10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya


Download 354.27 Kb.
bet6/11
Sana06.11.2023
Hajmi354.27 Kb.
#1751509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
АКИ амалий 10 машгулот 11

Kapiliyar kondensatsiya — bug‘simon zaharlovchi moddalarning suyuq holatga o‘tish jarayoni bo‘lib, bu jarayon yutuvchi vositaning g‘ovak kanalchalariga boradi va suyuq holatda saqlanib qoladi.
Jadvaddan ko‘rinib turibdiki, faollashgan ko‘mir yuqori molekulali zaharlovchi moddalarni (zarin, V-gazlari, iprit, lyuizit) yaxshi sorbsiyalash xususiyatiga ega. Fosgen, difosgenni yomon sorbsiyalaydi. Sianid kislota bug‘lari hamda is gazini deyarli sorbsiyalamaydi. Kichik mapekulali zazrrlovchi moldalarni ushlab qolish uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga katalizatorlar va kimyoviy yutuvchi vositalar ki-ritishta olib kelindi. Buning uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga kaliy permanganat, o‘yuvchi natriy, so‘ndirnlgan ohak kiritilgan bo‘lib, zaharlovchi moddalar bilan oksidlovchi va neytrallovchi reaksiyalarga kirishadi va buning natijasida zararsiz, kam uchuvchi moddalar hosil bo‘ladi.
Gazniqobning yuz qismi, shlemniqob rezinadan tayyorlanib quyidagi qismlardan: ikkita yirik ko‘zoynak, ko‘zoynaklar terlashini kamaytiruvchi ikkita obtekateldan iborat. SHlem-niqob gazniqob qutisida tozalangan havoni nafas olish a’zolariga etkazadi, shuningdek, yuz va ko‘zni radiofaol, zaharlovchi moddalar hamda biologik vositalardan himoya qiladi. Hozirgi vaqgda shlem-niqobning bir necha turi: SHMG (PMG),SHM-66Mu, SHM-62 (PMG-2),SHMB (PBF),M-80 (PMK) i MB-1-80 (PMK-2) mavjud Ko‘zoynaklar shishadan tayyorlangan bo‘lib, ular shlem — niqobga maxsus oboymalar yordamida mustahkamlangan. Bundan tashqari, terlamaydigan plenkani mustahkamlash uchun xizmat qiladigan qisqich halqa ham ko‘zoynak uzeli tarkibiga kiradi.
SHlem-niqob obtekatellarining vazifasi nafas olganda keladigan nisbatan sovuq havoni bevosita ko‘zoynaklarga etkazib berishdan iborat bo‘lib, mana shu tufayli oynaklarning terlash darajasi ancha pasayadi.
Klapan qutisi tunukadan tayyorlangan bo‘lib, nafas olinadigan va chiqariladigan havo oqimlarini taqsimlaydi. Birinchi kanali bo‘yicha nafas olinadigan havo shlem — niqobga o‘tadi, ikkinchisi yordamida nafas olingan havo tashqariga chiqariladi, Havo oqimi yo‘lidagi kanallarda nafas olinuvchi va nafas chga^riluvchi klapanlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Nafas olingan vaqgda nafas olinuvchi klapan ochilib, havo o‘tkaziladi, bunda ikkita nafas chiqaruvchi klapan mahkam bo‘lib berkiladi, nafas chiqarilgan vaqtda nafas oluvchi klapan mahkam berkiladi, nafas chiqaruvchi klapanlar esa ochilib, havoni tashqariga chiqaradi.

Download 354.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling