10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya


Terini himoya qiladigan ajratuvchi shaxsiy vositalarga


Download 354.27 Kb.
bet4/11
Sana06.11.2023
Hajmi354.27 Kb.
#1751509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
АКИ амалий 10 машгулот 11

Terini himoya qiladigan ajratuvchi shaxsiy vositalarga umumqo‘shin himoya to‘plami (OZK) yuradi. Terini himoyalovchi maxsus vositaga L-1 engil himoya kostyumi kiradi. OZK va L-1 kostyumi himoya ta’siri qoidasiga ko‘ra teri qavatlarini, formali kiyim-kechaklarni va oyoq kiyimlarini zaharlovchi moddalar, radiofaol moddalar va biologik vositalar ta’siridan ajratishga asoslangan bo‘ladi.
L-1 engil himoya kostyumi 3 o‘lchovda: bo‘yi 165 sm gacha bo‘lgan harbiy xizmatchilarga birinchi, 165 sm dan 172 sm gacha bo‘lganlarga — ikkinchi, 172 sm dan yuqori bo‘lganlarga uchinchi o‘lchovda tayyorlangan bo‘ladi.
L-1 engil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchui, zararlanmagan joyda formali kiyim-kechaklar ustidan kiyiladi. Ish qobiliyatini yaxshiroq saqlash uchun 10° S dan yuqori haroratda himoya kiyimi ichki kiyim ustidan, 0° S dan +10 0S gacha haroratda yozgi kiyim ustidan, 0° S dan past haroratda esa qishki kiyim ustidan kiyiladi.
Odamning badani kizib ketmasligi uchun umumxarbiy himoya tuplami, L-1 engil himoya kostyumi, himoya kombinezoni, plenkali himoya kostyumi kiyilganda kuyidagi ruxsat etilgan vaktga rioya qilish kerak:
+30S va undan yukori xaroratda……......15 – 20 daqiqa
+25S dan +29S gacha xaroratda…………30 daqiqagacha
+20S dan +24S gacha xaroratda…………40 – 50 daqiqagacha
+15S dan +19S gacha xaroratda…………1,5 – 2 soatgacha
+15S dan past xaroratda…………………3 soatdan ziyod


NAFAS OLISH A’ZOLARINI HIMOYALOVCHN VOSITALAR


Nafas a’zolarini himoyalovchi vositalarga filtrlovchi umumqo‘shin PMG (EO-18k), PMG-2 (EO-62k), PMK, PMK-2 (EO.1.08.01), PBF (EO-19E), ajratuvchi (IP-4, IP-5) gazniqoblar, respiratorlar (R-2) va qo‘l ostida bo‘lgan vositalar kiradi.
PMG, PMG-2, PMK, PMK-2, PBF rusumli umumqo‘shin filtrlovchi gazniqoblar nafas olish a’zolari, ko‘z va yuzni zaharlovchi, radiofaol moddalar va biologik vositalardan himoya qilishning asosiy vositalari bo‘lib hisoblanadilar. Bu gazniqoblar bilan barcha harbiy xizmatchilar ta’minlanadi.
Gazniqoblar filtrlovchi-yutuvchi quti, yuz qismi va xaltadan iborat.

Download 354.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling