1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi
Omonimlarning leksik-semantik hususiyatlari
Download 67.03 Kb.
|
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH
15. Omonimlarning leksik-semantik hususiyatlari
Omonimlarning tasnifi: Mashhur ingliz leksikologi Uolter Skitning nuqtai nazariga ko‘ra omonimlarning tasnifini keltiramiz1). Batafsilroq tasnifni I.V. Arnold. U faqat mukammal omonimlarni tasniflab, ularni tasniflashning to‘rtta mezonini taklif qildi: leksik ma’no, grammatik ma’no, asosiy shakl va paradigmalar. Omonimlar (omo ... va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. Omonimning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi. Omonimning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigan soʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (tur,bosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa Omonim bir yoki bir necha soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliq yoki mutlaq Omonim deyiladi (chang — gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa turkumlariga mansub soʻzlar notulik Omonim boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi, qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli). Omonim bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan soʻzlar: olma—olma, tom (uy tomi) — tom (kitob tomi) va boshqa hamda omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan soʻzlar: yetti (son) — yetdi (feʼl); yot (begona) — yod (xotira) va boshqa Omonimiyaning mazkur barcha koʻrinishlariga mansub soʻzlar maʼnosi asosan matn orqali bilinadi. Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling