’sirida polimerlanishdir. Fotopolimerlanish mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra, yorug‘lik kvanti yutilganda molekulalar qo‘zg‘olgan holatga keladi va tripet ko‘rinishga o‘tadi. Tripetning monomerning boshqa molekulasi bilan ta’sirlanishidan biradikal hosil bo‘ladi va so‘ngra u monoradikallarga disproporsilanadi:


Fotopolimerlanish tezligi qo‘shimcha faol radikallar hosil qiluvchi manba – sensibilizatorlar (peroksidlar, erituvchilar) ishtirokida ortishi mumkin. Fotopolimerlanish olib boriladigan xona haroratida senbilizatorlar faqat yorug‘lik bilan nurlantirilganda faol radikallarga parchalanadi.
Elektrokimyoviy initsirlashda polimerlanishni boshlovchi faol markazlar (erkin radikallar, kation va anionlar, ion-radikallar) elektr toki ta’sirida vujudga keltiradi.
Radiatsion polimerlash monomerlarni nurlari, rentgen nurlari, tezlatilgan elektronlar va boshqa yuqori energiyali zarrachalar bilan nurlantirilganda ham polimerlanish reaksiyasini initsirlovchi erkin radikallar hosil bo‘ladi.
Moddiy initsiatorlar yordamida polimerlash sanoatda va ilmiy tadqiqot amaliyotida eng ko‘p ishlatiladigan polimerlashni initsirlash uchun keng tarqalgan radikal hosil qiladigan usuldir.
Keng tarqalgan polimerlanish initsiatorlari
Initsiatorlar sifatida peroksidlar va diazobirikmalar radikallar manbai sifatida ko‘proq ishlatiladi. Keng ishlatiladigan peroksidlarga benzoil peroksidi va azobirikmalardan 2,2-azo-bis-izobutironitril [yoki izo-moy kislotasi dinitrili (DAK)] ni misol qilsa bo‘ladi.
Masalan: benzol peroksidi, harorat ta`sirida quyidagicha parchalanib radikallar hosil qiladi:

Peroksidlar bilan barobar azo-birikmalar ham boshlagich sifatida keng ishlatiladi. Masalan: azobisizomoy kislotasining dinitrili quyidagicha radikallar hosil qiladi:

Radikal polimerlanishni boshlagichlari odatda monomerlarga nisbatan selektiv ta`sirga ega emas. Shuning uchun polimerlanish reaktsiyasiga boshlagich modda tanlashda asosan uning qaysi haroratda qanday tezlik bilan parchalanishiga e`tibor qilinadi.
Polimerlashda ko‘pincha oksidlanish-qaytarilish initsiatorlaridan ham foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek bunday hollarda initsiator bilan birgalikda qaytaruvchi - promotor ishlatiladi.
Vodorod peroksidi va ikki valentli temir tuzlari orasidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi vaqtida gidroksil erkin radikallari hosil bo‘ladi:

Organik muhitda polimerlanishni olib borishi mumkin bo`lgan oksidlovchi-qaytaruvchi boshlagichlarga misol qilib benzoil peroksid bilan metilanilinni olish mumkin:


Download 410.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling