10-Mavzu: Tok o‘simlikning biologiyasining asoslari. Reja: Ildiz va ildiz tizimi 2


partenokrapik mevalar hosil bo‘ladi. Natijada hosil miqdori va sifati pasayadi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana05.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1167216
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MEVACHILIK 10-Mavzu


partenokrapik mevalar hosil bo‘ladi. Natijada hosil miqdori va sifati pasayadi. 
Tok - anemofil o‘simlik, ya’ni gul changlari juda mayda bo‘lganidan shamol 
ta’sirida tez tarqaladi. Gullarning changlanishida hasharotlar deyarli ishtirok 
etmaydi. Gullash vaqtida urug‘chi tumshuqchasidan shira ajralib chiqib, unga gul 
changlari yopishadi. Ichki murakkab jarayonlar natijasida qo‘sh otalanish ro‘y 
beradi. Agarda ikki jinsli gullarda chang-donlar gul qalpoqchalaridan oldin yorilsa 
gul ochilmasdanoq o‘z-o‘zidan changlanish ro‘y beradi. Bu hodisa kleystogamiya
deb 
 
14-rasm. Tok gullarining asosiy xillari: 
1 ­ funksional - yerkak gul; 2 ­ funksional urg‘ochi gul; 
3 ­ ikki (qo‘sh) jinsli gul; 
a – guldband; b – gul o‘rin; v – kosacha; g – uruchchi; d – changdon; 
 
ataladi. Bunga gullash vaqtidagi qurg‘oqchilik, past harorat sabab bo‘lishi mumkin. 
g‘ujumdagi urug‘lar soni otalangan (urug‘langan) urug‘kurtaklar soniga qarab 
1-4 ta bo‘ladi. Urug‘lanmasdan murtaksiz hosil bo‘lgan g‘ujumlar partenokarpik 
mevalar deyiladi. Urug‘siz mevalar, odatda kishmishbop navlarga xos. Ularning 
aksariyat qismi ikki jinsli gulga ega bo‘lsada, changchilari syerpusht (fyertill) 
bo‘ladi. Kishmishbop navlarning gullarida chang naychalari murtak qopchasiga etib 
bormasligi sababli otalanish jarayoni kechmaydi. Keyinchalik urug‘kurtakning 
nobud bo‘lishi tufayli haqiqiy urug‘lar hosil bo‘lmaydi. 
Gullarning normal changlanishi, urug‘lanishida tashqi muhit hamda 
agrotexnikaning ahamiyati katta. Gullash vaqtida toklarni sug‘orish tavsiya 
qilinmaydi. Aks holda urug‘chi tumshuqchasidan ajarlib chiqadigan shira suyulib 
changlanish, urug‘lanish yaxshi kechmaydi. 
Jingalak - bu shakli o‘zgargan novda bo‘lib, simpodial tipda o‘sadi. Oddiy 
(shoxlanmagan) va shoxlangan bo‘ladi. Asosan bargning qarama-qarshisida 


joylashadi. Hosilsiz novdalarda jingalaklar pastki 3-4 bo‘g‘imda, hosilli novdalarda 
esa yuqori bo‘g‘imlarda ham paydo bo‘ladi. Jingalaklar faqat o‘simliklarni biron bir 
tayanch bilan birikib o‘sishida mexanik vazifani bajaradi. Kurtaklar odatda hosil 
beruvchi va hosilsiz (o‘suvchi) bo‘ladi. Kurtaklar joylashishiga qarab uchki va yon 
kurtaklarga bo‘linadi. Uchki kurtaklar asosiy novda o‘sishining davomchisi 
hisoblansa, yon kurtaklar yon novdalarni hosil qiladi. Tok novdasidagi uchki kurtak 
o‘suv davrining oxiriga borib to‘liq shakllanmagani uchun quriydi. Novda esa 
kelgusi yili yon kurtaklar hisobiga yana o‘sishni davom ettiradi. Tokdagi kurtaklar 
bir nechta tipga bo‘linadi: qo‘ltiq kurtaklar; markaziy va o‘rinbosar kurtaklar; 
qishlovchi qo‘ltiq kurtaklar; uxlovchi kurtaklar. 
Qo‘ltiq kurtaklardan qo‘ltiq novdalar rivojlanadi. Ular tez etiluvchan bo‘lib, shu 
yilning o‘zidayoq ikkinchi tartibdagi novdalarni beradi. Tinim davrini o‘tamaydi. 
Markaziy (asosiy) kurtakdan, asosan hosil beruvchi novdalar o‘sib chiqadi. 
O‘rinbosar kurtaklar markaziy kurtakning yonlarida joylashgan bo‘lib, ulardan 
rivojlangan novda nimjonroq bo‘ladi. Qishlovchi kurtaklar qo‘ltiq novdaning 
asosida rivojlangan bo‘lib, kelgusi yili ulardan asosiy novdalar o‘sib chiqadi. 
Qishlovchi kurtaklar shakllanib bo‘lgach, pishib etilmagan qo‘ltiq novdalar 
o‘sishdan tuxtab nobud bo‘ladi. Qo‘ltiq novdalar endi rivojlangan davrda uning 
barg qo‘ltig‘ida yangi kurtak shakllanib, u odatda shu yil o‘suv davrida o‘smaydi va 
keyinchalik murakkab kurtak (qishlovchi ko‘z)ga aylanadi. Bachki novdaning 
dastlabki bargi qoidaga ko‘ra qobiq sifatida saqlanib qoladi. 
.Barg sathining eng muhim ko‘rsatkichi, bu tok tupi yoki tokzorning hosil 
shakllanayotgan davridagi (aprel-may) kundalik barg sathi maydonining yig‘indisi 
bilan bog‘liq. Bu tokchilikda fotosintetik potensial deb ataladi. Bu ko‘zlangan hosil 
hamda 
uzum 
naviga 
qarab 
hisoblab 
aniqlanadigan 
miqdor. 
Ayrim 
tadqiqodchilarning ma’lumotlariga qaraganda 100 s/ga hosil olish uchun (masalan, 
Rkatsiteli uzum navidan) fotosintetik potensialning hisoblash o‘lchami (miqdori) 
1,26...1,76.10
b
m
2
kunni, 150 s/ga hosil olish uchun esa 1,83...2,64.10
6
m
2
kunni 
tashkil etishi kerak. 
Tok tupining barg sathi asta-sekin osha borib, uzum pisha boshlaganda eng 
yuqori darajaga etadi. Uning atigi 15-30% i tok gullashining boshlanish vaqtiga 
to‘g‘ri keladi. 
Barg orqali o‘simlik hayoti uchun zarur bo‘lgan fotosintez, transpiratsiya, nafas 
olish kabi fiziologik jarayonlar sodir bo‘ladi. 
Fotosintez faqat yorug‘lik tufayligina kechishi mumkin. Bu jarayonning jadal 
kechishi, shuningdek, havo harorati, namlik, oziq moddalar va karbonat kislota, tok 
turi va navi, yoshi, barg sathi, parvarish kabi omillarga ham bog‘liq. 
Fotosintezning normal kechishi uchun eng qulay havo harorati 28­32
0
S, harorat 
38­40
0
S dan oshsa va 6
0
S dan pasaysa fotosintez to‘xtaydi. 
Fotosintez kunning birinchi yarmi (ayniqsa soat 8-11 larda) jadal kechadi. 
Kunning o‘rtalariga borib susayadi, kechga yaqin (ayniqsa soat 16-18 larda) yana 
jadallashadi. 
Transpiratsiya ­ o‘simlik yashil qismidan suvning bug‘la-nish jarayoni. Suv, 
asosan og‘izchalar (nafas yo‘llari), qisman kutikula orqali bug‘lanadi. Shuningdek, 
transpiratsiya barg va boshqa organlarni qizib ketishdan saqlaydi. Nam etarli 


bo‘lmagan tuproqda transpiratsiyaning haddan ortiq bo‘lishi barglarni so‘lishiga olib 
keladi. Transpiratsiya odatda tokda jadal o‘tadi. Masalan, uzumning Risling navi 
1m
2
barg sat-hidan bir daqiqada 1,9-2,0 g, bir gektardagi tok tuplari barg sathidan 
esa bir sutkada 30000 m
2
yoki 30 t suv bug‘latishi tad-qiqotchilar tomonidan 
aniqlangan. 
Nafas olish ­ muhim moddalar almashinuvi (metabolizm) jarayoni. Bunda 
murakkab organik birikmalarning oksidlanishi natijasida o‘simlikning o‘sishi va 
rivojlanishi uchun yerkin enyergiya ajraladi. Nafas olish natijasida karbonat angidrit 
gazi va suv hosil bo‘ladi. Nafas olish tashqi muhit bilan ham bog‘liq. Havo harorati 
ortishi bilan nafas olish jarayoni ham kuchayadi. YOsh barglar katta yoshdagi 
barglarga nisbatan jadal nafas oladi. Nafas olish gullash davrigacha kuchli, o‘suv 
davrining oxiriga borib keskin pasayadi. Uzum boshining kattaligi va zichligi 
tokning navigagina emas, shuningdek, changlanishi, havo harorati, namligi, o‘sti-
rish sharoitlari, oziq moddalar va suv bilan ta’minlanganligiga ham bog‘liq. 
Toj uzum boshining skeletini tashkil qiladi. U asosiy o‘q hamda yon 
shoxchalardan iborat. Ayrim uzum navlari (masalan, Xusaynida) toj uzum pishgan 
davrda ham yashil va mo‘rt, ayrimlarida esa (masalan, Toyifida) yog‘ochlangan 
bo‘ladi. 
Toj gulbanddan shakllangan mevaband bilan tugaydi. Mevaband orqali 
g‘ujumga nay to‘dalari kirgan bo‘lib, ularning rivojlanish darajasi g‘ujumning 
mevabandga qanchalik mustahkam birikkanini belgilaydi. Shingilni tashkil qiluvchi 
o‘tkazuvchi to‘dalar g‘ujum va urug‘ni oziqlantirish uchun hizmat qiladi. 
Mevabandi qisqa va uzun bo‘ladi. Qisqa bo‘lganidan uzum boshi zich (g‘ujumlar 
g‘uj) bo‘lib ko‘rinadi. 
G‘ujum po‘st, meva eti va urug‘dan iborat. Po‘sti kutikula va namni ushlab 
turuvchi oq ko‘kimtir mumg‘ubor - pruin bilan qoplangan. Bu esa hujumni ortiqcha 
suv bug‘lanishdan, aynishidan saqlaydi, uning transportbopligi hamda saqlanish 
muddatini oshiradi. Po‘stloq hujayralarida navga xos rang beruvchi buyoq moddalar 
(xlorofill, ksantofill, karotin, antotsianlar va h.k.) bor. 
Meva eti (mezokarp) g‘ujayra shirasi bilan to‘lgan vakuollar (g‘ujayra 
protoplazmasidagi kavaklar)ga ega. 
Uzum pishish davrida meva eti g‘ujum massasining 75-80% ini tashkil etadi. 
Shuningdek, pishgan uzum mevasi oshlovchi, azotli, kaliy, kalsiy, natriy, magniy, 
temir, ruh kabi mineral moddalar, organik kislotalar (olma, vino, limon, qahrabo, 
shovul va h.k.) ga ham boy. 
g‘ujumda hosil bo‘ladigan urug‘larning soni urug‘langan tuxum g‘ujayralarining 
miqdoriga, shuningdek, rivojlangan urug‘kurtaklarga bog‘liq. g‘ujumlarda odatda 2-
3 ta, agar barcha urug‘kurtaklar rivojlangan bo‘lsa 4 ta urug‘ hosil bo‘ladi. 
Kishmishbop navlarda urug‘lar rivojlanmasligi ham mumkin. Urug‘lar soni qancha 
ko‘p bo‘lsa g‘ujum hajmi ham shuncha katta bo‘ladi. 
Uzumda urug‘lanmaslikning partenokarpiya va stenospyermokarpiya xillari 
mavjud. Partenokarpiya xilida g‘ujumlar mutlaqo urug‘lanmagan tugunchadan 
rivojlanib, ular mayda va dumaloq bo‘ladi (masalan, funksional urg‘ochi gulli 
navlarda). Stenospyermakarpiya xilida esa g‘ujumlar to‘liq urug‘lanma-ganlik 
natijasida hosil bo‘ladi. Bu, asosan kishmishbop nav-larda ro‘y beradi. 


Urug‘ urug‘kurtakdan rivojlanib, u tokning jinsiy ko‘pa-yish organi hisoblanadi 
(17-rasm).
Pishib etilgan urug‘ ovalsimon, noksimon bo‘lib, yuqori tomoni dumaloqroq, 
pastki tomoni (tumshuqchasi) cho‘ziqroq bo‘ladi. Usti pishshiq po‘st bilan 
qoplangan. Po‘st tagida murtak va endospyerm (urug‘ uchi bor). Urug‘ 
tumshuqchasida murtak joylashgan. U ikkita urug‘palla, ular orasida esa uchki 
kurtakcha, poya hamda ildizcha shakllangan bo‘ladi. 
Urug‘ning g‘ujum ichiga qaragan tomoni orqa tomon, qarama-qarshi tomoni oldi 
tomon hisoblanadi. Urug‘ old tomonining yuzasida uzunasiga ketgan ikkita o‘yiqcha 
bo‘lib, ular bir-biridan urug‘ choki bilan ajralib turadi. Orqa tomonda xalaza 
(halqasimon botiq joy) joylashgan. Xalaza orqali urug‘ ichiga uni oziqlantiruvchi 
nay tolali bog‘lamlar kirgan. Uzum urug‘lari hajmi, shakli, tumshuqchasining 
uzunligi, xalazasining hajmi va joylashganligi kabi morfologik belgilari bilan o‘zaro 
farq qiladi. 
 
Nazorat savollari: 
1.Tok ildizi tuzilishi 
2.Poyasining anatomik tuzilishi 
3.Gul tuzilishi va changlanishi 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling