10-Mavzu: Tok o‘simlikning biologiyasining asoslari. Reja: Ildiz va ildiz tizimi 2
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MEVACHILIK 10-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toking yer ustki qismi (poyasi)
- Tok poya qismi
ildiz o‘tkazish zonasi bunda ildiz tukchalari bo‘lmaganligi sababli, so‘rish
jarayoni deyarli bo‘lmay-di. Tuproqdagi suvning yuqoriga ko‘tarilishida barg va boshqa qismlar orqa-li sodir bo‘ladigan bug‘lanish transpiratsiya jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Ildizlarning hosil bo‘lib, ularning jadal rivojlanishiga ko‘chat ekish oldidan yerni plantaj plug bilan chuqur (60-80 sm.) haydash, tuproqni chuqur (80 sm.gacha) yumshatish, shuningdek, bahorda tok tuplarini ochish vaqtida shudring shimuvchi ildizlarni olib tashlash (katarovka), mineral o‘g‘itlar, ayniqsa azotli o‘g‘itlarni ko‘proq solish va h.k. yaxshi yordam beradi. Shuni unitmaslik kerakki, tok tuplarini kuchli (kalta) kesish ildizlar ma’lum qismining nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Toking yer ustki qismi (poyasi) Poya tok o‘simligining yer ustki qismi bilan ildiz tizimini o‘zaro bog‘lab turuvchi o‘zak qismi. Poya bo‘ylab ildizdan kelayotgan suv va unda yerigan mineral moddalar barg va boshqa qismlarga o‘tsa, barg orqali ildizga fotosintez mahsu- lotlari, ya’ni organik birikmalar o‘tadi. Poyada, uning o‘zak, yog‘ochlik va lub to‘qimalarida o‘simlik uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar zahirasi to‘planadi. Bir yillik yashil novdalar bo‘g‘im va bo‘g‘im oralig‘idan tashkil topib, bo‘g‘imlarda barg, jingalak, kurtaklar, to‘pgul (keyinchalik shingilga aylanib uzum boshini hosil qiladi) joylashgan bo‘ladi.Tokda bir yillik yashil novda ikkinchi yili madangga, uchinchi yildan boshlab zangga aylanadi. Kunda yosh (1-2 yillik) tok tupida uncha sezilmaydi. Chunki vaqt o‘tishi bilan zangga aylangan ro‘dalar turli balandlikda joylashgan bo‘ladi. Tok yoshiga qarab ro‘dalar deyarli bir tekislikda joylashib, keyinchalik ular kundani hosil qiladi. Tok tupi qarigan sari kunda yo‘g‘onlasha boradi. Tok tuplariga kallaksimon, kosasimon, elpig‘ichsimon va yarim elpig‘ichsimon shakl byerilganda kundalar aniq ko‘zga tashlanadi. Kalta (2-3 kurtak qoldirib) kesilgan novda o‘rinbosar novda yoki butoq deyiladi. Ulardan kelgusi yili o‘sib chiqqan novdalardan 1-2 ta hosil beruvchi va bitta yana o‘rinbosar novda qoldiriladi. 5-rasm. Tok poya qismi: 1 - bir yillik hosilli novda; 2 - bir yillik hosilsiz novda; a - bo‘g‘im; b - bo‘g‘im oralig‘i; v - barg; g - qo‘ltiq kurtak; d - qo‘ltiq (bachki) novda; e - jingalak; j – to‘pgul (sho‘ra); z - novda uchi; i - o‘tgan yilgi novda; k,l - zang. Shuning uchun uzumchilik amaliyotida bunday qutblikka barham berish uchun barcha kurtaklarning deyarli bir vaqtda uyg‘onishi, o‘suvchi hosilli va hosilsiz novdalarning yaxshi rivojlanishini ta’minlash maqsadida zang va asosiy madang (hosil beruvchi novda)lar yotiq yoki egib bog‘lanadi. Natijada o‘suv davrining oxiriga borib novdalar yaxshi pishib etiladi, o‘sishdan to‘xtaydi, barglarini to‘kib navga xos bo‘lgan rangga kiradi (och va to‘q jigar rang, qizg‘ish jigar rang va h.k.). Asosiy novda qishlovchi ko‘zning markaziy kurtagidan o‘sib rivojlanadi. Novda o‘sgan sari har bir barg qo‘ltig‘ida shakllangan kurtakdan ikkinchi tartib, ya’ni qo‘ltiq yoki bachki novda rivojlanadi.Asosiy hamda qo‘ltiq novdalar morfologik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Asosiy novdaning asosida tangacha shaklidagi rivojlanmagan ikkita barg bo‘lsa, qo‘ltiq novdalarda esa faqat bitta barg bo‘ladi. Jingalaklar asosiy novdalarda uchinchi-beshinchi bo‘g‘imdan, qo‘ltiq novdalarda esa, ikkinchi-uchinchi bo‘g‘imdan paydo bo‘ladi. Bulardan tashqari asosiy novdalarning o‘zaro joylashish tekisligi bir xil bo‘lmaydi. Kurtaklar novdadagi barg qo‘ltig‘ida shakllanadi. Novdalarning pastki 2-6 bo‘g‘imlarida faqat barg bilan qo‘ltiq kurtaklar shakllanadi. Keyingi bo‘g‘imlarda barglar qarshisida qoida bo‘yicha jingalaklar yoki to‘pgullar rivojlanadi. Іosilsiz novdalarda esa barglar qarshisida faqat jingalak paydo bo‘ladi. E’tiborli tomoni shundaki ikkita bo‘g‘imdan keyin barg qarshisida jingalak hosil bo‘lib (o‘sishning simpodial yoki yon shoxlanish tipi), navbatdagi barg qarshisida jingalak bo‘lmaydi (monopodial o‘sish tipi). Katta yoshdagi tok tuplarining zang va kundasidagi yashirin kurtaklardan ham novdalar rivojlanishi, ulardan yangi «qo‘l» (zang)larni shakllantirishda foydalanish mumkin. Bir yillik yosh novdalar yashil, mo‘rt, o‘suvchi uchki qismi egilgan bo‘ladi. O‘suv davrining oxirlarida novdalar o‘sishdan to‘xtagach, uchki qismi ham to‘g‘ri holatga keladi, navga xos och qo‘ng‘ir tusga kiradi. Tok qarigan sari novda uchki va pastki qismining o‘sishi deyarli tenglashib boradi. Novda bo‘g‘im oralari navsimon, uning qarama-qarshi tomoni esa yassi shaklda bo‘ladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling