1-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi bajarilishining tahlili
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Reja
|
Haqi-qatda
|
O’tgan yildagiga nisbatan rejaning o’zgarishi
|
Hisobot yilida o’tgan yildagiga nisbatan o’zgarishi
|
Reja-
dagiga nisbatan farq,
+, -
|
mut-laq sum-mada
|
%
|
mut-laq sum-mada
|
%
|
mut-laq sum-mada
|
%
|
|
|
Yalpi mahsulot (taqqos-lanadigan korxona-ning ulgurji bahosida, ming so’m)
|
20154
|
20760
|
20980
|
+606
|
3.0
|
+826
|
4,1
|
+220
|
1,1
|
|
Tovar mahsuloti amaldagi korxona-ning ulgurji bahosida ming so’m)
|
20200
|
20790
|
21120
|
+590
|
2.9
|
+920
|
4.5
|
+330
|
1.6
|
|
Sotilgan mahsulot hajmi (korxo-naning rejalash-tirilgan bahosida ming so’m)
|
20110
|
20540
|
20960
|
+430
|
2.1
|
+850
|
4.2
|
+420
|
2.1
|
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan korxona hamma ko’rsatkichlari bo’yicha yalpi, tovar mahsuloti hamda mahsulot sotish rejalarini ortig’i bilan tegishlicha 101,1%, 101,6% va 102,1% bajargan.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejalari bajarilishiga baho berilgandan so’ng sotish rejasi bajarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar hamda tovar mahsuloti hajmidagi oliy navli mahsulot salmog’ini va shartnoma bo’yicha mahsulotlar etkazib berish qanday bajarilganligini tekshirish zarur.
Korxonaning asosiy ko’rsatkichlariga umumiy baho berilgach, mahsulotlarini turlari bo’yicha ishlab chiqarish jarayoni tahlil qilinadi.
Sanoat korxonalarida mahsulotlarni turlari bo’yicha to’liq ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Agar korxona rejalashtirilgan mahsulotlarni turlari bo’yicha to’liq ishlab chiqarmasa, u holda aholining ayrim tovarlarga bo’lgan ehtiyoji etarlicha qondirilmaydi.
Eslatib o’tish kerakki, sanoat korxonalari iloji boricha kam xarajat, kam mehnat talab qiladigan va bahosi yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Shu boisdan ham tahlil jarayonida mahsulotlarni turlari bo’yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga alohida e’tibor berilishi lozim. Agar bajarilmagan bo’lsa, u buning sabablari aniqlanishi va tegishli omillar bartaraf etilishi zarur.
Tahlil qilinayotgan korxonada ishlab chiqarish rejasi mahsulot turlari va assortimenti bo’yicha bajarilishiga baho berish uchun 2-jadvaldagi shakldan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |