1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

 Boshqaruv usullari. 
Boshqaruv usullari.Boshqaruv usuli – maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va 
qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko’pincha metodlar deb ham yuritiladi. «Metod» 
grekcha so’z bo’lib (methodos) –«qandaydir maqsadga yetish» ma’nosini bildiradi. Boshqaruv metodlari 
(usullari) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o’z oldiga 
qo’ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi. 
Menejment usullarining (metodlarining) ko’pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko’pligi aniq 
boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo’llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi. 
Shuning uchun ham mavjud bo’lgan barcha boshqaruv usullarini o’z tavsiflariga binoan 
guruhlashni, tartibga tushirishni talab qiladi. Usullarning yo’nalishlarga asoslanganligi boshqaruv 
tizimidagi shakllarni (firma, bo’lim, laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni 
ta’minlaydi. 
Tashkiliy shakllar usuli ko’p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o’zgara 
boshlaganida qo’llaniladi. Bu holatda ham o’sha vaziyatga mos bo’lgan usullarni saralab, tanlab olish 
zarur bo’ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo’la qo’llaniladi. Bu holda 
qo’llanilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini 
mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko’rsatma yoki 
tavsiyalar yo’q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko’rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor 
munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko’rinadi. 
Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning xohish-istaklari o’zgara boshlashi bilan 
boshqaruvda ko’plab usullar bir-biriga qo’shilib, bir-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo’llab-quvvatlaydi. 
Bunday vaziyatlarda qo’shimcha usullarni qo’llash ham talab qilinadi. 
Ta’kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta’minlashda hozirgi vaqtda 
asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an’anaviy tarzda qo’llaniladi: 
1. To’g’ridan-to’g’ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma’muriy usullar; 
2. Iqtisodiy me’yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar; 
3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan ijtimoiy – psixologik usullar. 
1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullarida qo’llaniladigan buyruq berish, nazorat qilish, jazolash 
usullari doimo birini-biri kutib turganidan ko’p hollarda boshqaruvning bu usullarini tanqid qilishadi. 
Lekin keyingi vaqtlarda ma’lum bo’ldiki, jamoada (har qanday jamoada) tartibni saqlash, ishlab 
chiqarishdagi tartib, aniqlik, javobgarlikni sezish aynan ana shu – boshqarishning tashkiliy –ma’muriy 
usullarini qo’llashda namoyon bo’ladi. 


Bu usulda boshqaruvning ketma-ketligi yoki bir-biri orqali boshqaruvi yo’q qilinadi. Ma’muriyat o’z 
bo’yrug’i yoki ko’rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Lekin, bu 
usulning kamchiligi shundan iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o’z 
xizmat vazifalarini, vakolatlarini suiste’mol qilishi mumkin. 
Shuning uchun ham tashkiliy – ma’muriy boshqaruv usulini qo’llaganda rahbardan tortib to oddiy 
xodimning huquqlari va imtiyozlari ma’muriyat va jamoa o’rtasidagi mehnat shartnomasida qayd 
qilinishi lozim. Ma’muriyat boshqaruvida qonun doiralaridan chiqqan vaziyatlarda tashkilot umumjamoa 
yig’ilishi rahbarga ishonchsizlik bildirishi mumkin. 2. Boshqarishning iqtisodiy usullariga boshqaruvda 
markaziy o’rin berilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Menejmentda bu boshqaruv usuli erkin bozor 
munosabatlari sharoitida juda ko’p hollarda qo’llaniladi. Chunki, tashkilotning barcha a’zosi tashkilot 
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo’lishligini juda yaxshi bilishadi. Bu usulni 
qo’llashdagi eng muhim huquqiy talablardan biri-tashkilotning mustaqil ish yuritishga sharoit yaratilish 
hisoblanadi. Bunda, asosiy e’tibor mustaqil xo’jalik yuritish boshqaruvida iqtisodiyotni rivojlantirishga 
asoslangan tadbirkorlikka qaratiladi. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini 
uyg’otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi. 3. Boshqaruvning ijtimoiy–psixologik usullari qo’lla- nilganda 
korxonada mehnat 
unumdorligini oshirish albatta xodimlarning ruhiyati holatlariga bog’liq bo’ladi. Boshqaruvda 
har bir xodimga individual (shaxsan) yondashish korxona oldiga qo’ygan maqsadni bajarishda yagona 
jamoani shakllantirishda juda qo’l keladi. 
Tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning xo’jalikni boshqarish faoliyatidagi yutuqlarining 15 % malakali 
bilimga ega ekanligi, 85 % odamlar bilan muvaffaqiyatli ishlash qobiliyatiga bog’liq ekan. Yaponiyalik 
olimlarning tadqiqotlari bo’yicha korxonadagi psixologik muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoaning 
mehnat unumdorligini 1,5 % ga yoki oshiradi yoki pasaytirib yuboradi. 
3. Menejment fanining predmeti va metodlari. 
Har qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet 
bu fan nima bilan shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini 
belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan jarayon va hodisalarning 
ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi.
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va 
amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu 
sohasida hodisalarni umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va 
usullari tizimini ishlab chiqish lozim.
Menejment predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida 
boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini 
o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy 


munosabatlarning ajralmas qismi bo’lib turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, 
mehnat, psixologik va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv 
munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa va 
o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, bu 
eng avvalo kishilarni boshqarishdir.
Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat 
jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat 
faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat 
qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub bo’lib, u 
menejmentga o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini 
ochishga yordam beradi.
Menjmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqe’lik 
hodisalarini o’rganishga aniq tarixiy yondoshuv; xo’jalik mexanizmi 
barcha unsurlarini bir vaqtning o’zida tahlil qilish va to’liq boshqaruv 
qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondoshuv, tarkibiy 
tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar.
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ular to’g’ri 
bog’lab qo’llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish 
qobiliyatiga ega bo’lishidan iboratdir.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling