1. Muzlar paydo etilishlari. Muz tiqilishlarii va shovush tiqilishlari bilan kurashish
Pastki byefdagi yuvilishlarni kuzatish
Download 117.89 Kb.
|
4-мавзу. ДГТСО МКФ
Pastki byefdagi yuvilishlarni kuzatishDaryo gidrouzeli foydalanilishi (ekspluatatsiyasi) davrida suv o‘tkazuvchi inshootlarining pastki byefini 1 yilda bir martaba va suv toshqinidan so‘ng kuzatadilar. Bunda albatta mahalliy yuvilishi voronkasi relyefini ko‘chirib oladilar. Kuzatishni suzish vositalaridan yoki suv ostining texnikaviy kuzatilishi yordamida o‘tkazadilar.Suzish vositalaridan yuvilishi voronkasining ayrim bir biridan 5…10 metr masofada joylashgan stvorlarining chuqurligini o‘lchaydilar. Har qaysi stvorda o‘lchovlarni taxminan har bir 10 metr orasida va eng xususiyatli nuqtalarda o‘tkazadilar. Shu maqsadlar uchun reykalar, uzun yog‘ochlar, lotlar, lebedkalar bilan jihozlangan gidrotermik yuklar, profilyograflar, magnitostriksion yoki pyezoelektrik nurlantiruvchi tebrantirgichlar bilan jihozlangan, ultrotovushni suvga yuboruvchi va tubidan aks etilgan impulsni qabul etuvchi ultrotovushli exolotlar ishlatiladi. Exolot 0,2…20 m chuqurligida ishlatiladi. O‘lchov natijalari o‘zi yozuvchi tasmaga yoki boshqa ro‘yxatga oluvchi asbobining lentasiga yoziladi. LPR-48 turidagi lot chuqurligi 100 metrgacha bo‘lgan suv manbalarining chuqurliklarini o‘lchashda xizmat qiladi. Suv chuqurligini o‘lchash texnikasi va o‘zanlarning chuqurligini aniqlash usullari maxsus adabiyotlarda yetarli darajada sinchiklab yozilgan.Chuqurliklarni o‘lchashdan so‘ng mutlaqo belgilarini aniqlab yuvilish voronkasining gorizontallarini tuzadilar. Ular chizilishi bo‘yicha pastki byefdagi o‘zanning mahalliy deformatsiyalari holati to‘g‘risidagi mulohazalarini chiqaradilar. Bunda o‘zanning mustahkamlovchi elementlari bilan tutashtiruvchi joylari holatiga alohida e’tibor beradilar, chunki shu joylarda tez tez mahalliy yuvilish chuqurliklari, beton plitalarining yuvilib ko‘chishi, toshlik yoki boshqa egiluvchan mustahkamlanishlarning deformatsiyalari va hokazolar paydo bo‘ladi. Gorizontallardan olingan mahalliy yuvilishining ko‘rinishini oldingi yillardagi o‘zan deformatsiyasi sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari bilan solishtirib, yuvilish chuqurligining holatini: yuvilish jarayonining rivojlanishi, tugatishi yoki aksincha cho‘kindilarga ko‘milib ketishini, - aniqlaydilar. Bundan tashqari chiqqan mahalliy yuvilish voronkasining ko‘rinishini taxminiy modelda yoki mavjud bo‘lgan funksional bog‘lanishi formulalar asosida hisoblangan o‘lchamlari bo‘yicha tuzilgan bashorat etilgan ko‘rinishi bilan solishtirib baholaydilar. Bu ma’lumotlar pastki byefining haqiqiy holatini ko‘rsatadi va inshoot pastki byefining xavfli yuvilishlaridan, uning mustahkamlanishlarini buzilishidan himoyalash maqsadiga foydalanilishi (ekspluatatsion) chora tadbirlarini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.Download 117.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling