10-mavzu. Sanoat korxonalari xo’jalik faoliyati tahlilining xususiyatlari reja


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi bajarilishini tahlil qilishda tahlilning ahamiyati va vazifalari


Download 64.15 Kb.
bet2/9
Sana25.02.2023
Hajmi64.15 Kb.
#1229036
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu. Ma\'ruza matni

10.1. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi bajarilishini tahlil qilishda tahlilning ahamiyati va vazifalari

Ulgurji chakana savdo korxonalari va boshqa korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bilan birga, sanoat korxonalarining xo’jalik faoliyatini tahlil qilish o’ziga xos xususiyatga ega. Sanoat korxonalari xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan hamda aholining xilma-xil mahsulotlarga bo’lgan, tobora o’sib borayotgan talabini qondirish uchun ulgurji, chakana va boshqa savdo tarmoqlariga uzluksiz ravishda tayyor mahsulotlar etkazib beradi. Ular ishlab chiqilgan mahsulotlar hajmining ko’payishi, o’z navbatida, tovar aylanishi hajmi o’sishiga olib keladi.


Tovar aylanishi rejasi muttasil bajarilishi uchun ulgurji chakana savdo korxonalari sanoat korxonalari bilan xaridorlar ehtiyojini hisobga olgan holda shartnomalar tuzishlari, sanoat korxonalari esa, shartnomalarda ko’rsatilgan hamma tovarlarni iste’molchilarga o’z vaqtida etkazib berishlari zarur.
Sanoat korxonalari xo’jalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida avvalo, ishlab chiqarish-moliya rejasining asosiy ko’rsatkichlari qay darajada bajarilayotganligi, agar bu boradagi yutuqlar va kamchiliklar bo’lsa, tegishli ko’rsatkichlarda o’zgarishlar bo’lsa, ularga qanday omillar ta’sir etganligi o’rganiladi.
Bu yo’nalishdagi tahlilning afzalliklari shundan iboratki, unda mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi bajarilishi tahliligagina emas, balki mahsulot sifatiga, mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri – asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik darajasi tahliliga ham e’tibor berish lozim. Boshqa ko’rsatkichlar–assortiment rejasi bajarilishi, mehnatga haq to’lash fondidan foydalanish, mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi mehnat omillari, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar sanoatda ham savdoda qo’llaniladigan usulda tahlil qilinadi.


10.2. Yalpi, tovar va sotilgan mahsulot rejasi bajarilishining tahlili

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish dasturi bajarilishining tahlili yalpi, tovar va sotilgan mahsulot rejasi bajarilishini tahlil qilishdan boshlanadi.


Yalpi mahsulot ko’rsatkichi ishlab chiqarish hajmiga baho berish uchun qo’llaniladi. Yalpi mahsulot tarkibiga tovar mahsuloti, tugallanmagan ishlab chiqarish va sotish uchun mo’ljallangan, yarim tugallanmagan mahsulotlar kiradi.
Tovar mahsuloti deb, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, Davlat standarti talablariga mos keladigan, texnik nazoratdan o’tgan va sotish uchun mo’ljallangan tovarlarga aytiladi.
Foydalanish huquqi xaridorga o’tgan mahsulot sotilgan mahsulot hisoblanadi.
Tahlil qilinayotgan korxonada yalpi, tovar va sotilgan mahsulot rejasining bajarilishiga baho berish uchun 1-jadvaldagi shakldan foydalaniladi.

Download 64.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling