1. Vagon prototipining tavsifi


Download 1.34 Mb.
bet6/9
Sana28.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1022533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Babajanov Munisbek TVV-3 Polvagon 12-119

6.3 – rasm. Vagonlarni ikkita silindrik podshipniklari bo‘lgan shaybali ko‘ndalang mahkamlangan buksali uzeli [5]

Silindrik podshipniklari bo‘lgan buksa uzellarida ichki halqalarni montajida temir yo‘l amaliyotida birinchi marta o‘q bo‘yinchasini va podshipniklarni ichki halqalarini o‘rnatishli joylarida korroziya hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida Tp o‘rniga yanada kuchlangan Gp o‘rnatish qo‘llanilgan, shuningdek 40 – 65 mkm oralig‘ida o‘rnatishga natyagni ta’minlash uchun o‘qlar bo‘yinchasiga ichki halqalarni seleksiya (tanlash) tadbiq etilgan.


Buksalarni germetikligini ta’minlash uchun labirintdagi radial oraliq 0,8 mm dan oshmasligi, yangi buksa korpusidagi teshikka yuqorigi qo‘l qo‘yilganlik chegarasi tashqi halqalarni yanada zich o‘rnatishi uchun 0,07 mm belgilangan.
Rolikli podshipniklari bo‘lgan yuk vagonlarida telejka ramasi bevosita buksaga tiraladi. Buning uchun so‘nggilari yon tomonlaridan maxsus o‘yimlarga ega, bu esa podshipniklar ishlash sharoitini yaxshilaydi. Buksani yo‘naltiruvchilari va telejka jag‘lari bo‘ylab orasidagi oraliq 1 dan 8 mm gacha va ko‘ndalangiga – 10 dan 16 mm gacha bo‘ladi.
Buksa korpusi g‘ildirak juftlarini vagonning bo‘yi va eniga siljishini chegaralaydi, o‘q bo‘yinchasi va podshipniklarni ifloslanishdan hamda atmosfera ta’siridan saqlaydi, shuningdek moy uchun rezervuar hisoblanadi. YUk vagonlarini buksa korpusi yaxlit, labirint qismi presslab o‘rnatilgan yoki olinadigan orqa qopqoqli bo‘ladi.
Ichki diametrlari 280 va 300 mm bo‘lgan yuk vagonlarini buksalari yaxlit korpusga ega, korpusi olinadigan orqa qopqoqli qilingan 1958 yilda qurilgan vagon guruhlari bundan mustasno. Ko‘plab ishlab chiqarilgan ichki diametri 250 mm bo‘lgan buksa korpusi hozirda yuk vagonlarida qo‘llanilmoqda hamda korpusi yaxlit
tayyorlanadi va labirint qismi presslab o‘rnatilgan bo‘ladi (6.4 – rasm). Buksani old qismi olinadigan– mahkamlash va ko‘rish qopqoqlariga ega yoki ulardan bittasi – mahkamlanadiganiga ega bo‘ladi.
Mahkamlash qopqog‘ini mahkamlash uchun buksa korpusi diametri 22 mm bo‘lgan teshiklarga ega: yuk vagon buksalarida ular to‘rtta.
Podshipniklarni o‘rnatish ostiga buksa korpusini ichki tomoni silindrik tekislangan yoki o‘tkirlangan yuzaga ega. Buksa zichligi labirint halqasi va buksa korpusida joylashgan labirintlardan tashkil topgan. Buksa korpusining labirint qismi labirint halqasi ko‘rinishiga, avval qo‘llanilgan yupqa namatli halqa uchun ariqcha yoki chuqur moyli ariqchaga ega, buni natijasida buksadan moy oqib ketmasligi va unga tashqaridan iflosliklar tushishini oldini oluvchi zichlik hosil bo‘ladi.
a) b)

8.4 – rasm. Yuk (a) va yo’lovchi (b) vagon eravachasidagi buksa korpusi i passajirskix vagonov.



Buksa korpusini o‘yimsiz labirintli qismi namatli halqa ostida uchta moyli ariqchaga va to‘rtt uzaytirilgan kameralar, zichligi bilan esa – avval qo‘llanilgan yupqa namatli halqa uchun, shuningdek ikkitadan uzaytirilgan va qisqartirilgan kameralarga va ikkita moyli ariqchaga ega.
Buksa korpusi 15J11, 20L1, 25L1 (GOST 977 - 65) markali marten po‘latidan (yoki elektropo‘latdan), GOST 88 – 55 bo‘yicha I guruh po‘latidan yoki avtossepkalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan AMг-6 (GOST 4784 - 65) alyumin
markasidan quyma tayyorlanadi. 25Л1 markali po‘latdan quyma tayyorlashda uglerod 0,25% dan oshmasligi kerak. Korpusni barcha quymalari mayda donachali strukturani olish va ichki kuchlanishlarni bartaraf etish uchun termik ishlovga duchor qilinadi, shundan keyin ularni texnik talablarga javob beruvchi xolatga keltiriladi.
Buksa uzellari vagonni yurish qismiga kiradilar. Ular o‘q bo‘yinchasiga vagondan brutto og‘irlik kuchini uzatilishini hamda bir vaqtni o‘zida moy va moylash uskunalarini joylashtirish uchun idish hisoblanadi.
Buksa uzeli ressorlanmagan va vagon harakatlanganda rels izlaridan vujudga keluvchi dinamik yuklamalarni qattiq qabul qiladi. Brutto og‘irligidan doimiy ta’sir qiluvchi yuklamalardan tashqari, buksa uzeli rels kesishmasi bo‘yicha g‘ildirakni o‘tishidan, poezd tormozlashi vaqtida silkinishlardan, egri izli uchatkalardan o‘tishda markazdan qochma kuch ta’siridan ancha sezilarli zarblarga duchor bo‘ladi.
Vagonlarning buksa uzellari podshipniklarning tipi va konstruksiyasi bo‘yicha tasniflanadi. Podshipniklarni tipi bo‘yicha ular ikki guruhga bo‘linadi: tebranish podshipnikli buksa uzellari va sirpanish podshipnikli buksa uzellari. Tebranish podshipnikli buksa uzellari silindrik va sferik rolikli podshipniklarga bo‘linadi. MDH
davlatlari temir yo‘llarida faqat silindrik va sferik rolikli podshipniklari bo‘lgan buksali uzellari qo‘llaniladi. 1964 yildan yangi vagonlar sferik podshipniklar bilan ishlab chiqarilmaydi, hamda ularni ishdan chiqish holati bo‘yicha ular silindrik podshipniklarga alishtirilgan. Zamonaviy vagonning asosiy buksa uzeli – bu barcha tipdagi yuk vagonlari jihozlanuvchi silindrik rolikli podshipniklari bo‘lgan buksa uzelidir.
1982 yildan barcha yangi vagonlar faqat rolikli podshipniklarda ishlab chiqarilmoqda. Bu shu bilan tushuntiriladiki, rolikli podshipniklardagi vagonlar foydalanishda sirpanish podshipniklariga nisbatan yanada ishonchliroqdir. Rolikli podshipniklari bo‘lgan vagonlar buksasini qizishi bo‘yicha ajratib olish va poezdlarni
ushlanib qolishi sirpanish podshipniklarinikiga nisbatan birmuncha kam. Poezdlarni joyidan qo‘zg‘alishidagi solishtirma qarshiligi 7 – 10 marta, lokokmotivlar tomonidan yonilg‘i yoki elektr energiyasini sarfi esa – 10%ga kamayadi. Bulardan tashqari rolikli podshipniklarda poezdlar harakati tezligi va to‘xtovsiz uchastkalarni uzunliklarini oshishi imkoniyati tug‘iladi, bu esa temir yo‘llarning o‘tkazish qobiliyatini oshishiga va poezdlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar hajmini qisqartirishga olib keladi. Tebranish podshipnikli buksali uzellarda rangli metallar sirpanish podshipniklariga nisbatan ancha kam sarflanadi. SHunday qilib, tebranish podshipnikli buksa uzellari sirpanish podshipniklariga nisbatan eng yaxshi texnik sifatlarga ega.
Buksali uzellarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi: belgilangan xizmat muddatlari davomida mavjud foydalanish sharoitlarida ishning to‘xtovsizligi va uzoq davomiyligi; og‘irligining kichikligi; detallarining o‘zaro almashinuvchanligi va unifikatsiyasi; ta’mirlashda zellarining montaj va demontajini bajarilishining soddaligi va buksa uzelining yaxshi germetikligi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling