104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
KICHIK OSIYO TARIXINING MANBASHUNOSLIGI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
11. KICHIK OSIYO TARIXINING MANBASHUNOSLIGI. 1829-yilda F. J.F.Shampalon tomonidan Ramzes II yozuvlari- ning o'qilishi va R.Lepsius tomonidan nashr etilishi XIX asrning 40-yillarida "Kadesh yonidagi jang” Misr-Xett tinchlik shartno- masining tuzilishi qudratli Xett davlatining mavjud boiganligini aytishga imkon berdi. 1876-yilda esa xett iyeroglif yozuvi topilgan. 1906-1907-yillar- da (hozirgi Bo‘g‘ozqoya yaqinidagi joy, Anqara yaqinida) xettlar poytaxti Xattusa xarobalari nemis ossurologi T. Vinklyer va turk arxeologi Makirdibey tomonidan qazib ochilgan. Buyodgorlikning madaniy qatlamlaridan topilgan buyumlar Xett davlati tarixi va madaniyati haqida birmuncha keng ma’lumot to'plashga imkon berdi. Topilgan buyumlar orasida mixxat (ponasimon) bilan akkad va xett tilida yozilgan katta bir arxiv topilgan. Qadimgi xett yozuv- larini o'rganishda atoqli chex olimi B. Grozniyning xizmatlari katta. U 1915—1917-yillarda xett yozuvini o‘qishga muyassar bo‘lgan. Xett yozuvlari asosan m. av. XIV asrga mansub bo'lib, mazmu- nan xett yilnomalari, podsholarning yozishmalari va Xett qonunlar majmuasidan iborat bo'lgan. Unda Xett diplomatiyasi, adabiyoti, Misr fir'avnlari, Ossur va Bobil podsholari bilan yozishmalari, shuningdek, xalqaro va har xil shartnomalar haqida qimmatli maiumotlar bor. Xett yozuvlarida xo'jalik va adabiy-dmiy testlar ham saqlanib qolgan. B. Grozniy xett yozuvlari va tilini o'rganar ekan, xettlar tilini hindyevropa til oilasiga mansub deb hisoblaydi. Ammo Turkiya olimlari xettlarni turk tili oilasiga mansub deb hisoblavdlar. Ular xettlargacha bo'lgan yodgorliklar "turkiy xususiyatga ega” d e b hisoblavdilar.Qadimgi Xett tarixi va madaniyati B. Landsberger, Y.Levi kabi nemis olimlari, P.Garellidek i'ransuz, N.B.Yankovskiy, B.A.Tura- yev va V.V.Stmve kabi rus olimlarining diqqat-e’tiborini o'ziga tortgan. E.AMenabde, G.G.Giorgadze, V.V.Ivanov, LM.Dunayevskiy, G.LDovgaylo, V.G.Ardzinba kabi olimlar Qadimgi Xett davlati tarixi, xo'jaligi, shuningdek, tuzumi, uning o'ziga xos xususiyat- lari, tili madaniyati bilan shug'ullanib. tadqiqot ishlari olib borganlar. Xett davlati va qo'shnilarining geografiyasi bilan G.Kapan- san va V.N.Xachatryan shug'ullangan. Xettologlardan chex olimi V. Zamarovskiyning ishlari ham tahsinga sazovordir. Shuningdek. xettlar tarixi, tarixnavisligi bilan xorijiy olimlardan E.Vaydner, E. Forrera, A.Getse, X.Otten, O.Gerni. S.Xaynxold-Kramer, rus olim- laridan V.LAvdiyev. A.A.Vigasin, M.A.Dandamayev, V.M.Masson. V.I.Kuzishin va boshqa olimlar jiddiy shug'ullangan lar. Kichik Osiyoning g'arbidagi Troya, Frigiya va Lidiyaning qadimgi tarixini o'rganishning asosiy manbaiari moddiy madaniyat yodgorliklari, epigrafik hujjatlar va qadimgi mualliflartiing asarlaridir. Bu jihatdan havaskor nemis arxeologi G. Shlimanning 1870-1890-yillarda Gissarlik tepaligidagi Troya xarobalarida olib borgan arxeologik qazuv ishlari juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Troya qazishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillarga asoslanib G. Shliman bu shahar tarixi haqida juda qiziqarli ajoyib kitob yozgan. 1932-1938-yillar orasida esa K. Blegen rahbarligidagi Ame- rika ekspeditsiyasi qazish ishlarini olib borib, juda ko'p moddiy madaniyat yodgorliklarini qoTga kiritgan. Amerikalik tadqiqotchi arxeologlar qazishmalar o'tkazar ekanlar, tepalikdagi madaniy qatlamlarning o'zaro ketma-ketligini va ularning sanasi, davri - xronologiyasini aniqlashga muvaffaq boTgan. So'nggi yillarda M.Korfmani boshliq ekspeditsiya Trovada ar- xeologik qazishlar olib borib yangi kashfiyotlarni qo'lga kiritdi. Xorijiy mamlakatlarning arxeologlari frigiyaliklarning poytaxti Gordionda, lidiyaliklar poytaxti Sardda, shuningdek, g'arbiy Osiyoning boshqa markazlarida ham qazishmalar olib borganlar. Arxeologik qazishlar davrida olimlar mazkur joylardan qadimiy saroylarning, ibodatxona, qal'a, qabr-qoig'onlarning qoldiqlarini, shuningdek, sopol va tasviriy san’at buyumlarining namunalarini topib oi'ganganlar. XIX asrning birinehi yannidayoq kariy yozuvlari maium edi, keyinchalik kariy yozuvlari Kichik Osiyo. Misr va Shimoliy Afri- kadan ham ko'plab topilgan. Lidiya yozuvlarini muntazam ravishda to'plash, o'qib chiqish va nashr etish XX asr boshlarida boshlanadi. Bu jihatdan lidiya- aramey yozuvlarining topilishi lidiya epigrafik matnlarini o‘qi- lishini vengillashtirdi. XX asrning 60-yillaridan boshlab lingvist- lar (qadimgi tilshunoslar) eng qadimgi lidiy va kariy davrigacha boigan yozuvlarni o'qish ustida qizgin tajribalar va bahslar olib bormoqda. Zamonamizgacha Kichik Osiyo g‘arbida qadimgi frigiy yozuvlari, shunigdek, qabr toshlariga yozilgan yodgorliklar saqlanib qolganligi aniqlandi. Lingvistik maiumotlarni va epigrafik yo- dgorlikni o'qib chiqishda A.Seys, I.Fridrix, P.Meridji, R.Gusman, O.Karruba, A.Xoybek va E.Laroshlarning xizmatlari kattadir. Troya, Frigiya va Lidiya shohliklari tarixi va madaniyatini oiganishda yunon va kichikosiyoliklarning rivoyat, doston, afso- na va hikoyalari juda ko'p maiumotlar beradi. Bu jihatdan ko‘r -so'qir shoir Gomerning "Iliada va Odisseya" dostonlari Troya shohligi tarixini o'rganishning eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu doston m.av. XII - XI asr troya-vunon urushlari haqida aniq maiumot beradi. M.av. II asrda yashab ijod etgan Apollodorning "Mifologik ku- tubxonasi” asari ham troyaliklar tarixini va madaniyatini o‘rga- nishda muhim manba hisoblanadi. Lidiya tarixi haqida kelib chiqishi Karivdan boigan Gerodot- ning "Tarixr'da ham qimmatli maiumotlar bor. M.av. IV asrda yashagan lidiyalik tarixchi Ksanfa asarlarida ham ko'p maiumotlar uchraydi. M.av. I asrda yashagan Nikolay Damasskiy, m. av. I asr va milodiy I asrda yashagan Strabonning “Geografiya” asarida ham Kichik Osiyo va kichikosiyoliklar haqida ko'p maiumotlar bor. K. Belegen “Troya shohligi”, E. Akrugalya “Frigiya tarixi, san’ati”, G. Kalltcha, K. Mazetti Lidiyaning xronologiyasi haqida ko'p maiu- mot qoldirishgan. Rus arxeolog tarixchilaridan V.V. Struve, I.M.Dyakonov. V.V.Ivanov, V.I.Avdiyev, P.N.Utakov, V.I.Kuzishin, V.RNeroznak- ning hissalari ham kattadir. Ular o‘zlarining asarlarida Kichik Osiyo xalqlarining tarixi, etno-lingivistik masalalariga. Kichik Osiyoning g'arbidagi davlatlar, xalqlar tarixining xronologiyasi, shuningdek Yunoniston va Sharq dunyosi bilan o'zaro iqtisodiy va savdo alo- qalariga e'tibor qaratganlar.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling