1. Vagon prototipining tavsifi
Loyihalashtirilayotgan vagon detalining tavsifi
Download 1.34 Mb.
|
Babajanov Munisbek TVV-3 Polvagon 12-119
8.Loyihalashtirilayotgan vagon detalining tavsifi
Vagon G‘ildirak juftlari telejkalar bilan podshipniklar yordamida birlashtiriladi G‘ildirak juftlari o‘qlarining bo‘yinchalariga ichki halqalar, tashqilari esa – telejka ramalariga nisbatan qo‘zg‘almas qilib mahkam o‘rnatiladi (8.1 – rasm).
Modshipniklar moyda ishlashi kerak, shu bilan birga moy bunda toza bo‘lishi kerak. SHuning uchun barcha texnik qurilmalarda podshipniklarni moy bilan to‘ldirilgan va atrof muhitdan germetik ajratilgan qandaydir o‘yimga yoki qutiga joylashtiriladi. Xususan aytganda, bunday qutilar podshipniklar va moy bilan birgalikda vagon buksalari deb ataladi. Aylanuvchi va qo‘zg‘almas qismlarning birlashuvi funksiyasidan tashqari, buksa uzellari yana bir qator muhim quyidagi vazifalarni bajaradi: o‘q bo‘yinchalariga vagon kuzovidan yuklamalar uzatilishini ta’minlaydi va telejkaga nisbatan g‘ildirak juftining bo‘ylama va ko‘ndalang siljishini chegaralaydi; g‘ildirak juftlari bilan birgalikda ular vagon yurish qismining eng mas’uliyatli elementlari bo‘lib, vagon harakatida vaqtida vujudga keluvchi rels izlaridan dinamik yuklamalarni mustahkam qabul qiluvchi hisoblanadi; brutto og‘irligidan doimiy ta’sir qiluvchilardan tashqari, buksa uzeli rels kesishmalari bo‘ylab g‘ildiraklarni o‘tishida, poezdni tormozlash vaqtida urilishlardan yoki vagonlarni tepaliklardan qo‘yib yuborilishida g‘ildiraklarni yumalashidan, izlarni egri uchastkalaridan o‘tishida markazdan qochma kuch ta’siri va boshqalarda anchagina zarblarga duchor bo‘ladi. Buksa uzellariga qo‘yiluvchi asosiy talablariga quyidagilar kiradi: o‘rnatilgan xizmat muddati davomida foydalanish sharoitida mavjud to‘xtovsiz ishlashi va ishining ko‘pga chidamliligi; uncha katta bo‘lmagan xususiy massasi; detallarni o‘zaro almashinuvchanligi va unifikatsiyasi; uzellarni ta’mirlashdagi montaj va demontajini bajarilishidagi soddalik va buksa uzellarining yaxshi germetikligi. Buksa uzellaridan yo‘lovchi va yuk vagonlarida ko‘plab jihozlash uchun namunaviysi sifatida gabarit o‘lchami 130x250x80 mm (bunda 130 – o‘q bo‘yinchasi diametri, 250 – podshipnikni tashqi diametri, 80 – podshipnik eni) bo‘lgan qizdirib (vtulkasiz) o‘rnatishli ikkita silindrik rolikli podshipniklari qabul qilinganligi adabiyotda keltirilgan (6.2 – rasm). O‘q bo‘yinchasi galteli yonida joylashgan podshipnik orqa, ko‘ndalangida joylashgani esa – old podshipnik deb ataladi. 8.2 – rasm. Ikkita silindrik rolikli podshipniklarni o‘rnatishli va ko‘ndalangiga gaykali mahkamlangan yuk vagonlarini buksali uzeli: 1 – o‘q bo‘yinchasi; 2 – labirintli halqa; 3 – ichki halqa; 4 – ichki halka; 5 – buksa korpusi; 6 – podshipnik bloki; 7 – podshipnik bloki; 8 – tayanch halqa; 9 – yonlama M110 gaykasi; 10 – stoporli planka; 11 – shaybasi bilan M12 boltlari; 12 – zichlashtiruvchi halqalar; 13 – mahkamlash qopqoqlari; 14 – rezinali prokladka; 15 – ko‘rik qopqog‘i; 16 – sim; 17 – shaybasi bilan M20 boltlari; 18 – shaybasi bilan M12 boltlari. Buksali uzelni qabul qilingan variantining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, podshipniklarni bir biriga orasliq masofali halqasiz zich o‘rnatilishi hisoblanadi. Buksani zichlashtirish labirint halqasi va buksa korpusida joylashgan labirintlardan tashkil topgan. Yuk vagonlari buksalarida roliklar va buksa korpusi shipi tashkil etuvchisi bo‘ylab oraliqda yuklamalar yaxshiroq taqsimlanishini ta’minlash uchun podshipniklarning o‘qlari bo‘ylab joylashgan mustahkamlik qovurg‘alari kiritilgan bo‘lib, roliklarning chetlarida va ichki halqalar o‘ta yuklanishlarini bartaraf etish uchun, qovurg‘alarni tayanch yuzasi uzunligi 110 mm o‘lcham bilan chegaralangan. Yuk vagoni buksasini korpusi old va orqa podshipniklar orasida yuklamalarni yanada teng taqsimlanishi uchun presslangan labirint qismiga ega. Buksada podshipniklarni masofaviy halqalarsiz o‘rnatilishi o‘q bo‘yinchasini qisqartirish va unda roliklari hamda halqani tashkil etuvchisi bo‘ylab kuchlanishni taqsimlanishida egilishga zararli ta’sirni kamaytirish imkonini beradi. Bulardan tashqari, podshipniklarning bunday o‘rnatilishi o‘q bo‘yinchasi mustahkamligini oshirish hamda buksa uzelini kichik massada olish uchun ratsional hisoblanmaydi. Buksa uzellarini yonlama mahkamlanishi buksa uzellarida 9 gayka orqali amalga oshiriladi. Yuk vagonlari buksalarini bir qismi podshipniklarining shaybali mahkamlanis higa ega (8.3 – rasm). 6.3 – rasm. Vagonlarni ikkita silindrik podshipniklari bo‘lgan shaybali ko‘ndalang mahkamlangan buksali uzeli 1 –buksa korpusi; 2 – issiq o‘rnatishli rolikli 232726JI1 old podshipnik; 3 – issiq o‘rnatishli rolikli 42726JI orqa podshipnik; 4 – labirintli halqa; 5 – zichlashtirish halqasi; 6 – mahkamlash qopqog‘i; 7 – ko‘rish qopqog‘i; 8 –M12X35 boltlari; 9 – ko‘ndalang shayba; 10 – stoporli shayba; 11 – shaybani mahkamlovchi M20X60 boltlar. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling