10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya
SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI
Download 354.27 Kb.
|
АКИ амалий 10 машгулот 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- TERINI HIMOYALOVCHN SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI
SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI
Shaxsiy himoya vositalari filtrlovchi va ajratuvchi gazniqoblar, respiratorlar va terini himoyalovchi vositalar—himoyalovchi kompleks kiyimlar, kostyumlar, kombinezon va boshqalarga bo‘linadi. Bularning barchasi nafas a’zolarini, ko‘zni va teri qavatlarini radiofaol, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar ta’siridan saqlaydi. Ularning hammasi o‘zining himoyalash xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni himoyalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo radiofaol, zaharlovchi moddalar va biologik vositalardan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning himoyalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Nafas olish uchun kerak bo‘lgan havo pnevmatogen yoki pnevmatofor usulda ishlaydigan kislorod apparatlari yordamida olingan bo‘ladi. Pnevmatogen kislorod apparatlaridan kerakli bo‘lgan kislorod miqdori reaksiyalar natijasida ajralib chiqadi (regenerativ patronlardan), pnevmatofor kislorod apparatlarida kerakli bo‘lgan kislorod ballonlarda siqilgan bosim ostida bo‘ladi. Foydalanilishiga ko‘ra hamma himoyalovchi vositalar quyidagilarga: umumqo‘shin, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi. Umumqo‘shin himoya vositalari bilan barcha zaruriy qismlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi. Maxsus himoya vositalari bilan tank, aviatsiya, kimyoviy qismlar, maxsus vazifalarni bajaradigan bo‘linmalar ta’minlanadilar. Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan himoya vositalari fuqarolar muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun aholini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Sanoatda ishlatiladigan himoya vositalari maxsus korxonalarda, qishloqxo‘jaligida va boshqa sohalarda zaharli kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda qo‘llannladi. TERINI HIMOYALOVCHN SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI Terini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari himoyalash xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Terini ajratuvchi himoya vositalari havo o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich yopiladigan va zich yopilmaydigan bo‘lishi mumkin. Zich yopiladigan vositalar kishi tanasini berkitadi va zaxarlovchi moddalarning bug‘i va tomchilaridan to‘liq himoya qiladi. Zich yopilmaydigan vositalar esa faqat tomchi holidagi zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu vositalar kishi terisiga bevosita radiofaol va biologik vostalar ta’siridan ham himoya qiladi. Terini ximoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip gaz-lamadan tayyorlangan bo‘lib, unga maxsus kimyoviy modda shimdiriladi. Bunda matoning havo o‘tkazuvchanligi saqlanib qoladi, zaharlovchi moddalar iplar orasidan o‘tayotgan vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Download 354.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling