1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya


(Translyatsiya jarayoni )


Download 152.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana18.06.2023
Hajmi152.47 Kb.
#1582949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Olimjonova

(Translyatsiya jarayoni )
Antibiotiklar bakteriyalarni qanday nobud qiladi, masalan, organizmga 
infeksiya tushganda? Turli xil antibiotiklar turli yoʻl bilan taʼsir qiladi, 
ammo ayrimlari bakteriya hujayralaridagi asosiy jarayonlarga taʼsir 
koʻrsatadi: yangi oqsil sintez qilish qobiliyatini yoʻqotadi. 
Molekulyar biologiya tili bilan aytganda, 
antibiotiklar 
translyatsiya jarayonini bloklaydi. Translyatsiya 
jarayonida hujayra iRNKdan maʼlumotlarni oʻqiydi va undagi maʼlumot 
hisobiga yangi oqsil sintezlaydi. Normal bakteriya hujayrasida 
translyatsiya xuddi odam organizmi hujayralaridagi singari doimiy 
ravishda sodir boʻlib turadi. Bu tiriklikning (bakteriyalar uchun ham) 
asosiy shartidir. 
Agar maʼlum turdagi antibiotik qabul qilinsa (masalan, eritromitsin), 
antibiotik molekulasi bakteriya hujayrasidagi asosiy jarayonlarni 
bloklaydi va ularni toʻxtatadi. Oqsil sintezlanmagani uchun bakteriya 
hujayrasi faoliyati toʻxtaydi va hattoki nobud boʻladi. Shu sababli 
antibiotiklar bilan davolanganda organizm bakteriyalardan 
tozalanadi.1,2
1,2
start superscript, 1, comma, 2, end superscript 
[Nega eritromitsin odam organizmiga zarar keltiradi?]
 
Tiriklikni saqlash uchun hujayralarga translyatsiya jarayoni zarur va 
uning qanday ishlashini tushunish (biz uni antibiotiklar bilan bloklab 
qoʻyishimiz mumkin) bizni bakterial infeksiyalardan xalos qilishi 
mumkin. Keling, translyatsiyaning qanday amalga oshirilishini birinchi 
bosqichdan to yakuniy mahsulotgacha batafsil koʻrib chiqamiz. 


Translyatsiya: katta jarayon 
Translyatsiya informatsion RNK (iRNK)dagi 
maʼlumotni 
polipeptid yoki aminokislotalar zanjiri sintezi uchun 
dekodlash va oʻqish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Koʻp jihatdan 
polipeptid shunchaki oqsilga oʻxshaydi (texnik jihatdan farqi shundaki
ayrim katta oqsillar bir nechta polipeptid zanjirlaridan iborat). 

Download 152.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling