1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni
Download 277.59 Kb.
|
1- тема
Kutilmagan hamkorlik. Ba’zan o’zga tomon biz kutganimizdan ertaroq shartimizni qabul qilishi, hamda biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini namoyon etishi mumkin. Ayni paytda ortiqcha shubha va ishonchsizlik qaror qabul qilishimiz yo’lidagi to’siqqa aylanadi. Mazkur vaziyatga shubha bilan qarash qulay imkoniyatni boy berishga olib kelishi mumkin. Ammo, kutilmagan rozilik ortida yashirin niyatning borligi ehtimoli ham yo’q emas. Bunday vaziyatda yuzaga kelgan shubhani va o’zga tomonning samimiylik darajasini aniqlash lozim. Samimiyatni aniqlash muzokara jarayonidagi ancha murakkab holat hisoblanadi. Mavjud imkoniyatlardan biri o’zga tomon harakatidagi noverbal signallarni tahlil etish orqali yashirin, yuzaga chiqolmayotgan ma’lumotlarni olishdir.
Qaror qabul qilish ko’pincha vaqt tanqisligi vaziyatida o’tadi va muzokara ishtirokchilarida ma’lum zo’riqishni uyg’otadi. Hatto, muzokara ishtirokchilari o’zga tomonni noqulay vaziyatga qo’yish va imkoniyatni o’zlari tomonga burish maqsadida turli nayranglarga ham boradilar. Shulardan biri o’zga tomon uchun vaqt tanqisligi sharoitini yuzaga keltirish uslubidir. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bunday noxush vaziyatga nisbatan rahbar ma’lum darajada qarshi tura olish malakasiga ega bo’lishi lozim. Quyida shunday malaka haqida aytib o’tiladi va bu kezi kelganda nafaqat vaqtni yutish, hatto navbatdagi maqsadni bajarish uchun ham yordam beradi. Masalan, vaqt tanqisligi sharoitida vaqtdan yutishdagi uslublardan biri – suhbatdosh taklif etayotgan yechim yoki qarorni batafsil takrorlashdir. Odatda bu usul psixologiyada «verbalizasiya» deb, ataladi va bu orqali nafaqat o’zga tomon qarashini aniqlash, balki, takrorlashga sarflanayogan vaqt orqali «pauza» kabi qo’shimcha muddatga ega bo’linadi. Bunday sharoitda qo’lga kiritilgan har qanday pauza o’ylash uchun yana bir muddatdir. Shu kabi usullar qatoriga vaqtdan yutish maqsadida qisqa muddatli tanaffus e’lon qilish, oynani ochib qo’yish bahonasida bir oz vaqtni cho’zish, bir piyola choy bilan chalg’ish va hokazo uslublarni sanab o’tish mumkin. Muzokara olib borish sharoitida to’siq paydo bo’lishining yana bir manbai - o’zga tomonga xos shaxsiy muammolardir. Buning natijasida o’rtada zo’riqish, tushunmovchilik va hatto, o’zaro shubha, ishonchsizlik paydo bo’ladi. Suhbat chog’idagi bunday to’siqlarni olib tashlash malakasi juda zarur xislatdir. Shu maqsadda quyida bir necha uslubni taklif etamizki, ularni qo’llash nafaqat munosabatlarni oydinlashtiradi, balki muzokara olib boruvchi shaxsning niyatini samimiylashtirish imkonini ham beradi. Masalan, orada biron zo’riqish vaziyati paydo bo’lsa, hazil-mutoyibaga murojaat etish, muzokara ishtirokchilarini yoqimli biron-bir tadbirga taklif qilish, suhbatni boshqa yo’nalishga burish kabi uslublardan foydalanish kerak. Ko’p hollarda o’zga tomon muzokara davomida asossiz ravishda o’z salbiy munosabatini namoyon qiladi, yoki suhbat ishtirokchilariga ishonchsizlik bilan qaraydi. Bunday kishi kelayotgan ma’lumot ichidan faqatgina o’z shubhasini tasdiqlovchi dalillarni izlaydi, masala muhokamasiga ko’pincha bir tomonlama qaraydi. Shuni unutmaslik kerakki, o’zga tomonning bunday munosabatini tanqid ostiga olmaslik zarur va imkon bo’lgan paytda oradagi ishonchsizlik bulutini tarqatishga harakat qilish lozim. Buning uchun, avvalambor mazkur insonning ichki holatini iloji boricha to’la aks ettirishga, uni tushunishga intilish zarur. Bu yerda «Xo’sh, men uning o’rnida bo’lsam, nima qilgan bo’lardim, unga xos xarakter xislatlari va imkoniyatlari menda bo’lganda vaziyatni qanday idrok etardim?», degan savolni o’z-o’ziga berishi kerak. Umuman, suhbat chog’idagi har qanday salbiy holat maqbul yechim topish imkoniyatini kamaytiradi va muzokarani boshi berk ko’chaga kiritadi. Shuning uchun, iloji boricha salbiy holatlarni kamaytirish va ularni hatto bartaraf etish ustida doimiy ish olib borish lozim. Bu yo’nalishdagi oddiy tadbirlardan biri – iloji boricha o’zganing salbiy holatiga nisbatan shu tarzda javob berishga intilmaslikdir. Suhbatdoshingiz qanchalik zo’riqishiga qaramay iloji boricha o’zingizni xotirjam tuting. Undagi salbiy holat takrorlanaversa, eng maqbul yo’llardan biri – bu holat natijasida paydo bo’layotgan o’z hissiyotingiz haqida ochiqoydin gapirishdir. Bunday uslub vaziyatni oydinlashtirish orqali, suhbatdoshning ishonchsiz va salbiy munosabati suhbatga qanday to’sqinlik qilayotgani haqida unga aniq ma’lumot beradi. Download 277.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling