10-Mavzu: Tok o‘simlikning biologiyasining asoslari. Reja: Ildiz va ildiz tizimi 2


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana05.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1167216
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MEVACHILIK 10-Mavzu

Urug‘ko‘chat. Urug‘ko‘chat poyasi (yer ustki qismi)ning o‘sishi murtak 
kurtakchaning rivojlanishidan va dastlabki novdaning paydo bo‘lishidan boshlanadi. 
O‘sish vaqtida urug‘da metabolizm jarayonlari faollashib endospyermada 
zaxiradagi oziq moddalar jadal o‘zlashtirila boshlanadi, myeristematik to‘qimalar 
faoliyat ko‘rsatadi.  
Keyinchalik tok novdasining butun uzunligi bo‘ylab aralash monopolial - 
simpodial o‘sish tipi ko‘zatiladi (7-rasm).
7-rasm. Tok novdasining aralash monopodial-simpodial
rivojlanish tartibi. 
Ya’ni jingalakli har ikki bo‘g‘imdan keyin jingalaksiz bitta bo‘g‘im paydo 
bo‘ladi. Bu xususiyat Vitis turkumidagi Vitis labruska turidan boshqa barcha 
turlarga xos. O‘suv davrining oxirida novdalarning o‘sishi sekinlashib to‘xtaydi, 
uchi esa quriydi. 
Urug‘idan yoki vegetativ yo‘l bilan o‘stirilgan o‘simliklar novdalari qo‘ltiq 
ostidagi qishlovchi kurtaklardan rivojlanadi. Bunday novdalarda dastlabki 2-5 
bo‘g‘imlar monopodial, keyinchalik esa aralash, ya’ni monopodial - simpodial 
o‘sish tipiga o‘tadi (Vitis labruska turidan tashqari). 
Katta yoshdagi tok tuplari kunda va boshqa ko‘p yillik qismlaridagi yashirin 
kurtaklardan ham novdalar rivojlanib, hosil tugishi mumkin. Novdaning yuqori 
tomoni pastki tomoniga nisbatan jadal o‘sadi. Tok qarigach, novdaning har ikkala 
tomoni deyarli bir xil o‘sadi. Kurtaklar novdaning pastki, novdalar esa yuqori 
tomoniga joylashgan bo‘ladi. Pastki tomoni yuqori tomoniga qaraganda bir oz 
kuchliroq rivojlangan bo‘lib, bo‘g‘im oralarining kurtaklardan yuqori tomoni 
novsimon, qarama-qarshi tomoni esa yassi tomon hisoblanadi. 
 
2. Tok novdasining anatomik tuzilishi 


Novdaning anatomik tuzilishi ildizning ichki tuzilishiga o‘xshaydi. O‘suvchi 
yashil novdaning uchki qismi birlamchi tuzilishga ega bo‘lib, epidyermis, birlamchi 
po‘stloq va markaziy silindrdan tashkil topadi. Birlamchi po‘stloq 6-8 qavat 
g‘ujayralar va o‘zak qismining rivojlanganligi, og‘izchali epidyermisning 
mavjudligi, uning yuzasida bo‘ylamasiga ketgan floema tolalari (naylar)ning 
bo‘lishi bilan ildiz ichki tuzilishidan farq qiladi. 
Kambiyning faoliyati tufayli tok novdasi birlamchi tuzilishdan ikkilamchi 
tuzilishga o‘tadi. g‘alvir naychalar lub tolalari va lub parenximasidan tashkil topgan 
yumshoq va qattiq lubning bir qancha qavat g‘ujayralari almashib ikkilamchi floema 
hosil bo‘ladi.Qattiq lubning devor qismi yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Ikkilamchi ksilema 
esa naylar to‘siqli libriform va yog‘ochli parenximadan iborat. O‘zak nurlari esa 
ildiz o‘zak nuriga nisbatan ensizroq. Ko‘zga borib novdaning markazida qo‘ng‘ir 
tusga kiradigan o‘lik g‘ujayralardan iborat o‘zak bo‘ladi. O‘zak novda bo‘g‘imlari 
tomon kengaya borib, u yerda diafragma bilan bo‘linadi (9-rasm).

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling