1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi
“Xursandchilik” konsepti va uning frazeologik birikmalarda ifodalanishi
Download 67.03 Kb.
|
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH
26. “Xursandchilik” konsepti va uning frazeologik birikmalarda ifodalanishi. O’zbek tilida so’z ma’nolarining ko’chishi ham hursandchilik konseptlarining paydo bo’lishiga, ularning turli xil ma’nolarda ifodalanishiga yordam beradi. Frazeologik birikmalarda bunday xursandchilik ma’nosini ifodalaydigan bir qator frazeologik iboralar mavjud. Xususan “Og’zining tanobi qochdi” deganda hursand bo’lgan odamning kayfiyatini, uning ko’rinishini, uning holatini ifodalsh uchun xizmat qiladi. “Boshi ko’kka yetdi” iborasi ham aynan xursandchilikni ifodalaydigan iboralardan biri hisoblanadi ya’ni xursand bo’lgan insonning kayfiyati bilan, ruhiyati bilan bog’liq hisoblanadi. Bu holatda xursand bo’lgan inson boshini ko’tarib, qaddini tik tutib xursandchiligini ifodalash uchun o’zini bemalol tutishi xolati nazarda tutiladi. Tilshunoslikda “Xursandchilik” konsepti xursandchilik ma’nosini ifodalovchi so’zlar, brikmalar, frazeologik iboralar mavjud. Frazeologik iboralar o‘z ma’nodoshlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan, ma’noni kuchli darajada ifodalaydi hamda ularda obrazlilikni yorqin aks ettiradi.Frazeologik iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh bo‘lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir. O’zbek tilshunosligida bunga bir talay misollar keltirish mumkin. “Xursandchilik” ma’nosini ifodalaydigan so’zlar boshqa so’zlardan o’zining ma’no ifodalarining ko’pligi, ma’no ko’chishining mavjudligi shuningdek serqatlamliligi bilan farqlanib turadi. “Og’zi qulog’ida” iborasi ham xursandchilik konseptini, xursandchilik ma’nosini ifodalashga hizmat qiladi. Bu iborada lingvistik jihatdan og’zi qulog’ida deganda ko’chma ma’no mavjud unda og’iz o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan asosiy holat nazarda tutiladi. Xech qachon insonni og’zi qulog’iga yetib bormaydi lekin kulganda, xursand bo’lganda labining chetki qismlarining ikki tomonga surilish holatlari yuzaga keladi shu holatni og’zi qulog’igacha yetib borar darajada hursand bo’ldi degan ma’noni ifodalash uchun ushbu iborasi ishlatiladi. Iboralar bu jihatdan serqatlamligi, serma’noligi, serqirraligi bilan boshqa nutq birliklaridan ajralib turadi: bahri dili ochildi – kayfiyati yaxshilandi; kayfi chog' - kayfiyati yaxshi; kayfi chog'liq qildi - xursandchilik qildi.
Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling