1. Muzlar paydo etilishlari. Muz tiqilishlarii va shovush tiqilishlari bilan kurashish
Zajorlar bilan kurashish uchun ishlatiladigan usullar gidravlik, haroratlik va mexanik usullariga bo‘linadi
Download 117.89 Kb.
|
4-мавзу. ДГТСО МКФ
Zajorlar bilan kurashish uchun ishlatiladigan usullar gidravlik, haroratlik va mexanik usullariga bo‘linadi.Gidravlik usullarida 0,4……0,5 m/s ortiq bo‘lgan oqimning tezligini yaratilishi asosida shovush paydo bo‘lmasligini hosil etadilar. Bu usullar suv to‘sish inshootlarini qurilishi, o‘zan to‘g‘rilovchi ishlarni bajarilishi, ko‘ndalang sirkulyatsiyani yaratilishi va hokazolar yordamida amalga oshiriladi.Haroratlik usullar esa oqimga qo‘shimcha issiqlikni kiritishi imkoniyati asosida qo‘llaniladi. Masalan, yuqoriroq joylashgan suv omboridan daryo gidrouzeli ustki byefiga iliqroq suvni qo‘shish, demak daryo gidrouzelida aniq foydalanilishi(ekspluatatsiyasi) rejimini yaratishdir. Amalda gidravlik va haroratlik usullari o‘zaro bog‘langan usullaridir. Zajorlar va zatorlar bilan kurashish uchun mexanik usullari ham ularga o‘xshagan xususiyatiga ega. Foydalanilishi davrida gidrouzel pastki byefidagi shovushni gidrouzeldan uzoqroqqa ketishini kuzatadilar, kerak bo‘lsa shovushni mexanik vositalari yordamida uzoqlashtiradilar, bunda suzish vositalari yoki siyrak portlovchi vositalar yordamidan foydalanadilar.Qurilishi davrida suv o‘tkazuvchi oraliklardan va o‘zanlar siqilgan qismlardan muzni, shovushni va boshqa jismlarni o‘tkazilishiOqim harakatining 0,4….0,5 m/s tezligida muzning ko‘chishi vujudga keladi. Bunga to‘g‘on tarafiga qarab davomli kuchli shamollar esishi ko‘maklashadi. Muzning ustki byefdan pastki byefga tushirilishida to‘g‘onning yuzalik suv tashlovchi oraliklarni, chuqurlikdagi (tubidagi) oraliklarni, qirg‘og‘idagi va boshqa tashlagichlarni ishlatadilar. Inshoot kirishiga yaqinlashgan joyida o‘zan va suv olib ketuvchi kanal muz harakatiga to‘siqsiz, orollar, ko‘priklar va boshqa inshootlar bo‘lmagan, uzun o‘lchamli to‘g‘ri chiziqli qismiga ega bo‘lishlari shartli. Muzni daryo o‘zani o‘qining o‘rta qismi chegarasida yoki o‘zanning egilishi qismining botiq qirg‘og‘ida joylashgan inshoot oraliklari (teshiklari)dan tushiradilar, chunki bu joylardagi oqimning tezligi yuqoriroq bo‘lib muzni bu zonaga ko‘chishiga sababchi bo‘ladi. Muz tashlovchi oraliklari (teshiklari)ning o‘lchamlari imkoni boricha bir xil bo‘lishi shartli, aks holda kichikroq suv o‘tkazish qobiliyatidagi oraliklar oldida tiqilishlar bo‘lishi ehtimoli bor.Download 117.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling