1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi


So‘z boyligini oshirishda so‘z yasashning o‘rni


Download 67.03 Kb.
bet9/28
Sana18.12.2022
Hajmi67.03 Kb.
#1029682
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH

12. So‘z boyligini oshirishda so‘z yasashning o‘rni. So‘z yasalishi asosining mohiyatini belgilashda quyidagi ikki narsaga asoslanish kerak bo‘ladi: 1) yasama so‘z umuman so‘z (leksema)dan emas, balki uning muyayan ma’nosi asosida yasaladi. Masalan, harakatchan so‘zi harakat so‘zining ma’nosi asosida –chan so‘z yasovchi morfemasi yordamida yasaladi. Ana shu ma’no harakatchan yasama so‘zi ma’nosining yuzaga kelishi uchun asos ma’no hisoblanadi. Bu yasama so‘z tarkibida harakatchan so‘zi va uning ma’nosi shunday xususiyatga (mohiyatga) ega ekan, bu so‘zning ma’nosi ham mustaqil ma’no hisoblanmaydi. Bu esa harakatchan so‘zi tarkibida “harakat”ni mustqail birlik, ya’ni so‘z (ot) hisoblashga yo‘l qo‘ymaydi. Demak, harakatchan yasama so‘zi tarkibidagi “harakat”ni so‘z yasash asosi deyish – shunday termin bilan yuritish, birinchidan, uning mustqail birlik emasligini qayd etsa, ikkinchidan so‘z yasalish asosi termini yasama so‘zning tarkibiy qismi ekanini aniq qayd etadi. Bu bilan harakatchan yasama so‘zining mohiyatini to‘g‘ri anglash, talqin etish osonlashadi. So‘z yasalish asosi yasama so‘zda yasama so‘z, hattoki qo‘shma so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. Lekin ular ham yasama so‘z tarkibida mustaqil birlik hisoblanmaydi, chunki har qanday yasama so‘zda so‘z yasash asosi bitta bo‘ladi.” “O‘zbеk tilidа so‘z yasаshning vоsitаlаri hаr хil bo‘lib, uning turlаri shundаy ko‘rinishlаrgа egа: 1) fоnеtik usul; 2) sеmаntik usul; 3) аffiksаtsiya (mоrfоlоgik) usuli; 4) kоmpоzitsiya (sintаktik) usuli. Olmosh o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. U – affiksatsiya va kompozitsiya usuli. Ko‘rsatish, belgilash-jamlash, gumon, bo‘lishsizlik olmoshlari sirasida yasalmalari ham mavjud. Shuningdek, o‘zga turkum so‘zlaridan derivatsiyaning boshqa ko‘rinishlari asosida ham olmosh vujudga kelgan: [birov], [butun], [yalpi], [jami], [falonchi] kabi. Affiksatsiya usuli gumon olmoshida uchraydi. Bu usul bilan asosan olmoshdan olmosh yasaladi.Yasash asosiga qo‘shilib, olmosh hosil qiluvchi affiksning so‘z yasash darajasi ham turlicha: [-alla], [-dir]. Bu affiksning har biri turli derivatsion qolip tarkibida olmosh yasaydi: [-alla+so‘roq olmoshi/narsa = 1) asosdan anglashilgan narsa/predmetning gumonligi] qolipi hosilalari quyidagicha: [allakim], [allanima], [allanarsa], [allakim], [allaqayer] kabi.

Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling