104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


MIXSIMON YOZUVLAR VA ULARNING KELIB CHIQISHI


Download 188.27 Kb.
bet10/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

10. MIXSIMON YOZUVLAR VA ULARNING KELIB CHIQISHI. Ma'lumki, ponasimon yozuvlarni qidirib topish, ulardan nusxa ko‘chirish XVII asrda boshiangan. Ammo olimlar bu yozuvlarni ko'p vaqtgacha o'qiy olmaganlar. XVlIf-XIX asrlarda Old Osiyo, xususan Mesopotamiyadan ponasimon yozuvlarni qidirib topish, o'qib chiqish bo'yicha jiddiy yutuqlarga erishilgan. XX asrda esa Old Osiyo va Mesopotamiyada bu qadimiy yozuvlarni qidirib topish, o'qib chiqish borasida yangidan-yangi muvaf- faqivatlar qo'lga kiritildi. Qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklari, o'sha davr mu- alliflari yozib qoldirgan tarixiy ma’lumotlarga qaraganda iyerog- lif. mixxat bilan yozilgan hujjatlar, toshlarga, papiruslarga bitilgan yozuvlar katta ilmiy ahamiyatga ega. Iyeroglif va mixxatlar qadimgi zamonlarda Sharq dunyosining, qolaversa butun Old Osiy- oning asosiy yozuv usuli bo'lgan. Shoh, amaldorlarning saroylari, ruhoniylar ibodatxonalarining devorlaridan juda ko'plab yozuvlar topilgan. Sopol lavhalar sirtiga yozilgan iyeroglif va mixxatlarda Old Osiyo, xususan Mesopotamiya xalqlarining xo'jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga oid turli ma'hunotlar qayd etilgan. Shu bois mazkur xat va bitiklar Mesopotamiya xalqlarining tarixi va madaniyatini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. XVII asrda italiyalik savdogar va sayyoh Petro della Vale mixsimon xatlarning nusxalarini birinchi marta Yevropaga olib kelgan. Petro bu yozuvlarni Eron shohi Doroning Persopol saroyi devorlaridan ko'chirib olgan. Lekin Yevropa olimlari bu yozuvlarni ko'p vaqtgacha o'qiy olmaganlar. XVIII asr oxirida daniyalik Karsten Nibur mixsimon (ponasimon) xatlarni o'qib chiqishga harakat qilgan. Nibur ponasimon xatlarning ma’lum darajada aniqroq chizib berilgan bir necha nusxasini bosib chiqargan va ularni o'qishga kirishgan. Biroq Nibur ham ponasimon xatlarni o'qib chiqishni oxiriga yetkaza olmagan. U ponasimon xatlar uch xil yozuv tizimi- da bitilganini va shu uch xil tizimdan eng soddasi uch alifbo bel- gisidan iborat ekanligini aniqlay olgan, xolos.Germaniyaning Gettingen gimnaziyasi o'qituvchisi Grotofend (1775-1853) mixxatlami o‘qib chiqishda katta yutuqlarga erishgan. U o‘zidan oldingi o'tgan olimlarning egri mix (pona) belgi-ajratuv- chi belgini bildiradi va alifboli Persopol xatidagi bir guruh belgilar esa podshoning unvonini bildiradi. degan farazlariga asoslanib. bu yozuvning hammasi umuman ikki Eron shohining unvonini bildiradi, deb taxmin qilgan. Grotofend bu yozuvda Ahamoniylar su- lolasidan bo'lgan ikki Eron shohining: Doro va Kserksning nom- larini, shuningdek, Doroning otasi Kashtasib(Gistasp)ning nomini o‘qib ehiqishga muvaffaq bo'lgan. Sharqshunos olim V.I.Avdiyev Grotofendning qadimgi fors mixxatining to'qqizta alifbo belgisini to'g‘ri tushuna olganligi va bu bilan mixxatlami o'qib ehiqish ishiga asos solganligini ta’kidlaydi. Bu Grotofendning sharqshunos- likdagi katta kashfivoti edi. Ammo Grotofendning bu kashfiyotini ba’zi olimlar tezda tan olmadilar. Uning ishini Lassen va Bvurnuf kabi olimlar davom ettirib. qadimgi fors alifbosining qolgan belgi- larini ham aniqlashga muvaffaq bo'lgan. Byurnufning 1836-vilda bosilib chiqqan asarida qadimgi fors yozuvidagi 34 alilbo belgisin- ing to‘g'ri o'qilishi berilgan. Ingliz sayyohi G.Roulinson asarlari fors ponasimon xatlarini o'qib chiqishning to'g'riligini tekshirish va keyinchalik ossurolo- giya (ossurshunoslik) deb nom olgan yangi fanni yanada rivoj lan- tirish uchun juda qimmatli ma'lumot bergan. G.Roulinson Eronda 1835-yili ponasimon xatlardan bir nechtasining nusxasini ko'chirib olgan. Bular orasida qovaga o'yib yozilgan mashhur Behistun yozuvi ham bo'lgan. Grotofendning o'qib chiqqan yozuvidan bexabar bo'lgan G.Roulinson bu yozuvlarni sinchiklab tekshirib, fors ponasimon xatining 18 alifbo belgisini to'g'ri aniqlagan. G.Roulinson to'plagan boy ma’lumotlar ponasimon xatlarning qolgan tizimini ham aniqlashga kirishishga imkoniyat yaratgan. G.Roulinson va Aorris Yangi Elam yozuvlari uchun ham xizmat qilgan ikkinchi tizimning 200 ga yaqin belgisini aniqlashga muvaffaq bo'lganlar. Bu ikkinchi tizim sillab yozuvi (bo'g'inli yozuv) tizimidir. Ponasimon xatning uchinchi tizimini G.Roulinson, Xinks va Oppertlar o'qib chiqqanlar. Ular uchinchi tizimda 200 dan ortiq sillab (bo'g'inli) belgi bor- ligini va bu bilan bir qatorda ishlatiladigan bir qancha ideogram- malarning borligini aniqlaganlar. Bu yozuvlarni o'rganish natijasida ular semit tillar guruhiga mansub bo'lgan tilda yozilganligi maium boigan. Keyinchalik Bobil ponasimon xatiga yaqin boigan ossur bo'ginli ponasimon tizimi va nihoyat Janubiy Mesopotamiyaning shumeriylar deb atalgan, eng qadimgi aholisida paydo boigan ponasimon xatning eng qadimgi shakli ham o'qib chiqilgan. Ponasimon xat avvalo shumerlarda paydo bo'lib, keyin ulardan bu xatni bobilliklar olib, uni o'z navbatida ossuriylarga o'tkazganlar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, XIX asrning 90-yillarida nemis olimlaridan F.Delig tomonidan akkad tilining grammatika- si tuzilgan. Shumer yozuvlarining topilishi hamda o'qib chiqilishi munosabati bilan ossurologiya faniga asos solingan. O'z o'rnida shumer yozuvlaridan urartlar, elamliklar, xettlar va Old Osiyodagi boshqa xalqlar ham foydalanganlar. Natijada keyinchalik ossurologiya fanidan shumerologiya, elamitologiya, urartologiya va xet- tologiya fanlari ajralib chiqqan. Shumer yozuvlarini o'qish osonlikcha bo'lmagan. Buning uchun olimlar ko'p mehnat qilganlar. XX asrning birinchi yarmida shumer yozuvlarini topish, o'qib chiqish ustida F.Tyuro-Danjen, A.Pebel, A.Daymel, A.Falken- shteyn va boshqa olimlarning xizmatlari tahsinga sazovor. Ular o'zlarining ko'pyillik tadqiqotlari natijasida shumer tili grammatikasi va lug'atining yaratuvchilari hisoblanishadi. Hozirgi kunda Pensilvaniva universiteti olimlari shumer tili grammatikasi va tiliga oid ko'p tomlik asar yozish ustida ish olib bormoqda. 1992-yili piktografiyaga bag'ishlangan ikki tomlik asar nashrdan chiqdi. Hozir esa ilk shumer yozuvlarini o'qib chiqish us- tida faolivat olib borilmoqda. Shunday qilib shumerliklarning bu ponasimon xatlari dunyo- dagi eng qadimgi alifbolardan biri hisoblanadi. Mazkur ponama- simon xat orqali yozilgan hujjatlar, bitiklar va turli yozishmalar,voqeanomalar Old Osiyo xalqlari tarixi, xo'jaligi, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, moddiy va ma'naviy madaniyatini o'rganishda nodir man- balardan biri hisoblanadi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling