10-mavzu: go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja
SO‘YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI
Download 34.55 Kb.
|
4-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mollarning semizlik darajasini aniqlash.
SO‘YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI
Xom ashyoning sifati ko‘p jihatdan hayvonlarning oriq-semizligi, yoshi, jinsi, zoti, hamda fiziologik holati bilan belgilanadi. Go‘sht ashyosi turiga mansub bo‘lgan hayvonlar birmuncha go‘shtdor bo‘lganlari holda, ulardan go‘shtni qayta ishlash korxonalari sifatli va ko‘proq xom ashyo olishlari mumkin. Bunday hayvonlarning vazni birmuncha katta, go‘sht va yog‘ning chiqishi yuqori darajada bo‘ladi. Umuman go‘shtga boqiladigan zotli hayvonlarning suyaklari ingichka, bo‘yni kalta va sergo‘sht, boshi kalta, ko‘kragi keng va go‘shtdor, ya’ni to‘shi bo‘rtib chiqqan, orqasi, beli, sag‘risi keng va sergo‘sht, terisi cho‘ziluvchan qalin bo‘lib, mayin jun bilan qoplangan bo‘ladi. Bu tipdagi hayvonlar tez yetiluvchan, o‘z tanasida qisqa vaqt ichida ko‘proq go‘sht yetishtira oladigan, muskul to‘qimalari salmoqli bo‘ladi. Ayniqsa, yana bir muhim ko‘rsatgichi ularning go‘shti «marmarsimon», ya’ni go‘sht va yog‘ to‘qimalari qavatma-qavat joylashgan bo‘ladi. Bunday holat olinadigan go‘sht xom ashyosini mayin, yumshoq, nihoyatda sifatli va lazzatli bo‘lishida eng muhim omillardan hisoblanadi. Agar qoramollardan go‘sht xom ashyosi yetishtirish borasida so‘z yuritsak, go‘shtdor zotli mollarning tashqi ko‘rinishi bochkasimon, oyoqlari kalta va yo‘g‘on, boshi kichik va yumaloq, bo‘yni yo‘g‘on va kalta, juni yaltiroq va birmuncha mayin, hamda kamharakat bo‘ladi. Bunday zotlar respublikamizda nihoyatda kam tarqalgan bo‘lib ular atigi 5-6 foizni tashkil etadi. Jumladan, qozoqi oq bosh, qalmoqi, santagerdruda, aberdin-angus, gereford kabi zotlar bunga misol bo‘la oladi. Go‘shtdor zotli sigirlar sog‘ilmaydi, chunki ularning suti nihoyatda oz bo‘lib, o‘z buzog‘ini boqish uchun sarflanadi. Aks holda uning yosh buzog‘i o‘smay, rivojlanmay qolishi mumkin. Mollarning semizlik darajasini aniqlash. Mollarni semirtirish jarayonida moy to‘plamlari hayvon tanasining ayrim qismlarida yig‘ila boshlaydi. Dastlab dumini tanaga birikkan yerida, so‘ng dumg‘aza qismida, so‘ng ikki qobirg‘asida, oyog‘ining yuqori qismida hamda ko‘krak va yelka qismida moy to‘plami yig‘iladi. Hayvonning semirish darajisiga ko‘ra uning tanasidagi moy to‘qimasi ko‘paya boradi. Shuningdek, teri ostida ham moy qatlami qalinlashadi. Mollarning semizlik darajasi ularning tashqi qiyofasiga qarab ko‘z bilan va qo‘l bilan ayrim qismlarini ushlab ko‘rish yo‘li bilan aniqlanadi. Shuningdek, hayvonni ko‘kragiga, yelka qismiga, qoringa, ko‘kragi va son qismlariga alohida e’tibor beriladi. Qo‘y va echkilarni semizlik darajasini aniqlashda asosiy e’tibor muskulaturasi, dumg‘aza qismi va qobirg‘alariga, dumbali qo‘ylarni dumbasining vazniga va shakliga qaraladi. Hayvonlar chamalab ko‘rilgach, go‘shtdorligi jihatidan talab darajasida bo‘lsa, ular guruhlab kushxona yoki go‘sht kombinatiga jo‘natiladi. Standart talabiga binoan qoramollar yoshi va jinsiga ko‘ra 4 ta guruhga bo‘linadi: ho‘kiz va sigirlar; buqalar; yoshi 3 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan novvoslar; 14 kunliklar 3 oygacha bo‘lgan buzoqlar. Semizlik darajasiga ko‘ra, mollar 3 ta kategoriyaga (toifaga) bo‘linadi: yuqori semizlik darajasi; o‘rta semizlik darajasi; o‘rtadan past semizlik darajasi. Qo‘y va echkilar ham semizligiga ko‘ra – yuqori, o‘rta va o‘rtadan past kategoriyalarga bo‘linadi. Ularning semizligi darajasini aniqlash standart talabi asosida bajariladi. Dumbali qo‘ylarning dumbasini kattaligi ularni semizlik darajasidan dalolat beradi. Oriq qo‘ylarning dumbasi hech qachon katta hajmga ega bo‘lmaydi. Echkilarning semizligi darajasini aniqlashda ham ularning muskulaturasini rivojlanganligiga alohida e’tibor beriladi. Oriq echkilarni tanasidagi suyaklari burtib, chiqib turadi. Muskulaturasi rivojlanmagan va chandirsimon bo‘lishi aniqlangan. Download 34.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling