1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi


Frazeologik birikmalarda lingvo-madaniy xususiyatlarning ifoda etilishi


Download 67.03 Kb.
bet12/28
Sana18.12.2022
Hajmi67.03 Kb.
#1029682
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH

16.Frazeologik birikmalarda lingvo-madaniy xususiyatlarning ifoda etilishi
Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo’lagini aks ettiruvchi so’zlar, frazeologik birliklar, so’z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko’rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o’sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o’zining mazmun va ifoda planiga ega bo’lishi bilan farq qiladi, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko’rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, “lingvokulturema” tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali,Lingvomad aniy tahlil ijtimoiy hayot darajasining tildagi aks etishini o’rganishda ham aktiv qo’llaniladi. Jumladan, tildagi frazeologik birliklar til egasi hisoblangan xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va tarkibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus, o’zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu borada bir qancha o’quv qo’llanmalar yaratilgan. “Zero til – madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko’rinishida, ya’ni so’zlar vositasida ifoda etadi”. Frazeologik birlikning lug’aviy ma’nosi birdan ortiq bo’lsa, xuddi leksemalarda qilinganidek, bosh ma’no va hosila ma’no belgilanadi. Masalan, jar solmoq frazeologik birligi “jarchi vositasida eshittirmoq” ( bu eski ma’noga aylangan), “keragidan ortiq darajada bo’rttirib xabar tarqatmoq” ma’nolarini anglatadi. Shuningdek, ingliz tilidagi to make a getaway frazeologik birligi “ jinoyat sodir etgandan so’ng qochish”, va “ zerikarli siyosiy tuzumdan qochish” ma’nolarini anglatadi. Birinchisi − bosh ma’no, ikkinchisi − shundan o’sib chiqqan hosila ma’no. Shuningdek, lug’aviy ma’noning taraqqiy etishi frazeologik birliklarga ham xos hodisadir. Hozirgi o’zbek va ingliz frazeologik birliklarida lug’aviy ma’no asosan metafora yo’li bilan ko’chirish natijasida taraqqiy etgan.

Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling