1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi
Frazeologik iboralarda «go‘zallik» konseptining ifodalanishi
Download 67.03 Kb.
|
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH
37. Frazeologik iboralarda «go‘zallik» konseptining ifodalanishi
Goʻzallik haqida juda koʻp nazariyalar, qarashlar, taʼlimotlar mavjud. Ularda Goʻzallikning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha, inson uchun foydali va kerakli narsalar goʻzaldir. Platon tasavvuricha, inson Goʻzallikni allaqanday estetik-ruhiy kayfiyat chogʻidagina idrok eta oladi. Uning taʼlimotiga koʻra, Goʻzallik narsa va predmetlarga xos boʻlmay, insonning voqelikka maʼnaviy-estetik munosabati natijasida tugʻiladigan gʻoya, tushunchadir. Aristotel, Didro fikriga koʻra, narsa va hodisalardagi uygʻunlik, mutanosiblik Goʻzallikni tashkil etadi. Inson narsa va hodisalarning goʻzal yoki xunukligini belgilashda meʼyor vazifasini oʻtaydi. Insoniy meʼyor Goʻzallikning asosidir. Kant Goʻzallik asosiga kishining narsa va hodisalardan begʻaraz zavq olishini qoʻyadi. Maʼrifatparvarlar Goʻzallik deb, insonning hayotda uygʻun ijtimoiy aloqalar oʻrnatishga boʻlgan intilishini tushunganlar. Gegel fikriga koʻra, tabiatdagi Goʻzallik dan sanʼat goʻzalligi mukammalroq, chunki unda timsol va gʻoya oʻzining mutlaq uygʻunligini topadi. Chernishevskiy taʼkidlashicha, hayot —Goʻzallikdir, inson hayoti, ehtiyoji va maqsadiga mos tushuvchi narsalar goʻzaldir. 19—20-asr jahon estetikasidagi turli falsafiy yoʻnalishlar vakillari ilgari surgan gʻoyaga koʻra, Goʻzallik inson ruhiyati, qalbi va maʼnaviyati bilan bogʻliq tushunchadir. Goʻzallik manbai —shaxs qalbidadir. Goʻzallik —inson vahodisalarni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida belgilovchi ijtimoiy, ijobiy va ijodiy tushunchadir. Goʻzallikni idrok etish shaxsning jamiyatda tutgan oʻrni, ongi, didi, dunyoqarashi va boshqa omillarga bogʻliq. Oʻzbek tilidagi "chiroyli" soʻzi estetik baho sifatida alohida buyum, narsa va shaxsni, koʻpincha tashqi belgilar va shakllarning mutanosibligi, uygunligini nazarda tutsa, Goʻzallik soʻzi inson ongidagi tushunchani, tasavvurni, idealni ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot natijasida har bir xalq oʻzining Goʻzallik ideali va tushunchasiga ega boʻladi. Bu tushunchalardagi mushtarak insoniy maʼnaviy jihatlar umumbashariy Goʻzallik haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Goʻzallik o’zida tabiat, jamiyat va insonga xos mushtarak xususiyatlarni qamrab olgan holda, muayyan sharoit va hodisalar bilan bogʻliq tarixiy, ijtimoiy, milliy va oʻziga xos jihatlarga ega boʻladi. “G’o’zallik”ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq,go’zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y berayotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar go’zalikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir. Tabiatdagi Goʻzallik koʻproq mutanosiblik, uygunlik, rang-baranglik singari zohiriy belgilar, sifatlar meʼyori bilan baholanadi; ijtimoiy hayotdagi Goʻzallik jamiyatning inson uchun yaratgan erkin va demokratik tamoyillari darajasi bilan oʻlchanadi; adabiyot va sanʼatdagi Goʻzallik ijodkorning original obrazlar, gʻoyalar kashfiyoti, badiiy maxrrati bilan belgilanadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go’zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga “Go’zallik nima?” degan savol qo’yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida “Nima go’zal?”degan javobini ko’ramiz. Shuning uchun ham odatda, go’zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go’zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog’liq bo’lmagan holda yuzaga keladigan go’zallik. Birinchisida aql, ruh va hissiyot ustuvor bo’lsa ikkinchisida makon va zamon salmoqli o’rinni egallaydi. Nafosat falsafasi go’zallikni bilishning mahsuli deb biladi. Chunki, voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go’zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero, inson nazari tushgan go’zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson go’zallik haqidagi dastlabki ma’lumotni 5ta sezgining eng rivojlangan turi bo’lmish ko’rish sezgisi orqali o’zlashtiradi, undan so’ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go’zallik anglanadi hamda his etiladi. Goʻzallik—estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, tuygʻulari hosil qilishga qodir boʻlgan xususiyatlarini ifodalaydi. Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling