10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya


Indikator naychalaridagi belgnlarnnng nfodalanishi


Download 354.27 Kb.
bet9/11
Sana06.11.2023
Hajmi354.27 Kb.
#1751509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
АКИ амалий 10 машгулот 11

Indikator naychalaridagi belgnlarnnng nfodalanishi
I

ndikator naychalar
zaharlovchi moddalarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Naychalarning uzunligi taxminan 8 sm ni tashkil qiladi. Ular shishadan tayyorlangan bo‘ladi. Ularning ichiga zaharlovchi moddalarni o‘ziga shimib oladigan to‘ldirgich (silikagel), ma’lum bir zaharlovchi moddani aniqlash uchun bitta yoki ikkita suyuq reaktiv bilan to‘ldirilgan kichkina ampula yoki ampulalar, paxta tampon, suyri (obtekatel) o‘rnatilgan bo‘ladi va uning ikkala tomoni kavsharlanadi. Indikator naychalari ma’lum bir zaharlovchi moddani aniqlash uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning har biriga turli rangdagi bir YOki bir nechta halqadan iborat belgi qo‘yiladi. Zaharlovchi modda bug‘larining xavflilik darajasi jadvalda ko‘rsatilgan.
Indikator naychalari qog‘ozli kassetalarga 10 ta dan qilib joylashtirilgan, unda qanday qilib foydalanish to‘g‘risida qisqacha qo‘llanma, rangli etalonlar va naychalarning yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Indikator naychalari va qog‘ozli kassetaga solingan indikatorlar to‘plami: 1-naychaning korpusi; 2-to‘ldirgich (silikagel); 3-paxta tampon; 4 — suyri (obtskatel), 5-reaktiv bilan to‘ldirilgan ampulalar; 6-naycha korpusiga chizilgan rangli belgi.




Havodagi fosfororganik zaharlovchi moddalarni aniqlash.
Avval zaharlovchi moddaning havodagi xavflilik darajasi aniqlanadi. Agar ijobiy natija olinmasa, shunda havodagi kam xavfli konsentratsiyasi aniqlanadi. Buning uchun qog‘ozli kassetadan ikkita qizil xalqali va nuqtasi bor indikator naychalari olinadi va ularning ikki tomoni ochiladi. Maxsus ampula ochgich yordamida ikkala indikator naychalarda joylashgan reaktiv ampulaning yuqoridagisi sindiriladi va ikkala indikator naycha to‘ldirgichga reaktiv modda tushushi uchun 2-3 marta qattiq silkitiladi. So‘ng tekshirish o‘tkaziladigan naychaning belgili tomonini yuqoriga qilib nasos kollektoriga qo‘yiladi va naycha orqali 5 — 6 marta havo so‘riladi. Namuna indikator naychadan havo so‘rilmaydi. Naycha nasosdan olinadi va indikator naychadagi ikkinchi reaktiv moddali ampula sindiriladi, naycha 1-2 marta silkitiladi. Namuna indikator naydagi reaktiv moddali ampula sindiriladi va 1-2 marta silkitiladi. To‘ldirgichdagi rangning o‘zgarishi kuzatiladi, bunda tekshirish uchun o‘tkaziladigan indikator naychadagi to‘ldirgichning yuqori qismi qizil rangga bo‘yala boshlaydi (namuna indikator naydagi to‘ldirgichning rangi sariq bo‘ladi), bu havoda zaharlovchi moddaning xavfli konsentratsiyasi borligidan dalolat beradi.
Agar ikkala indikator naycha to‘ldirgichlarining yuqori qismi bir vaqtning o‘zida sariq ranga bo‘yalsa, bu havoda zaharlovchi moddaning xavfli konsentratsiyasi yo‘qligidan xabar beradi.
Fosfororganik zaharlovchi moddaning havodagi kam miqdordagi konsentratsiyasi (5 x 10-7 mg/l)ni aniqlash uchun indikator naycha orqali 50-60 marta havo so‘riladi, ish tartibi yuqorida ko‘rsatilgandek olib boriladi. Zaharlovchi moddaning havodagi eng kam konsentratsiyasi 0,0000005 mg/l indikator naycha orqali aniqlanishi mumkin.



Download 354.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling