1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Dispers sistemalarga qanday eritmalar kiradi?


Download 257.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana18.06.2023
Hajmi257.08 Kb.
#1588484
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
47. Savol: Dispers sistemalarga qanday eritmalar kiradi? 
 
Javob: Tabiatda va texnikada dispers sistemalar keng tarqalgan. Bular komponentlari bir-birida tekis 
taqsimlangan sistemalardir. 
Dispers sistemalarda dispers faza – maydalangan modda va dispersion muxit ichida dispers faza 
taqsimlangan bir jinsli modda bo‘ladi. Masalan tutunda dispers faza ko‘mirning qattiq zarrachalari, dispersion 
muxit – xavo; gilli suvda gilning qattiq zarrachalari dispers faza, dispersion muhit – suv; tumanda dispers faza 
suyuqlik zarrachalari, dispersion muxit – havo; va xokozolar. 
Dispers sistemalar jumlasiga chin eritmalar, kolloid eritmalar, shuningdek suspenziyalar va 
emulsiyalar kiradi. Ularning barchasi bir-biridan zarrachalarning o‘lchamlari ya’ni disperslik darajasi bilan 
farq qiladi. 
Zarrachalarining o‘lchamlari 0,001 mkm dan kichik bo‘lgan sistemalar chin eritmalar hosil qiladi. 
(Mikrometr (mkm)-metrning milliondan bir qismi). 


48. Savol: Deaerator vazifasi va uning turlari, tuzilishi? 
Javob: Dearatorning tuzilishi. 
U dearatsion kolonna va dearatsiyalangan suvning bak akkumlyatoridan iborat, dearatsiya qilinadigan 
suv kolonnaning yuqori qismiga va qizdiruvchi bug‘ pastki qismiga beriladi. 
Suv sachratuvchi tarelkalarga oqib tushadi, qarshi yo‘nalishga xarakatlanayotgan bug‘ esa suv 
tomchilarini qizdiradi va degazatsiyalaydi. Ajralib chiqayotgan gazlar kolonnaning yuqori qismidagi kalta 
quvur orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Agressiv gazlardan tozalangan suv dearator bakida to‘planadi, 
yuqori va o‘ta yuqori bosimli ta’minot suvi nasoslari orqali bug‘ qozoni va piroliz pechlariga uzatiladi. 
Dearatorlarning vakuumli, atmosferali va yuqori bosimli (0,05÷0,7 MRa li) turlari bor.
49. Kolloid eritmalar haqida ma’lumot bering. 
Javob: Kolloid eritmalar – bular dispersion muhit bilan dispers fazadan tarkib topgan ikki fazali
sistemalardir; ularda dispers faza zarrachalarining chiziqli o‘lchamlari 0,001 dan 0,1 mkm gacha bo‘ladi. 
Kolloid eritmalar zollar deb ataladi. 
Kolloid va chin eritma zarrachalarining kattaligi turlicha ekanligidan foydalanib, ularning aralashmasini 
tarkibiy kismlarga ajratish oson. Buning uchun mayda g‘ovaklaridan kolloid zarrachalar o‘ta olmaydigan va 
faqat molekula hamda ionlar o‘tadigan g‘ovak membrana (pergament kogoz, maxsus plyonkalar va boshqalar) 
tanlab olinadi. 

Download 257.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling