10-mavzu: go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja


Mollarni so‘yishga tayyorlash. Қорамолларни сўйишдан олдин жинси, ёши ва ориқлигига кўра гуруҳларга ажратиш тавсия этилади, бу эса сўйилган молларнинг маҳсулотини қайта ишлаш жараёнини бир мунча енгил


Download 34.55 Kb.
bet5/13
Sana19.02.2023
Hajmi34.55 Kb.
#1215083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-Maruza

CHORVA MOLLARINI SO‘YISH TEXNOLOGIYASI
Mollarni so‘yishga tayyorlash. Қорамолларни сўйишдан олдин жинси, ёши ва ориқлигига кўра гуруҳларга ажратиш тавсия этилади, бу эса сўйилган молларнинг маҳсулотини қайта ишлаш жараёнини бир мунча енгиллаштиради.

Mollarni so‘yishga tayyorlash, asosan, so‘yishdan oldin mol saqlash bo‘limida amalga oshiriladi. Go‘sht kombinati maydonida mollarni so‘yish bo‘limiga yo‘naltirilgan yo‘lak tayyorlanadiyu, bunda vaqtincha saqlash xonalari bo‘lib turdagi hayvonlar o‘z turiga ko‘ra guruh holda saqlanadi. Mollarni so‘yishdan oldin veterinariya vrachi yana bir bor barcha hayvonlarni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqadi. Agar kasalligi gumon hisoblangan mollar bo‘lsa, ular ajratib olinadi va tana harorati o‘lchanadi. Bunda ko‘pincha og‘irligi 0,5 kg bo‘lgan TNEV-1 rusumli elektr harorato‘lchagichdan foydalaniladi.
Mollarni so‘yishdan oldin 24 soat davomida och qoldiriladi, bu esa ularni oshqozon ichak sistemasidan mumkin qadar ko‘proq axlatni chiqarishga mo‘ljallangan. Lekin sug‘orish ishlari so‘yishga uch soat qolguncha davom ettiriladi. So‘yishdan oldin mollar cho‘miltiriladi. Bu esa go‘shtni toza bo‘lishida, xizmatchilarining qo‘llari ifloslanmasligi uchun muhim tadbir hisoblanadi. Mollarning oyoqlari ham toza bo‘lishi kerak. Hayvonlarni cho‘miltirishda maxsus dush yoki shlanglardan foydalaniladi.
Shoxli yirik mollarni so‘yish texnologik sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat: mollarni haydab kirish va hushsizlantirish; osma yo‘lga ko‘tarish; so‘yish; qonsizlantirish; teri shilish yo‘liga o‘tkazish; kallani kesib olish; terini shilish; ichki organlarni ajratish; tanani ikki qismga arralash; quruq tozalash; ho‘l tozalash; tamg‘alash; tortish.
Hayvonlarni hushsizlantirish. Yirik mol va cho‘chqalar hushsizlantiri-ladi. Mayda mol va buzoqlar xushsizlantirilmaydi. Hushsizlantirishdan maq-sad mol oyog‘iga g‘ildirakli zanjir boylab osma yo‘lga ko‘tarishda ishchi mehnati-ning xavfsizlantirishdir.

Hushsizlantirish shunday olib borilishi kerakki bunda mol yuragining faoliyati o‘zgarmasligi lozim. Yurak ishlab turganida mol so‘yilsa, uning qonsizlantirish to‘liq bo‘lib, undan olinadigan mahsulotlar sifatli va saqlashga chidamli bo‘ladi.
Hayvonlarni hushsizlantirishning bir muncha usullari bo‘lib, hammasida ham agar hayvon qonsizlantirilmasa oradan bir necha minut o‘tgach u yana o‘ziga keladi.
Bolg‘a bilan hushsizlantirish. Bunda og‘irligi 2 kilogramm va dastasi 1 metr bo‘lgan bolg‘adan foydalaniladi. Molni qulog‘idan o‘ng ko‘ziga va o‘ng qulog‘idan chap ko‘ziga chiziqlar kesishgan joyiga bolg‘a bilan uriladi. Urish kuchi bosh suyagini shikastlamasdan, faqat miyasi molekulyar aloqasini o‘zgartira olishga yetarli hisoblanadi.
Otuvchi apparat bilan hushsizlantirishda to‘pponchadan foydalaniladi. Unda diametri 9 mm bo‘lgan gazsiz sochma o‘q solinib hayvonni miyasiga otiladi. Miyaga kirgan o‘q hayvonni hushsizlantiradi. Bunda yurakni urishi davom etadi va qonsizlantirish jarayoni yaxshi natija beradi.
Eletronarkoz yordamida hushsizlantirish usuli hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Bu usul ma’lum kuchlanishga ega bo‘lgan elektr tokining qisqa mud-datda molning markaziy asab sistemasi ta’siriga asoslangan.

Download 34.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling