1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


-Variant  1. “Ilmiy menejment” maqsadi va F. Teylor taʻlimoti mohiyati


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

30-Variant 
1. “Ilmiy menejment” maqsadi va F. Teylor taʻlimoti mohiyati 
Butun dunyoda «Maktabni ilmiy tashkil etish» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu 
maktabning vujudga kelishi va rivojlanishi XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu 
maktabning boshida amerikalik muhandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850—1915) 
turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida 
ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi 
menejment zamonaviy konsepsiyaning asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu 
maktabning ko‘zga ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G.Emerson, A.Gastev 
(Rossiya)lardir.
F.Teylor butun dunyoga o‘z nomini mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan: 
«Kelishuv tizimi» (1895), «Sex menejmenti» (1903) va «Ilmiy menejment 
tamoyillari» (1911). F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga 
qo‘shish, «kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi»ni amalga oshirishga 
harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatning jadallashuvini 
ta’minlovchi usul turli mamlakat boshqaruvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan. 
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muhandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga 
aylantirishda jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va 
farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o'tkazishdan iborat 
bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil 
xodim o‘z vazifalari uchun javobgar bo‘lishi lozim. Bunda xodimlar turlarini ishlar 
turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga 
erishishi uchun barcha xodimlar manfaatini ularning farovonligi o‘sishi, xo‘jayinlar 
va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yoiga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining 
haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to‘liq hajmda qabul 
qilinsa, bu narsa tomonlar o‘rtasidagi barcha bahs va ziddiyatlarni hal qiladi, deb 
o‘ylagan.
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:
— ma’muriyat hal qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilash;
— subyektivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;
— boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish; 
— mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga 
yo'naltirish;
— faoliyatni qat’iyan tartibga solish;


— vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi va eng to‘g‘ri bajaradigan xodimlarni 
maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni o‘qitish; 
— xo‘jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy 
tahlildan foydalanish;
— ishlarni rejalashtirish; 
— xodimlarni rag‘batlantirish. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling