10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya


Zaharlovchi modda bug‘larining xavflilik darajasi ko‘rsatgichi


Download 354.27 Kb.
bet10/11
Sana06.11.2023
Hajmi354.27 Kb.
#1751509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
АКИ амалий 10 машгулот 11

Zaharlovchi modda bug‘larining xavflilik darajasi ko‘rsatgichi



Indikator naychalarning belgisi

Aniqlanadigan zaharlovchi modda

Indikator naychalar qog‘oz kasetasida ko‘rsatilgan konsentratsiyasi mg/l

Xavflilik darajasi

Bitta qizil xalqa va nuqta

Zarin, zoman, V-gazlari

Juda xavfli (0,00005 va undan yuqori)

Gazniqob kiymasdan yurish mumkin emas

Xavfli (0,00005 dan kam– 0,0000005 dan yuqori)

Gazniqob kiymasdan faqat 10 daqiqa yurish mumkin

Xavfi kam (0,0000005 dan kam)



Kiymasdan 5-6 soat yurish mumkin

Bitta sariq xalqa

Iprit

Xavfli (0,002-0,003)

Gazniqob kiymasdan 15 daqiqa yursa bo‘ladi, terini himoya qiluvchi vositalarni kiymasdan 1 soatgacha yursa bo‘ladi

Juda xavfli (0,01)

Gazniqobsiz 15 daqiqa bo‘linsa og‘ir zaharlanish ro‘y beradi.

O‘ldiradigan darajada (0,03)

Gazniqob kiymasdan 2-5 daqiqa o‘lim ruy beradi. Terini himoya qiluvchi vositalarni kiymasdan yurilsa, og‘ir zaharlanishga olib keladi.

Uchta yashil xalqa

Fosgen, difosgen

O‘ldiradigan darajada xavli (1,5-3,0)

Gazniqob kiymasdan 2-5 daqiqa bo‘lganda o‘lim ro‘y beradi.

Sianid kislota

Xavfi kam (0,005-0,01)

Gazniqob kiymasdan 1 soat yursa bo‘ladi.

Juda xavfli (0,1-0,2)

Gazniqobsiz 15 daqiqa bo‘linsa og‘ir zaharlanish ro‘y beradi.

O‘ldiradigan darajada (0,4-0,8)

Gazniqobsiz 5 daqiqa yurganda o‘lim ro‘y beradi.

Xlor sian

Xavfli (0,005-0,01)

Gazniqobsiz 15 daqiqa yurish mumkin emas

Juda xavfli (0,1-0,2)

Gazniqob kiymasdan 15 daqiqa bo‘lganda og‘ir zaharlanish ro‘y beradi.

O‘ldiradigan darajada (0,4-0,8)

Gazniqob kiymasdan 5 daqiqa yurilganda o‘lim ro‘y beradi.



Havodagi iprit zaharlovchi moddasnni aniqlash. Bitta sariq xalqasi bor indikator naycha olinadi, naychaning ikkala tomoni ochilib, naycha nasosga qo‘yiladi va 60 marta indikator naycha orqali so‘riladi. Naycha nasosdan olinadi va bir daqiqa o‘tkazib to‘ldirgich rangining o‘zgarishi kuzatiladi va kasseta qog‘ozidagi etalon bilan solishtirib ko‘riladi. SHuni esda tutish kerakki, iprit zaharlovchi moddasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan indikator naychaning to‘ldirgichiga reaktiv kiritilgan bo‘ladi. Havoda iprit zaharlovchi moddasi bo‘lsa, unda to‘ldirgichning rangi qizil rangga kiradi.
Havodagi fosgen, difosgen, sianid kislota va xlorsian zaharlovchi moddalarini aniqlash. Uchta yashil halqasi bor indikator naycha olinadi, naychaning ikkala tomoni ochiladi. Ampula ochgich yordamida indikator naychadagi reaktiv moddasi bor ampula sindiriladi, So‘ngra naychaning belgili tomonini yuqoriga qilib nasos kollektoriga qo‘yiladi. Nasosga indikator naycha qo‘yilishidan oldin, ichidagi ampula sindirilgandan so‘ng silkitiladi. Indikator naycha orqali 15-20 marta havo so‘rib olinadi va indikator naychadagi to‘ldirgich qavatlarining rang o‘zgarishi kuzatiladi.
Paydo bo‘lgan rang kasseta qog‘ozdagi etalon bilan solishtirib ko‘riladi va zaharlovchi moddaning havodagi taxminiy konsentratsiyasi aniqlanadi. Agarda havo tarkibida fosgen, difosgen zaharlovchi moddasi bo‘lsa, indikator nay-chadagi to‘ldirgichning yuqoridagisi o‘z rangini yashildan havo ranggacha o‘zgartiradi. Havo tarkibida sianid kislota va xlorsian zaharlovchi moddalari bo‘lsa, unda pastdagi to‘ldirgich o‘z rangini qizil rangdan malina rangigacha o‘zgartiradi.
Havodagi vodorod arsenit moddasni aniqlash. Ikkita qora halqasi bor indikator naycha olinadi, ikkala tomoni ochiladi va nasosga indikator naychaning belgisi bor tomonini yuqoriga qaratgan holda o‘rnatiladi. Indikator naycha orqali 15 marta havo so‘rib olinadi va indikator naychadagi to‘ldir-gichning rang o‘zgartirshii kuzatiladi. Agar havo tarkibida vodorod arsenit moddasi bo‘lsa, naychadagi to‘ldirgichning rangi sariq rangdan jigar rangacha o‘zgaradi, paydo bo‘lgan rang qog‘oz kassetadagi etalon bilan solishtirib ko‘riladi va havodagi konsentratsiyasi aniqlanadi.
Erdagi va boshqa ob’ektlardagi zaharlovchi moddalarni aniqlash. Joylar va har xil buyumlardagi zaharlovchi moddalarni aniqlash uchun uchlik nasadkadan foydalaniladi. Nasosga uchlik ulanadi va kerakli indikator naychaning ikkala tomoni ochilgandan so‘ng nasosga ulanadi, uchlikning himoya qopqog‘i yopiladi. Uchlik tekshiriladigan yuzaga bosiladi va havo 50-60 marta indikator naycha orqali so‘rib olinadi. Indikator naycha rangining o‘zgarishi kuzatiladi va etalon rang bilan solishtirib ko‘riladi. Bu usul bilan buyumlar va erning zaharlovchi moddalardan zararlanishi taxminan aniqlanadi. Zaharlovchi moddalardan ushbu ob’ektlar zararlanganligini to‘liq aniqlash uchun ushbu ob’ektlardan namuna olinadi va laboratoriyaga yuboriladi.
YArim avtomat kimyoviy raevedka asbobi (PPXR) bilan maxsus razvedka mashinalari jihozlanadi. Asbob yordamida havo tarkibidagi zarin, zoman, V-gazlari, fosgen, difosgen, sianid kislota, xlorsian, iprit zaharlovchi moddalari ning bug‘lari aniqlanadi. SHuning bilan birga joylardagi, jangovar texnikadagi va boshqa buyumlardagi zaharlovchi moddalarni taxminan aniqlash mumkii.
PPXR asbobiniig ishlash qoidasi indikator naychalari orqali tekshirilayotgan havo so‘rib olinganda havo tarkibida zaharlovchi modda bo‘lishiga, indikator naychaning ichidagi to‘ldirgich rangi o‘zgarishiga bog‘liq. To‘ldirgichning rangi o‘zgarishiga qarab, havodagi zaharlovchi modda kon-sentrayaiyasini taxminan aniqlash mumkin.
Indikator naycha orqali so‘rib olinadigan tekshiriladigan havo rotatsion nasos yordamida so‘rilib olinadi. Rotatsion nasos ishini 12-14V doimiy tok manbai yordamida ishlaydigan elektrodvigatel ta’minlab turadi. (5-6 marta VPXR nasosi yordamida havo so‘rish, PPXR havo nasosining 10-15 soniya ishlashiga, 50-60 marta VPXR nasosi yordamida havo so‘rish esa PPXR havo nasosining 1 daqiqalik ishlashiga teng). Asbob kerakli ehtiyot qismlar bilan jihozlangan hamda vibratsiyaga chidamli va ichiga chang, nam kirmaydigan qilib ishlangan, og‘irligi 2,2 kg.
Asbob bilan ishlayotgan vaqgda har 20 daqiqada rotatsion havo nasosini yog‘lab turish lozim, buning uchun asbobni o‘chirib, 15-20 soniya davomida kollektorni pastga qilib, yog‘ kamerasini tugmasini bosgan holda ushlab turish kerak.
Nasosning ishga yaroqliligini tekshirib ko‘rish uchun baraban kollektorining "P" holatini nasosning sirtqi qoplamasidagi chiziq bilan birlashtirish zarur. Nasosning o‘chirgich tugmasini "VK" holatiga (oxirigacha bosish) va kollekgorni pastga vertikal holatga keltirish kerak, so‘ngra rotametr pufakchasini kuzatish kerak bo‘ladi. Agar havo nasosi me’yorda ishlasa, rotametr pufakchasi) tekis sirti bilan nazorat chizig‘i to‘g‘risida yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.
GSA-12 RUSUMLI AVTOMAT GAZ SIGNALIZATORI
GSA-12 rusumli avtomat gaz signalizatori havodagi fos-fororganik zaharlovchi modda bug‘larini uzluksiz ravishda aniqlashga mo‘ljallangan (54-rasm).
Ushbu asbob GSP-11 rusumli avtomat gaz signalizatori o‘rniga ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu asbob ishlatishga chidamli va havo tarkibidagi zaharlovchi modda bug‘larinn aniqlashga juda sezgir qilib tayyorlangan.
GSA-12 asbobi avtomobil borti toki manbai yordamida ishlaydi. Agar havoda zaharlovchi moddaning bug‘i aniqlansa, 4,5 daqiqadan so‘ng yorug‘lik va tovush chikarish signallari yordamida xabar beradi. Asbob ikki tartibda ishlashi mumkin.

PPXR rusumli asbobning umumiy ko‘rinishi. 1-kollektor isitgichi bilan; 2-asbobning nasos bloki va indikator naychalarni ochgich moslama; 3-o‘chirgichlar bloki.



Download 354.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling