1. Tayanib sakrash Tayanmay sakrash yugurib kelib balandlikka sakrash


Download 101.35 Kb.
bet7/7
Sana06.04.2023
Hajmi101.35 Kb.
#1332304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sakrashlar Tayanib Tayanmay

HATLAB SAKRASHNING RIVOJLANISHI
Uch hatlab sakrash – yengil atletikaning murakkab turi hisoblanadi. Bu sport turi yugurish va uchta ketma – ketlikda bajriluvchi elementlardan – «sаpchish», «qadam tashlash» va «sakrash»dan tashkil topadi.
Birinchi elementni («sаpchish») bajarish vaqtida sportchining tayanch – harakatlanish apparati yuklama zo’riqishini his qiladi, bunda tana og’irligidan 5 – 7 marta katta qiymatdagi, 1000 kg ga yaqin yuklama qayd qilinadi. Yugurish vaqtida sportchi tezlikni rivojlantiradi, bunda u 10,3 – 10,8 m/s qiymatdagi tezlik oladi. Dinamik zarbani engib o’tish bilan bog’liq holatda va itarilish vaqtida harakat yo’nalishi o’zgarishiga bog’liq sakrashning har bir elementida sportchi 0,6 – 0,8 dan 0,9 – 1,5 m/s gacha tezlik qiymatini yo’qotadi va uchinchi element («sakrash») bor – yo’g’i 8,0 – 8,5 m/s qiymatdagi tezlikda amalga oshiriladi. Jismoniy jihatdan tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik darajasi bo’yicha individual xususiyatlardan kelib chiqqan holatda, har bir sportchi tomonidan yugurish masofasini 35 metrdan 45 metrgacha tanlanadi. Shuningdek, alohida elementlarning ya’ni, «sаpchish» + «qadam tashlash» + «sakrash» uzunlik masofasi nisbatlari o’zaro farqlanadi. Shunday qilib, tezlik sifati ustunlik qiluvchi sportchilarda jismoniy tayyorgarlik darajasi holatida bu qiymat 33 + 31 + 36%ni tashkil qilishi, kuch sifati ustunlik qiluvchi sportchilarda esa – 37 + 32 + 31% va «universal» sportchilar uchun – 38 + 30 + 32%ni tashkil qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
bo’yicha Olimpia chempioni hisoblanadi.
YUGURIB KELIB BALANDLIKKA SAKRASHNING RIVOJLANISHI
Balandlikka sakrash sport musobaqalari turi sifatida juda qadimdan ma’lum hisoblanadi. Ushbu yengil atletika sport turining rivojlanishi sakrash texnikasining evolyustiyasi bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi

Balandlikka sakrash usullarining evolyustiyasi
Dastlab, to’g’ridan – to’g’ri yugurib kelib, oyoqlarni yig’ib sakrash usuli mavjud bo’lgan (36.1a – rasm). Bu usul nisbatan samarali bo’lib, bunda oshib o’tiluvchi planka sakrovchining OSMT uchish traektoriyasi yuqorigi nuqtasidan 35 – 40 sm pastda joylashishi mumkin. «Hatlab o’tish» usuli (36.1b – rasm) sakrash texnikasi rivojlanishida oldinga sezilarli qadam tashlash bilan amalga oshiriladi. Planka orqali siltanuvchi va itariluvchi oyoqlarning ketma – ketlikda o’tkazilishi hisobiga sportchilar OSMT dan 20 – 25 sm quyida joylashgan balandlikni zabt eta olishlari mumkin. Sakrashning bu usuli deyarli 30 yil davomida etakchi sifatida o’rin tutgan. Bu usuldan birinchi dunyo rekordchisi R.Maychl foydalangan (167,6 sm, Angliya, 1064 yil).
Download 101.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling