1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?


Download 91.32 Kb.
bet3/13
Sana04.04.2023
Hajmi91.32 Kb.
#1323546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-mavzu

Tarbiya maqsadi va vazifalari. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.

Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi; eng oddiy harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi

Maqsadsiz ma’lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.


Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.
Tarbiya jarayoni umumiy ijtimoiy maqsadni hal etishga yo‘naltiriladi va aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etishda hal etiladigan vazifalar tizimidir.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab ob’ektiv sabablar etakchi rol o‘ynaydi. Organizmning fiziologik etilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasining etakchi g‘oyalari bo‘lib qolaveradi.
SHaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.

Download 91.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling