1. Muzlar paydo etilishlari. Muz tiqilishlarii va shovush tiqilishlari bilan kurashish


Download 117.89 Kb.
bet2/8
Sana13.02.2023
Hajmi117.89 Kb.
#1194327
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-мавзу. ДГТСО МКФ

. Shovush gilamlarining suzishini to‘xtab qolishi yo‘lida uchragan o‘zanning keskin burilishlar, orolchalar, ko‘priklar va hokazo to‘siqlar ta’sirida yoki daryo nishabligi pasayishidan, suv omboriga kirishidan va hokazolardan oqimning harakati tezligini pasayishiga bog‘liq. Suv ostidagi muzlar daryo oqimining tirik ko‘ndalang kesimi yuzasining 70….85% gacha tashqil etishi mumkin. Ular shakllantiruvchi zajor tegiga qarab harakat etadi. Bu sababdan qo‘shimcha bosim paydo bo‘ladi. Gidravlika nuqtai nazaridan zator bu oqimning mahalliy suv sathilar ayirmasi hosil bo‘lishi natijasida paydo bo‘lgan mahalliy gidravlik qarshiligi (kutilmagan keskin siqilishi), zajor esa oqim uzunligi bo‘yicha bosimning yo‘qotilishi natijasidagi paydo bo‘lgan gidravlik qarshiligi. Zator va zajor vujudga kelishi jarayoni o‘zaro ta’sir etadilar.

Oqimning zajorlar va zatorlarsiz oqishini ta’minlovchi, shovush va muz paydo bo‘lishiga salbiy ta’sir etuvchi, turli ekspluatatsion chora tadbirlar mavjud. Zator va zajorlar bilan kurashish maqsadida to‘g‘ri texnikaviy chora tadbirlarni belgilash uchun quyidagilarni bajaradilar:

Birinchidan – oldindan diqqat bilan ularning paydo bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan joylarini aniqlashadi va o‘rganib chiqadilar. Zatorlar xususiy joylari – bu nishabligi ko‘proq bo‘lgan joyidan nishabligi kamroq bo‘lgan joyiga o‘tib ketgan daryoning qismlari va oqimning hamda shovush va muzning tezligini pasayishidir [16]. Daryoning bunday qismlari suv ombori suv sathining ko‘tarilishi egri chizig‘ini daryo odatdagi suv sathilar bilan tutashtirilishi zonasida, masalan, Ob daryosida joylashgan Novosibirsk suv omborida, Birshtonas shaharchaning yonidagi Neman daryosida joylashgan Kaunas suv omborida, hamda Arxangelsk shahari yonidagi Shimoliy Dvina daryosining Oq dengizga quyilishi joyida kuzatiladi. Zatorlar ham tabiiy o‘zanlarning siqilishi qismlarida kuzatiladi.

Ikkinchidan – zatorlar va zajorlar paydo bo‘lishiga qarshi chora tadbirlarni amalga oshiradilar.

Uchinchidan - aniq sharoitlarga asoslanib, paydo bo‘lgan zajorlar va zatorlar bilan qarshi kurashish uchun, ayrim yoki bir nechalarini birlashgan holda, texnikaviy vositalarini ishlatadilar. Masalan, daryodagi gidrouzellar kaskadining yaratilishi zatorlar va zajorlar paydo bo‘lishini to‘liq darajada tugatadi. Ayrim gidrouzellarda zatorlar va zajorlar suv ombori sathining egri chizig‘i ko‘tarilishi zonasiga ko‘chadilar. Katta bo‘lmagan gidrouzellarda, zatorlar paydo bo‘lishi oldinini olish uchun suv sathining egri chizig‘i ko‘tarilishi zonasida muz yoruvchi kemalar (ledokollar) yordamida suv ombori bo‘yicha muzlardan ozod bo‘lgan kanal yaratiladi, ushbu kanalning yordamida muzlar yuqorida bo‘lgan joyidan suv tashlovchi to‘g‘onga yo‘naltiriladi va pastki byefga tushiriladi. Bunda ledokolning suv tashlovchi to‘g‘on zatvorlari kerakli ochilishiga muvofiqligi bilan birgalashib bog‘langan holda ishlashi yaxshi natijalarga erishish imkoniyatini yaratib beradi.


Download 117.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling