10-mavzu: go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja
Download 34.55 Kb.
|
4-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terini shilib olish
Qonsizlantirish. Mollar yotqazilgan yoki osib qo‘yilgan holda qonsizlantiriladi. Go‘sht kombinatlarida asosan mollar osib, vertikal usulda qonsizlantirish usuli qo‘llaniladi. Qora mollarning tanasi vazniga ko‘ra 4,2 % qon chiqsa, u qonsizlantirilgan bo‘ladi. Lekin bu miqdor hayvon tanasidagi umumiy qon miqdorini 40-65 foizini tashkil etadi. Qonsizlantirish ishlari 6-8 minut davom etadi.
Terini shilib olish ishlari og‘ir mehnat talab qiladigan operatsiyalardan bo‘lib, ko‘plab kushxonalarda mollar vertikal osib qo‘yilganda amalga oshiriladi. Go‘sht sifati sanitariya jihatidan qoniqarli bo‘lishi uchun kushxonalarda terini shilish va tana (tush)ga dastlabki ishlov berishda turli vositalar (ilmoq, blok ustidan o‘tkazilgan arqon va h.k.)dan keng foydalanib kelinmoqda. So‘yilgan molning quloq, burun va lablari atrofidagi terisi kesib olinadi, so‘ng bosh terisi o‘ng burun katagidan chap shoxigacha shilib olinadi. Tomog‘idan kesib pastki labidagi xalqasimon kesikkacha yetkaziladi va boshning qolgan qismidagi terisi shilinadi, so‘ngra birinchi bo‘yin umurtqasi bilan ensa suyagi orasidan kesilib bosh tanada ajratiladi. Terini tanadan shilib olish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, teri yuzasidan 30-35 foiz (bo‘yinning 75%, ko‘rakning 35%) pichoq yordamida shilinadi. Keyingi bosqichda har xil konstruksiyadagi teri shilish mashinalari yordamida mexanik usuli bilan shilib olinadi. Terini shilib olingandan keyin ichki organlar ajratib olinadi, bunda ularning butunligini buzmaslik va tananing ifloslanishini oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilinadi. Dastlab ko‘krak suyagi arralanadi, keyin qizilo‘ngach traxeyadan ajraladi, yelin va moyaklar olinadi, oq chiziq bo‘yicha qorin bo‘shlig‘i kesilib, oshqazon-ichak yo‘li qorin yog‘i, traxeya, o‘pka, jigar va yurak bilan birgalikda ajralib olinadi. Ichki organlar veterinar nazoratidan o‘tkaziladi va keyingi ishlov berish uchun kalla-pocha mahsulotlari bo‘limiga, ichaklar kompleksini ularni qayta ishlash bo‘limiga yuboriladi. Keyin tanalar umurtqa bo‘ylab, orqa miyani buzmaslik maqsadida, o‘rta chiziqdan biroz o‘ngdan arralanadi. Arralash chizig‘i tekis bo‘lishiga ahamiyat beriladi. Arralash natijasidan tana ikkita nimtalik tushalarga ajraladi. Bu go‘shtni tashish, sovutish xonalarida joylashini osonlash va sovutishni tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Arralashdan keyin nimtalik tushalar tovar ko‘rinishini yaxshilash va keyingi saqlash jarayonida chidamliligini oshirish maqsadida quruq va ho‘l tozalash usullari bilan tozalanadi. Quruq tozalashda ichki absisslar (ichki yiringlar) va zaxalangan joylar olib tashlanadi, dum va uning va tos atrofidagi yog‘lar, ajratib olinadi, diafragma kesib olinadi, buyrak yog‘i bilan va orqa miya chiqarib olinadi. Ho‘l tozalashda nimtalik tushalar iliq suv bilan maxsus cho‘tkalar yordamida yuvilib, iflosliklardan tozalanadi. Nimtalik tushalarga veterinar nazoratining tamg‘asi va semizlik kategoriyasi, yoshi va boshqa alomatlarini ifodalanidan tag‘malar bosiladi. Shundan keyin nimtalik tushalar tarozilarda tortiladi va suvuqlik bilan ishlov berish uchun yuboriladi. Download 34.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling