1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi


Komponent tahlilning tamoyillari va usullari


Download 67.03 Kb.
bet16/28
Sana18.12.2022
Hajmi67.03 Kb.
#1029682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH

20. Komponent tahlilning tamoyillari va usullari.
Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so‘zlarning ma`nolarini chuqurroq o‘rganishda qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil qilinadi. Masalan, chelak va butilka so‘zlarining senia tarkibini tahlil qilsak, chelak - aylana shaklda, qo‘l ushlagichi bor, oyog’i yo‘q, qopqoғi bor yoki yo‘q, bo‘yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka - oynadan qilingan, suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyoғi yo‘q idish hisoblanadi. Komponent tahlil asosida tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi mumkin.

24.Frazeologiya va so’z brikmalarini tarjima qilish muommolari.
Frazeologiyalar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda so’zlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qo’llanadi, yaʼni ularning tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas. Masalan anqoning urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq va boshqa. Frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayoni oson emas, chunki bu jarayon bir narsa uni oʻz ichiga kiritadi. Bular soʻzlarning turli xil bogʻlanishi, omonim, va frazeologik birliklarning sinonimi turli maʼnoni ifodalashi, polisemiya va boshqalardir. Frazeologiya atamasi ibora, bilim, tushuncha maʼnolarini ifodalaydi. Frazeologik birliklar til bilan birga paydo boʻlib, til bilan birgalikda rivojlanib kelgan. Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so’z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomi. Bulardan tashqari, frazeologik birliklarda muayyan xalqqa mansub uslubiy boʻyoqdorlik mavjudki, bu baʼzi tillarda uchramasligi ham mumkin. Frazeologiya va so’z brikmalarini tarjima qilish vaqtida vazifadosh, teng lingvistik birliklar ikki til oʻrtasida taqqoslab tanlanadi. Taqqoslash tamoyili oʻrtadagi oʻxshashlik va farqni koʻrsatib beradi. Bu tizimning baʼzi qismlari shaklan teng (qisman yoki butunlay), baʼzilarining esa muqobil varianti umuman topilmasligi mumkin. Tarjimada frazeologik muvofiqliklarning asosiy turlari quyidagilar:1) toʻliq mos kelish; 2) qisman mos kelish; 3) umuman mos kelmaslik. Toʻliq muvofiqlik, yaʼni ikki til frazeologik birliklarining ham shaklan, ham mazmunan toʻliq mos kelishi kamdan-kam uchraydi. M: To bring oil to fire — Olovga yog’ sepmoq. Stay-at-home - uyda o`tiradigan. Qisman muvofiqlik frazeologik birliklar oʻz ichiga leksik, grammatik farqlanishga, ammo maʼno va uslubiyatning oʻxshashligiga asoslanadi, yaʼni ular shaklan bir xil, ammo leksik tuzilishi, morfologik tartibi va uslubiy yasalishi jihatidan umuman boshqacha bo’lishi mumkin.

Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling