10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya
Filtrlovchi-yutuvchn quti
Download 354.27 Kb.
|
АКИ амалий 10 машгулот 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Absorbsiya
Filtrlovchi-yutuvchn quti nafas olinadigan havoni radiofaol, zaharlovchi moddalar va biologik vositalardan tozalash uchun xizmat qiladi. U silindr shaklida bo‘lib, qutining tagida nafas olinadigan havo kirishi uchun teshik bo‘ladi. Tozalangan havo qugi orkali o‘tib keladi. Filtrlovchi-yutuvchi quti mustahkam bo‘lishi uchun unda burama joylar bo‘ladi. Gazniqob uzoq vaqg saqlanishi zarur bo‘lgan vaqtda yoki suvdan o‘tayotgan vaqtda filtrlovchiyutuvchi qutining pastdagi teshigi rezina tiqin bilan berkitiladi. Qutining ichki qismi havo oqimi bo‘ylab tutunga qarshi filtr va maxsus ishlov berib faollashtirilgan ko‘mir solingan yutgich bilan ta’minlangan. Bu yutgich ko‘pincha shixta deb ataladi. Tutunga qarshi filtr — maxsus ingichka tolali asbest moddasi qo‘shib zichlangan qog‘ozdan iborat bo‘lib, filtrning yuzasini ko‘paytirish maqsadida qat-qat qilib buklanadi. SHu sababli uning yuzasi 2000 sm2 ni tashkil qiladi. Tutunga qarshi filtr har qanday aerozollar, radiofaol chang, zaharlovchi moddalarning aerozollari, tumanlari hamda biologik vositalarning aerozollarini ushlab qoladi. Lekin zaharlovchi moddalarning bug‘lari va gazlari bu erda ushlab qolinmaydi, ular ikkinchi qavat, faollashgan ko‘mirda ushlanib qoladi. Faollashtirilgan ko‘mir gazniqob qutisida asosiy yutuvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Faollashgan ko‘mirning zaharlovchi moddalarni yutishi uning nechog‘li g‘ovakliligiga bog‘liq. U 0,5—1 mm li mayda donachalar shaklida bo‘ladi. Faollashtirilgan ko‘mir toshko‘mir, pista ko‘mir, torf va ba’zi organik mahsulotlarga maxsus ishlrv berish yo‘li bilan olinadi. Faollashgan ko‘mirda zaharlovchi moddalarning yutilishi sorbsiya yo‘li bilan boradi. Bu to‘rtta fizikaviy va kimyoviy jarayondan iborat.
Adsorbsiya — zaharlovchi moddalarning molekulalari, atomlari, ionlari qo‘mirnnng G‘ovaklariga yutilishi bilan ta’riflanadi. Bunda ko‘zga ko‘rinmaydigan kimyoviy birikmalar paydo bo‘ladi. Absorbsiya deb, zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mir ichiga kirishiga (diffuziya) aytiladi. Xemosorbsiya — zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mirdagi kimyoviy reagentlar va katalizatorlar bilan neytrallanishi (zararsizlantirilishi) kuzatilali. Download 354.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling