1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya
Download 152.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Olimjonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transkripsion terminatsiya
- Bakteriyalarda terminatsiya
andoza boʻlmagan yoki kodlovchi zanjiri
bilan bir xil. Lekin RNK zanjirida timin (T) oʻrnida uratsil (U) boʻladi, uglevodlari ham farq qiladi. Yuqorida keltirilgan rasmda kodlovchi zanjirdagi T oʻrniga RNK transkriptida U joylashganini koʻrishimiz mumkin. [Asoslar tasvirlangan rasmga eʼtibor qarating] Quyidagi rasmda DNK bir vaqtning oʻzida koʻplab RNK polimerazalari tomonidan transkripsiya qilingani va ularning har birida RNK “dumi” borligi tasvirlangan. Polimerazalarda genning boshlanish qismida kalta RNK dumlari boʻladi va u genlar transkripsiya qilingani sari uzayib boradi. Bu yerda tasvirlangan mikroskopik tasvirda bir vaqtning oʻzida koʻplab RNK polimerazalari tomonidan gen transkripsiyasi amalga oshirilmoqda. RNK zanjirlari genning boshlanishida kalta boʻladi va polimerazalar gen oxiriga yaqinlashgan sari uzayib boradi. Ushbu shakl oʻziga xos xanjarsimon tuzilma boʻlib, DNK asosida sintezlangan RNK transkriptlari hisobiga yuzaga kelgan. _Rasm manbasi: “ Transkripsiya belgisi ”, Doktor Hans Genrix Trepte ( CC BY-SA 3.0 ). CC BY-SA 3.0 ._ Transkripsion terminatsiya RNK polimeraza to ʻxtash haqida signal boʻlmaguncha transkripsiyani davom ettiradi. Transkripsiyaning tugallanish jarayoni terminatsiya deb yuritiladi va bu jarayon polimeraza DNKning terminator deb nomlangan qismini transkripsiya qilganda sodir boʻladi. Bakteriyalarda terminatsiya Bakteriyalarda terminatsiyaning ikkita katta usuli bor: Rho ga bogʻliq va Rho ga bogʻliq boʻlmagan. Rho ga bogʻliq terminatsiyada RNK Rho faktor deb nomlanadigan oqsil uchun maxsus birikish nuqtasiga ega boʻladi. Rho faktor shu qismga birikadi va RNK boʻylab polimeraza tomon “sirgʻalib” chiqa boshlaydi. Rho ga bogʻliq terminatsiya. Terminator deb iRNKdagi Rho oqsili bogʻlanadigan qismni kodlovchi nukleotidlar ketma-ketligiga aytiladi. Bu transkripsiyaning toʻxtash nuqtasi hisoblanadi (chunki bu qism RNK polimerazani Rho faktori unga yetib olguncha toʻxtatib turadi). Rho iRNKdagi Rho bogʻlanadigan joyga bogʻlanib, RNK transkripti boʻylab 5ʼ dan 3ʼ ga yoʻnalishida polimeraza joylashgan transkripsiya pufagi tomon harakatlanadi. Oqsil polimerazaga yetganda transkriptning ajralishiga va transkripsiya yakunlanishiga sabab boʻladi. Rho transkripsion pufakda polimerazaga yetgach, RNK transkript va DNK zanjirini bir-biridan uzadi, RNK ajraladi va transkripsiya yakunlanadi. Keyinroq DNKda aniqlangan, transkripsion stop nuqtasi deb nomlangan qism RNK polimerazani toʻxtatadi va Rho ning unga yetib olishiga sharoit yaratadi.4 4 start superscript, 4, end superscript |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling