10-mavzu. Sanoat korxonalari xo’jalik faoliyati tahlilining xususiyatlari reja
-jadval Mahsulot sifatining tahlili
Download 64.15 Kb.
|
10-mavzu. Ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navlar Bitta mahsu-lotning bahosi
- Reja-ning bajari-lishi, % Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati, ming so’m
- 5 -jadval O’rtacha sifatlilik darajasini o’rtacha tortilish bahosida aniqlash
- Navlar Mahsulotning bahosi, so’m Mahsulot hajmi
- 6-jadval Bir me’yorda mahsulot ishlab chiqarishning tahlili
- Ko’rsatkichlar Jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so’m
- I o’n kun-lik II o’n kun-lik III o’n kun-lik
- 10.3. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasi tahlili
4-jadval
Mahsulot sifatining tahlili
Hisobot yilida mahsulot sifati yaxshilanishi natijasida sifat koeffitsienti rejadagiga nisbatan 0,02% oshgan (0.98 - 0.96). Demak, hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulotning o’rtacha sifatlilik darajasi birga (1) yaqin. Bu, o’z navbatida, sotiladigan mahsulotlar bahosi yuqori bo’lishiga olib keladi. Ma’lumki, mahsulot sifati o’zgarishi bilan sotiladigan mahsulotning o’rtacha bahosi ham o’zgaradi. Mahsulot sifati o’zgarishi natijasida o’rtacha baho o’zgarishining sotilgan mahsulot hajmiga ta’sirini aniqlash uchun 5-jadvaldagi shakl qo’llaniladi. 5 -jadval O’rtacha sifatlilik darajasini o’rtacha tortilish bahosida aniqlash
Tahlilining natijasi shuni ko’rsatadiki, o’rtacha baho reja bo’yicha 1918 so’mni , haqiqatda esa 1950 so’mni tashkil etgan. Demak, o’rtacha baho hisobot yilida rejadagiga nisbatan 32 so’m (1950 - 1918) yuqori bo’lgan. Bu esa, o’z navbatida, sotilgan mahsulot hajmining 2144 ming so’mga (+32 x 67000) ko’payishiga olib kelgan. Agar bu ko’rsatkichni birinchi navga hisoblangan mahsulot bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, u holda sotilgan mahsulot hajmininig o’rtacha bahosi reja bo’yicha 1849,8 so’mni , haqiqatda esa 1906,7 so’mni tashkil etadi. Bunda o’rtacha sotish bahosi hisobot yilida rejadagiga nisbatan 56,9 so’mga (1906,7 – 1849,8) oshgan. O’rtacha sotish bahosining 56,9 so’mga oshishi sotilgan mahsulot hajmi 3812,3 ming so’mlik (+56,9 67000) ko’payganligini bildiradi. Mahsulot sifatini to’xtovsiz yaxshilab borish ular sanoat korxonalari tomonidan bir me’yorda ishlab chiqarilishiga bog’liqdir. Tajribalar hamda tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish rejasida belgilangan grafikdan chetga chiqilishiga xom ashyolar o’z vaqtida olinmasligi tufayli ishlab chiqarish me’yor buzilishi sabab bo’ladi. Binobarin, grafikka ko’ra, har o’n kunlikda bir oyda ishlab chiqarish mo’ljallangan mahsulotning 33,3%i tayyorlanishi zarur. Lekin yuqorida qayd etilgan omillar ta’sirida birinchi, ikkinchi o’n kunliklarda, bir oyda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining 55–60% ini, uchinchi o’n kunlikda rejani bajarish uchun qolgan 40–45% ini ishlab chiqarishga harakat qilindi. Natijada ishlab chiqarilgan mahsulot sifati pasaydi, omborlarda ko’plab mahsulotlar turib qoladi. Korxonaning bir me’yorda mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun 6-jadvaldagi shakl tuziladi. 6-jadval Bir me’yorda mahsulot ishlab chiqarishning tahlili
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, korxona bir me’yorda ishlagan, faqat yilning oxirida IV chorakning birinchi va uchinchi o’n kunliklarida grafikdan chetlanish bo’lgan. Bu esa, korxona bo’yicha IV chorakning uchinchi o’n kunligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. 10.3. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasi tahlili Mahsulot hajmi ko’payishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri sanoat korxonalarining asosiy fondlar bilan etarli darajada ta’minlanishidir. Shunday ekan, mahsulot hajmi korxonaning texnika bilan ta’minlanish va ishlab chiqarishda yangi texnikalardan foydalanish darajalariga, bu jarayonda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishiga, ixtisoslanishiga, bular esa, asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasiga bog’liq. Demak, tahlil jarayonida asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasiga alohida ahamiyat berish zarur. Tahlilda asosiy fondlarninig tarkibiy tuzilishi, ya’ni korxonaning asosiy fondlar, shuningdek, ishlab chiqarishda band bo’lgan asosiy fondlar bilan ta’minlanishi va ularning texnikaviy holati o’rganilishi, shu bilan birga korxona ishchilarining qurollanish darajasi aniqlanishi lozim. Bu ko’rsatkich esa, asosiy fondlar qiymatini eng ko’p smenada ishlagan ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Yana bir ko’rsatkich – korxonaning energiya bilan qurollanish darajasi kuch beruvchi mashinalar quvvati yig’indisini (kvt - soatda) smenada eng ko’p ishlagan ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Asosiy fondlardan foydalanishning muhim ko’rsatkichlaridan biri fond samarasidir. Bu ko’rsatkich tovar mahsuloti hajmini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Tahlil jarayonida korxona bo’yicha bir so’mlik asosiy fondlarga to’g’ri keladigan fond samarasi hamda ishlab chiqarishda to’g’ridan - to’g’ri qatnashadigan asosiy fondlarning aktiv qismidan foydalanish darajasi aniqlanishi zarur. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar tarkiban ishlab chiqarishda qatnashmaydigan va ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarga bo’linadi. Shu sababli asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasi tahlili jarayonidagi dastlabki bosqichda korxona bo’yicha hamda asosiy fondlarning aktiv qismi bo’yicha samaradorlik darajasi aniqlanishi zarur. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasini tahlil qilishdan maqsad hisobot yilidagi samaradorlik darajasini o’tgan yilgi samaradorlik ko’rsatkichlari bilan taqqoslab, bu boradagi daraja o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil yo’li bilan hisoblab chiqish va samaradorlik darajasini oshirish yo’llarini belgilab berishdan iborat. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardir: 1. Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning jami asosiy fondlar qiymatidagi ulushi o’zgarishi. Bu omil ta’sirini aniqlash uchun asosiy fondlarning aktiv qismi ulushi bo’yicha farq bu qismning o’tgan yilgi samaradorlik darajasiga ko’paytrilib, yuzga bo’linadi. 2. Asosiy fondlar aktiv qismidan foydalanishning samaradorlik darajasi o’zgarishi. Bu omil ta’sirini aniqlash uchun asosiy fondlarning aktiv qismi bo’yicha samaradorlik darajasi farqi hisobot yilidagi asosiy fondlar aktiv qismi ulushiga ko’paytirilib, yuzga bo’linadi. Yuqoridagi ko’rsatkichlardan tashqari bir stanok-soatga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi ham aniqlanishi zarur. Bu ko’rsatkich mahsulot hajmini jami ishlangan stanok-soatga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Tahlil qilinayotgan korxonada asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasini baholash va uning o’zgarishiga yuqorida qayd etilgan omillar ta’sirini hisoblab chiqish uchun 7-jadvaldagi shakl tuziladi. Download 64.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling