10-Mavzu: Tok o‘simlikning biologiyasining asoslari. Reja: Ildiz va ildiz tizimi 2
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MEVACHILIK 10-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildiz zonalari.
v - shudring shimuvchi yuza ildizlar; g - tana (shtamb). 2. Yyer ustki qismi: d - tok kundasi; e - zang («qo‘llar»); j - madang; z - hosil novdalari; i - kunda yaqini (zang) dan chiqqan novda; k - bachki yoki qo‘ltiq novdalar; l - o‘rinbosar novdalar. da almashinish)da qatnashib fitogarmonlar hosil qiladi va h.k. Ildiz tuproq muhitiga moslashib, u bilan bevosita mulo-qotda bo‘ladi. Bu jarayonda ildiz metabolizmdan hosil bo‘lgan ayrim mahsulotlarni ajratib, o‘simlik bilan zamburug‘lar-ning simbioz bo‘lib (birgalashib) yashashni ta’minlaydi. Mikoriza natijasida zamburug‘lar o‘simlik ildizidan azotsiz organik moddalarni, o‘simlik esa zamurug‘lar orqali suv, mineral moddalarni o‘zlashtiradi. Tok tabiiy sharoitda urug‘idan ko‘payadi. Seleksiya ishlarida yangi navlar etishtirishda ham u urug‘idan ko‘paytirila-di. Shuning uchun tok ildizlarining morfologik tuzilish ma’lum darajada uni ko‘paytirish usullariga bog‘liq (2-rasm). Barcha ildiz va ildizchalarning yig‘indisi ildiz tizimini tashkil qiladi. Tok qarigan sari (asosan 25-30 yoshdan keyin) ildizlar siyraklashib boradi, mayda ildizlar soni sezilarli darajada qisqaradi va natijada tok qariydi, o‘sishdan qoladi, hosil kamayadi. Tokning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan suv va oziq moddalar so‘rib o‘zlashtiriladi. Ularni asosiy ildizlari orqali yer ustki qismlariga etkazishda mayda so‘ruvchi il- dizlarning ahamiyati katta. Ular quyidagi qismlardan iborat (4-rasm): ildiz uchi yoki o‘sish konusi uzunligi bir necha millimetr, tashqi tomondan sariq rangdagi o‘tkir uchli qin(g‘ilof) bilan qoplangan. O‘sish konusida hujayralar bo‘linib yangilari hosil bo‘ladi. Qin o‘sish konusining nozik hujayralarini mexanik shikastlanishdan saqlaydi; ildiz o‘sish zonasi - ildiz uchida kichik masofada joylashgan bo‘lib, uzunligi 3-5 mm. O‘sish zonasining hujayralari bo‘yiga o‘sib qinni oldinga suradi, uning himoyasida ildizning o‘suvchi uchki qismi tuproq zarrachalari orasidan o‘ziga yo‘l topib ha-rakat qiladi. Ildiz o‘sa boshlashi bilan o‘z kuchini yo‘qotgan eski hujayralari o‘rniga yangilari paydo bo‘la boshlaydi. Qin nihoyatda qattiq va mustahkam bo‘lganligidan tuproq qatlami-ning chuqur qismi (10-12 m.undan ko‘p) gacha kirib boradi; ildiz so‘ruvchi zonasi - ildizning tukchalar bilan qoplangan, uzunligi 2 sm.gacha bo‘lgan o‘sish zonasidan keyingi qismi. Ildiz tukchalari so‘ruvchi zona tashqi to‘qimasi (epidyermisi) ning cho‘ziq hujayralaridan tashkil topgan. Tukchalar qobig‘i-da kutikula qavati bo‘lmagani sababli tuproqdagi nam va unda yerigan mineral tuzlar u orqali hujayralarga oson o‘tadi. Ildiz tukchalari bor-yo‘g‘i 10-20 kun yashaydi. Ildiz o‘sgan sari, nobud bo‘lganlari o‘rniga yangilari o‘sa boradi. Bu jarayon, albatta tuproq sharoiti, undagi nam miqdoriga bog‘liq. Nisba- 4-rasm. Ildiz zonalari. a - ildiz uchi; b - o‘sish zonasi; v - so‘rish zonasi; g - o‘tkazuvchi zona. tan quruq tuproqda ularning soni ko‘p, o‘ta nam tuproqlarda, aksincha kam bo‘ladi; Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling